Top.Mail.Ru
Direktorlar kengashi qay tartibda ishlaydi?

Direktorlar kengashi qay tartibda ishlaydi?

22:25 / 31.01.2024 2.62k
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 29-avgustdagi 270-son buyrug‘i bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda tuziladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tavsiya beruvchi maslahat organi — Direktorlar kengashi tuzilgan.

Kengash o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida yuritadi va oshkoralik, kollegiallik, o‘zaro hurmat, teng huquqlilik tamoyillariga amal qiladi va Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobdor hisoblanadi.

Kengash tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda – hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari) tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Kengashning asosiy vazifalari
➖ umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga yuksak axloqiy fazilatlarga, yuqori malaka va tajribaga, boshqaruvchilik qobiliyatiga egamutaxassislarni tanlash, saralash asosida munosib nomzodlarni tavsiya etish;
➖umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlari boshqaruvini jamoatchilik ishtirokini kengaytirish orqali takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga kiritish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlari sifati va samaradorligini ta’minlash, bunda, samarali boshqaruvni amalga oshirish, joylarda amaldagi me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi monitoringini olib borish va tegishli takliflar ishlab chiqish;
➖ umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ishchanlik va ma’naviy muhitni shakllantirish, pedagoglarning samarali kasbiy faoliyati uchun tegishli sharoitlarni yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
➖ umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarining reyting ko‘rsatkichlarining yillik o‘sish dinamikasini ko‘rib chiqish jarayonlariga ko‘maklashish;
➖ ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarining faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlari, o‘qituvchilari va pedagoglarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlarda vakolati doirasida tegishli tavsiyalar ishlab chiqish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari boshqaruvida sog‘lom muhitni tashkil etish maqsadida pedagoglar, ota-onalar, o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnomalar va o‘rganishlar o‘tkazish.


Kengashning huquqlari va majburiyatlari

o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda tegishli ravishda davlat organlari va tashkilotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridan so‘rab olish; ish rejalar va dasturlarni, ta’lim faoliyatini muhokama qilishda ishtirok etish, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.


Kengash faoliyatini tashkil etish

Kengash, qoidaga ko‘ra, rais, rais o‘rinbosari, Kengash kotibi va a’zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi. Bunda, Kengash a’zolari soni hududdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari sonidan kelib chiqqan holda gender tenglikni inobatga olib direktorlar orasidan 7 nafardan 11 nafargacha belgilanadi.


Kengash raisi:

Kengash majlisi kun tartibini belgilaydi va uni chaqiradi;

Kengash qarorlarini tasdiqlaydi va ular ijrosi nazorat qilinishini tashkil etadi;

Kengashning yillik ish rejasini tasdiqlaydi, shuningdek, Kengashga uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi;

Kengash a’zolariga yuklangan vazifalar ijrosi bo‘yicha ularning ishini muvofiqlashtiradi;

Kengashning samarali faoliyatini ta’minlash uchun boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Kengash o‘z vakolatlarini ta’lim tashkiloti rahbariga berishga haqli emas. Kengash raisi o‘rinbosari Kengash raisi yo‘qligida uning vazifasini bajaradi.


Kengash a’zolari:

Kengash majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etadi;

Ta’lim tashkilotini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha Kengash muhokamasiga takliflar kiritadi;

Kengash tomonidan ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha tavsiyanoma yoki xulosalar taqdim etadi.


Kengash a’zolari majlisda shaxsan ishtirok etishi kerak. Kengash a’zosi majlisda ishtirok etish imkoni bo‘lmaganda majlis kun tartibi bo‘yicha o‘z fikrini Kengashga yozma ravishda yuborish huquqiga ega. Kengash o‘z ishini Kengash tomonidan tasdiqlangan rejalar asosida tashkil etadi va o‘z majlislarini zaruratga ko‘ra, biroq har oyda kamida bir marta o‘tkazadi.


Kengash raisi Kengash a’zolarining yozma iltimosnomalari asosida navbatdan tashqari majlislar chaqirishi mumkin. Kengash a’zolarining iltimosnomasida navbatdan tashqari majlis o‘tkazishning sabablari va asoslari bayon qilinishi kerak. Kengash majlisini Kengash raisi olib boradi, u bo‘lmagan taqdirda — Kengash raisi o‘rinbosari olib boradi.


Kengash yig‘ilishi a’zolarning kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Yig‘ilish o‘tkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, Kengash yig‘ilishining navbatdagi o‘tkaziladigan sanasi e’lon qilinadi. Kengash majlisida ko‘rib chiqilayotgan masalalarning xususiyatiga bog‘liq ravishda Hududiy boshqarmalar boshliqlari va mutaxassislari, ta’lim tashkiloti xodimlari, alohida soha mutaxassislari taklif etilishi mumkin.


Kengash a’zosi bilan asosiy ish joyidan tuzilgan mehnat shartnomasi to‘xtatilganda Hududiy boshqarmalari tomonidan nomzod tavsiya etiladi va Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri buyrug‘i bilan Kengash tarkibiga kiritiladi.


Kengash kotibi:

Hududiy boshqarmalarning Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i bo‘lib, Kengash yig‘ilishlarida ovoz berish huquqiga ega bo‘lmaydi.

➖barcha zarur hujjatlar Kengash majlisiga o‘z vaqtida tayyorlanishinita’minlaydi;

➖majlisni o‘tkazish muddati va joyini Kengash raisi bilan kelishadi;

➖kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Kengash majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi;

➖kengash a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni majlis o‘tkaziladigan sana, kun tartibi loyihasi, vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qiladi;

➖kengash qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi;

➖kengash bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Kengash a’zolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi;

➖kengash hujjatlari saqlanishini, shuningdek, Kengashning faoliyatito‘g‘risidagi axborotni rasmiy veb-saytda joylashtirilishini ta’minlaydi.


Kengash tomonidan qarorlar qabul qilinishi va ularning ijrosini tashkil etish

Kengash qarori majlisda ishtirok etayotgan Kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolganda, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 20. Kengash qarorlari Kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va ikki kunlik muddatda Kengash a’zolariga yuboriladi.


Kengash majlisi bayonnomasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 3 ish kuni mobaynida Kengash kotibi tomonidan tegishli ravishda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga yetkazilishini ta’minlaydi. Kengash bayonnomasining asli va unga tahliliy materiallar tegishli ravishda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida saqlanadi.


Kengash kotibi Kengash a’zolari ko‘magida Kengash qarorlari bajarilishini muntazam ravishda o‘rganadi va ko‘rib chiqadi, zarurat bo‘lganda, Kengash raisiga tegishli takliflar kiritadi.

Kengash a’zolari faoliyati samaradorligi natijalariga ko‘ra Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasining taklifi bilan Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining besh barobarigacha miqdorda rag‘batlantirilishi mumkin.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • menejerlik
  • Maktab direktori

Ulashish