O‘quvchilar sport zalga yig‘ilib, sochi olingan. U yerda milliy gvardiya xodimlari ham bo'lgan
Navoiy shahridagi 2-umumta’lim
maktabida o‘g‘il bola o‘quvchilarning ommaviy ravishda sochini olish “tadbiri”
o‘tkazilgan. Holat bugun, 23-fevral kuni bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, maktab direktori
Nurqobil Yusupov tashabbusi bilan maktabga sartarosh chaqirilgan hamda turli
sinflardan o‘g‘il bola o‘quvchilar sport zalga yig‘ilib, sochi olingan.
Jarayonni milliy gvardiya xodimlari ham kuzatib turgan.
Kun.uz holatga izoh olish maqsadida
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no
Hayitova bilan bog‘langan. Boshqarma boshlig‘iga ko‘ra, bu holatni umuman oqlab
bo‘lmaydi.
“Maktabga hozir odam jo‘natdim. O‘zi kecha gaplashgandim shu maktab direktori bilan. Ushbu maktab faoliyatini to‘liq o‘rganamiz. Bu holat umuman mumkin emas. Bunday direktor ishda qolishi ham mumkin emas aslida. Maktabda o‘quvchining sochiga tegishga umuman haqqi yo‘q. Pedagogning etika qoidasiga to‘g‘ri kelmaydi bu”, deya holatni izohladi boshqarma boshlig‘i.
Navoiy viloyati Milliy gvardiya
boshqarmasi matbuot kotibi Ramazon Kubayevning ta’kidlashicha, milliy gvardiya
xodimlari maktab direktorining bu tashabbusiga qarshi bo‘lishgan.
“Biriktirilgan xodimlarimiz davomat nazorati uchun maktabga borganida ushbu holatning ustidan chiqishgan. Bu, albatta, mumkin emas. Shu sababli maktab direktoriga jarayonni to‘xtatishni hamda o‘quvchilarni darsga qaytarishni aytishgan”, deydi Ramazon Kubayev.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq ba’zi
hududlarda milliy gvardiya vakillari maktab ma’muriyatining ichki ishlariga ham
aralashayotganligi haqida xabar bergandik.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onasiga jarima solindi
Shuningdek, 2025-yil davomida maktab rahbariyati, mahalla faollari hamda ispektor-psixologlar bilan birgalikda 265 ming nafardan ortiq o‘quvchi va ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazildi.
Yangiliklar
Endilikda Toshkentda 10-11-sinf o‘quvchilar davomati kamera orqali nazorat qilinadi
Maxsus kameralar orqali “Smart School” elektron dasturini joriy qilish orqali yuqori sinf o‘quvchilarining davomatini, ularning fanlarga qiziqishlarini va ta’lim sifatini nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.
Yangiliklar
May oyidan boshlab farzandi maktabga bormaydigan oilalarning “bola puli” miqdori kamaytiriladi
2025-yil 1-maydan boshlab respublikaning barcha hududlarida kambag‘al oilalarga ko‘mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida berilishi belgilangan.
Yangiliklar
Endi davomat bilan Milliy gvardiya shug‘ullanmaydi…mi?
Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar lavozimlari va 2 000 ta shtat birligi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasiga qaytarildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang