15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan o'qituvchilarni attestatsiyaga jalb qilish bo'yicha vazirlik bayonot berdi
21:23 / 27.01.2024
9.54k
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2022-yilda ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lganligi uchun navbatdagi-majburiy attestatsiyadan ozod qilingan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar joriy yilgi navbatdagi-majburiy attestatsiyalarga jalb qilinmaydi deya bayonot berdi.
"O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 41-bandiga asosan normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan hamda oliy toifaga ega (bunda oliy toifaga ega bo‘lganlik davri muhim emas) bo‘lgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligini hamda mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 12-sentabrdagi 03-03/1-4619-son xati hozirgi kunda ham o‘z kuchida ekanligini ma’lum qilamiz.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati keltirib o‘tilgan" — deyiladi vazirlik bergan rasmiy bayonotda.
Shunday qilib, 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lib olgan oliy toifali o‘qituvchilarning malaka toifasi umrbod saqlanib qoladigan bo‘ldi. Bu yil vazirlik tomonidan mana shu toifaga kiruvchi pedagoglarga umrbod amal qiladigan sertifikat berilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, hozigi kunda respublika bo‘yicha umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida 53 ming 914 nafar oliy toifaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Ularning ma'lum bir qismi 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilar bo‘lib, malaka toifasi umrbod saqlanib qoladi.
Izohlar 7
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
09:00 / 26.05.2026
Nihoyat, pedagog xodim atamasidagi chalkashliklarga chek qo‘yilishi mumkin
12:00 / 21.05.2026
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
12:00 / 19.05.2026
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
13:00 / 18.05.2026
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkazish tashabbusi bo‘yicha xavotirlar
Mazkur loyihaning qabul qilinishi pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirmaydi, balki yangi muammolar va yuridik kolliziyalarni yaratish orqali ortga tortadi.
08:30 / 21.05.2026
Yangiliklar
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
Bunda oliy ta’lim tashkilotida bakalavriat bosqichining pedagogika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini yagona metodologik yondashuv asosida tashqi diagnostikadan o‘tkazish orqali tahlil qilinadi.
14:01 / 15.05.2026
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon sanasi aniq bo‘ldi
Malaka sinovlarini amaliy imtihon shaklida o‘tkazish reja-jadvali hamda hududiy ishchi guruhlar va baholash komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
11:30 / 04.05.2026
Yangiliklar
Attestatsiya bazasi yana “ish ko‘rsatdi”
2026-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan matematika fanidan bo‘lib o‘tgan malaka toifa sinovlari paytida texnik nosozlik tufayli pedagoglar imtihon o‘tkaziladigan binoda uzoq vaqt qolib ketganligi aytildi.
15:38 / 01.05.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang