Vazir Xilola Umarova faoliyatiga bir yil to'ldi

15:49 / 01.01.2024
3.22k
O‘tgan yili 30-dekabrda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori – Umarova Xilola Uktamovna Xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangandi. Ya’ni, 2023-yilni yangi vazir bilan boshlagan edik.
Xo‘sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Xilola Umarovaning bir yillik faoliyati davomida ta’limda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
➖ Xilola Umarova vazir lavozimiga tayinlanganidan so‘ng 5 oy vaqt o‘tgach, ta’limni isloh qilish bo‘yicha Prezidentga taqdimot qildi;
➖ 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab maktab bitiruvchilarining shahodatnomalari elektron shaklda beriladigan bo‘ldi;
➖ 2023-yil fevral oyidan boshlab o‘qituvchilar murojaatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan (vazir.uzedu.uz) vazir platformasi ishga tushdi;
➖ 1-sinf o‘quvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fani joriy etildi;
➖ Maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash vazirlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobdor bo‘lgan "Direktorlar kengashi" tavsiyasiga asosan ochiq tanlov asosida amalga oshirilishi belgilandi;
➖ Maktab direktoriga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish huquqi berildi;
➖ Maktab direktori lavozimida ishlamoqchi bo‘lgan talabgorlarga menejerlik o‘quv kurslarida o‘qish hamda menejerlik sertifikatini olish talabi qo‘yildi;
➖ Menejerlik sertifikatini olgan rahbar xodimlarga qo‘shimcha ustama to‘lab beriladigan bo‘ldi;
➖ Maktablarning ma’naviyat va ma’rifat markaziga hisobot topshirish tartibi bekor qilindi;
➖ Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlashda tuman (shahar) ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tavsiya berish amaliyoti bekor qilindi;
➖ Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilishda sport sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy bo‘limlari hamda sport maktablari metodistlari tomonidan yo‘llanma berish tartibi ham bekor bo‘ldi;
➖ Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining maktablar faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash vakolatlari tugatildi;
➖ Pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi belgilandi;
➖ Maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etildi;
➖Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkasining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilandi;
➖ Summativ baholash tizimi bosqichma-bosqich barcha maktablarda amalga oshirilishi belgilandi;
➖ O‘quvchilarni 2 ta xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi;
➖ Xorijiy tillarni o‘qitishni yanada takomillashtirish maqsadida maktablarga chet eldan "Til egalari" bo‘lgan mutaxassislar jalb qilindi;
➖ Pedagoglarga malaka toifa berishning yangi tartibi joriy qilindi;
➖ O‘qituvchilar malakasini tabaqalashtirilgan holda oshirish tizimini joriy etildi;
➖ PISA 2022 natijalari asosida "Yo‘l xaritalari" tayyorlanishi belgilandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

14:05 / 14.05.2025
“PISA tadqiqotiga prezident maktablarini qo‘shishni O‘zbekiston tomon so‘ragan” — Andreas Shlyayxer

13:20 / 14.05.2025
Fan olimpiadalaridan 2 oylik natija - 110 ta medal

10:10 / 13.05.2025
“Zakovat”da g'olib bo'lgan maktab o'quvchilari jamoasiga 100 mln so‘m berildi

10:05 / 10.05.2025
Maktab yoshidagi bolalar uchun bank kartalari ochish bo‘yicha talablar ishlab chiqiladi
Mavzuga doir yangiliklar

Vazir Hilola Umarova Malibu’dan foydalanishga o‘tdi
Hilola Umarova Mercedes-Benz rusumli xizmat avtomobilidan voz kechib, mahalliy avtomobil — Malibu’dan foydalanishga o‘tganini aniqlandi.
17:44 / 11.03.2025

Vazir Hilola Umarovani yaqindan taniysizmi?
U 2023-yilning 30-dekabrda vazir bo'lgandi
20:00 / 13.04.2024

Vazir Hilola Umarova faoliyatiga ikki yil
Vazir bu davr mobaynida qanday islohotlar qildi?
12:27 / 02.01.2025

“2025-yil maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun xushxabarlarga boy bo‘ladi” – Hilola Umarova
Hilola Umarova ta’lim tizimi xodimlariga Yangi yil bayram tabrigini yo‘lladi
13:12 / 31.12.2024
Izohingizni tahrirlang