Direktorlar kengashi qay tartibda ishlaydi?
Kengashning huquqlari va majburiyatlari
➖o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda tegishli ravishda davlat organlari va tashkilotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridan so‘rab olish; ish rejalar va dasturlarni, ta’lim faoliyatini muhokama qilishda ishtirok etish, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.
Kengash faoliyatini tashkil etish
Kengash, qoidaga ko‘ra, rais, rais o‘rinbosari, Kengash kotibi va a’zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi. Bunda, Kengash a’zolari soni hududdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari sonidan kelib chiqqan holda gender tenglikni inobatga olib direktorlar orasidan 7 nafardan 11 nafargacha belgilanadi.
Kengash raisi:
➖Kengash majlisi kun tartibini belgilaydi va uni chaqiradi;
➖Kengash qarorlarini tasdiqlaydi va ular ijrosi nazorat qilinishini tashkil etadi;
➖Kengashning yillik ish rejasini tasdiqlaydi, shuningdek, Kengashga uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi;
➖Kengash a’zolariga yuklangan vazifalar ijrosi bo‘yicha ularning ishini muvofiqlashtiradi;
➖Kengashning samarali faoliyatini ta’minlash uchun boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
➖Kengash o‘z vakolatlarini ta’lim tashkiloti rahbariga berishga haqli emas. Kengash raisi o‘rinbosari Kengash raisi yo‘qligida uning vazifasini bajaradi.
Kengash a’zolari:
➖Kengash majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etadi;
➖Ta’lim tashkilotini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha Kengash muhokamasiga takliflar kiritadi;
➖Kengash tomonidan ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha tavsiyanoma yoki xulosalar taqdim etadi.
Kengash a’zolari majlisda shaxsan ishtirok etishi kerak. Kengash a’zosi majlisda ishtirok etish imkoni bo‘lmaganda majlis kun tartibi bo‘yicha o‘z fikrini Kengashga yozma ravishda yuborish huquqiga ega. Kengash o‘z ishini Kengash tomonidan tasdiqlangan rejalar asosida tashkil etadi va o‘z majlislarini zaruratga ko‘ra, biroq har oyda kamida bir marta o‘tkazadi.
Kengash raisi Kengash a’zolarining yozma iltimosnomalari asosida navbatdan tashqari majlislar chaqirishi mumkin. Kengash a’zolarining iltimosnomasida navbatdan tashqari majlis o‘tkazishning sabablari va asoslari bayon qilinishi kerak. Kengash majlisini Kengash raisi olib boradi, u bo‘lmagan taqdirda — Kengash raisi o‘rinbosari olib boradi.
Kengash yig‘ilishi a’zolarning kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Yig‘ilish o‘tkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, Kengash yig‘ilishining navbatdagi o‘tkaziladigan sanasi e’lon qilinadi. Kengash majlisida ko‘rib chiqilayotgan masalalarning xususiyatiga bog‘liq ravishda Hududiy boshqarmalar boshliqlari va mutaxassislari, ta’lim tashkiloti xodimlari, alohida soha mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Kengash a’zosi bilan asosiy ish joyidan tuzilgan mehnat shartnomasi to‘xtatilganda Hududiy boshqarmalari tomonidan nomzod tavsiya etiladi va Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri buyrug‘i bilan Kengash tarkibiga kiritiladi.
Kengash kotibi:
Hududiy boshqarmalarning Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i bo‘lib, Kengash yig‘ilishlarida ovoz berish huquqiga ega bo‘lmaydi.
➖barcha zarur hujjatlar Kengash majlisiga o‘z vaqtida tayyorlanishinita’minlaydi;
➖majlisni o‘tkazish muddati va joyini Kengash raisi bilan kelishadi;
➖kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Kengash majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi;
➖kengash a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni majlis o‘tkaziladigan sana, kun tartibi loyihasi, vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qiladi;
➖kengash qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi;
➖kengash bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Kengash a’zolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi;
➖kengash hujjatlari saqlanishini, shuningdek, Kengashning faoliyatito‘g‘risidagi axborotni rasmiy veb-saytda joylashtirilishini ta’minlaydi.
Kengash tomonidan qarorlar qabul qilinishi va ularning ijrosini tashkil etish
Kengash qarori majlisda ishtirok etayotgan Kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolganda, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 20. Kengash qarorlari Kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va ikki kunlik muddatda Kengash a’zolariga yuboriladi.
Kengash majlisi bayonnomasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 3 ish kuni mobaynida Kengash kotibi tomonidan tegishli ravishda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga yetkazilishini ta’minlaydi. Kengash bayonnomasining asli va unga tahliliy materiallar tegishli ravishda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida saqlanadi.
Kengash kotibi Kengash a’zolari ko‘magida Kengash qarorlari bajarilishini muntazam ravishda o‘rganadi va ko‘rib chiqadi, zarurat bo‘lganda, Kengash raisiga tegishli takliflar kiritadi.
Kengash a’zolari faoliyati samaradorligi natijalariga ko‘ra Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasining taklifi bilan Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining besh barobarigacha miqdorda rag‘batlantirilishi mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Mavzuga doir yangiliklar
Maqola
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga direktorlarni tayinlash tizimini rivojlantirish mexanizmlari
Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimga tayinlash tartibining evolyutsion jarayoni tahlil qilinadi. Xususan, kuzatuv kengashlari, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tavsiyasi asosida direktorlarni tanlash amaliyoti va uning institutsional kamchiliklari, shuningdek Direktorlar kengashi tavsiyasi asosida nomzodlarni baholash tizimining joriy etilishi yangi mexanizm sifatida samaradorlik, shaffoflik va adolat tamoyillari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi.
Maqola
Maktab direktorlari boshqaruv samaradorligini baholashning huquqiy-me’yoriy asoslari
Mazkur maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida maktab direktorlari boshqaruv samaradorligini baholashga oid amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi.
Ta'lim siyosati
Maktab direktorlariga menejerlik sertifikati berish tizimini takomillashtirishning zaruriy ahamiyati nimada?
Mazkur maqolada menejerlik sertifikati talabining yutuq va kamchiliklari tahlil qilinadi
Yangiliklar
Menejerlik kursida o‘qigan 379 nafar direktor sertifikat ololmadi
Matbuot anjumanida malaka oshirish tizimi, menejerlik o‘quv kurslari, shuningdek, PISA xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang