Top.Mail.Ru
15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan o'qituvchilarni attestatsiyaga jalb qilish bo'yicha vazirlik bayonot berdi

15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan o'qituvchilarni attestatsiyaga jalb qilish bo'yicha vazirlik bayonot berdi

21:23 / 27.01.2024 10.70k
Maktabgacha va maktab talimi vazirligi 2022-yilda ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lganligi uchun navbatdagi-majburiy attestatsiyadan ozod qilingan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar joriy yilgi navbatdagi-majburiy attestatsiyalarga jalb qilinmaydi deya bayonot berdi.

"O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 41-bandiga asosan normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan hamda oliy toifaga ega (bunda oliy toifaga ega bo‘lganlik davri muhim emas) bo‘lgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligini hamda mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 12-sentabrdagi 03-03/1-4619-son xati hozirgi kunda ham o‘z kuchida ekanligini ma’lum qilamiz.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari talim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati keltirib o‘tilgan" — deyiladi vazirlik bergan rasmiy bayonotda.

Shunday qilib, 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lib olgan oliy toifali oqituvchilarning malaka toifasi umrbod saqlanib qoladigan boldi. Bu yil vazirlik tomonidan mana shu toifaga kiruvchi pedagoglarga umrbod amal qiladigan sertifikat berilishi kutilmoqda.

Malumot uchun, hozigi kunda respublika boyicha umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida 53 ming 914 nafar oliy toifaga ega bolgan oqituvchilar faoliyat yuritadi. Ularning ma'lum bir qismi 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali oqituvchilar bolib, malaka toifasi umrbod saqlanib qoladi.

Izohlar 11

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Attestatsiya
  • Pedagog
  • Test

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?

Ayni paytda esa sinov.uz platformasida attestatsiyaga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan testlar yana 25 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Platformada turli fanlar bo‘yicha attestatsiyaga tayyorgarlik testlari mavjud.

13:45 / 16.09.2026
Yangiliklar

Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Avvalroq, pedagog xodimlarni attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlashdan o‘tkazib qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan bir qancha noqonuniy harakatlar fosh bo‘lgani haqida xabar bergadik. Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangandi.

16:33 / 14.09.2026
Yangiliklar

Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi

2027/2028-o‘quv yilidan boshlab nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarini topshirishda belgilangan vaqt me’yorining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha vaqt olish imkoniyati beriladi.

10:46 / 08.08.2026
Yangiliklar

Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda pedagoglarning oliy ma’lumot darajasi va o‘qishdagi natijalariga qarab ularga malaka toifalari beriladi.

15:40 / 30.07.2026