Ommalashtirishga tavsiya etiladigan metodik qoʻllanma qanday ko‘rinishda boʻlishi kerak?
18:30 / 01.03.2024
17.91k
Xabaringiz bor, bugundan boshlab takomillashtirilgan tartib asosida ommalashtirish.uz platformasi orqali metodik ishlarni qabul qilish jarayonlari boshlandi.
Xo‘sh, yangi tartib bo‘yicha ommalashtirish jarayoni qay tartibda amalga oshiriladi? Ommalashtirishga tavsiya etiladigan metodik qoʻllanma qanday ko‘rinishda boʻlishi kerak?
Birinchi navbatda, ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishda boʻlishi lozim. Ya’ni, o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan qandaydir videorolik, suratlar, audio, taqdimot (slayd), ko‘rgazma, maqola, turli xil sertifikat va h.k.lar ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar sarasiga kirmaydi va bunday ishlar qabul qilinmaydi.
Xo‘sh, yangi tartib bo‘yicha ommalashtirish jarayoni qay tartibda amalga oshiriladi? Ommalashtirishga tavsiya etiladigan metodik qoʻllanma qanday ko‘rinishda boʻlishi kerak?
Birinchi navbatda, ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishda boʻlishi lozim. Ya’ni, o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan qandaydir videorolik, suratlar, audio, taqdimot (slayd), ko‘rgazma, maqola, turli xil sertifikat va h.k.lar ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar sarasiga kirmaydi va bunday ishlar qabul qilinmaydi.
Ommalashtirishga tavsiya etiladigan metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya qanday ko‘rinishda boʻlishi lozim?
Yuqorida ta’kidlaganimzdek, ilgʻor ish tajribalar metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishda boʻlishi shart. Metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishida bo‘lmagan hamda oʻtgan yillar davomida ommalashtirilgan metodik ishlar oʻrganilmaydi.
Fan oʻqituvchisi tomonidan ishlab chiqilgan metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya yoʻnalishlar boʻyicha maktabning Metodbirlashmasi tomonidan muhokama qilinadi hamda ilgʻor ish tajribaga ega deb topilgan taqdirda maktab miqyosida ommalashtirish uchun maktabning Pedagogik kengashiga tavsiya etiladi.
Metodbirlashma tavsiyasi asosida Pedagogik kengashda talabgorning metodik ishi mazkur buyruq bilan tasdiqlangan metodik ishga qo‘yilgan talablar hamda baholash mezoniga muvofiq ishlab chiqilganligi oʻrganib chiqiladi hamda maktab miqyosida ommalashtirish yoki ommalashtirmaslik boʻyicha Pedagogik kengash qaror qabul qiladi.
Agar talabgorning metodik ishiga ijobiy xulosa berilib, ommalashtirishga loyiq deb hisoblansa, Pedagogik kengash qarori bilan maktab miqyosida ommalashtiriladi va ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilib keyingi bosqichlarga yuboriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
16:20 / 30.03.2026
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
12:36 / 30.03.2026
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
15:02 / 27.03.2026
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
11:52 / 26.03.2026
Xususiy fan olimpiadalarini o‘tkazishga cheklov qo‘yiladimi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 84-sonli buyrug‘i bilan o‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi.
07:00 / 15.03.2026
So'ragan edingiz
Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
22:30 / 23.06.2024
Yangiliklar
O‘qituvchilardan ommalashtirilgan ish uchun pul talab qilindi, bunda vazirlikka aloqador tashkilotlarning ham qo‘li bormi?
Masalaning qiziq jihati shundaki, ishlari maktab miqyosida ommalashtirilgan pedagoglarning shaxsiy telefon raqamiga 4546 raqamidan SMS xabarnomalar yuborilgan. Ushbu xabarda esa maktab miqyosida ommalashtirilgan ish uchun PDF shakldagi sertifikatni 49 ming so‘m evaziga yuklab olish taklifi berilgan.
23:36 / 08.06.2025
So'ragan edingiz
Maktab miqyosida ommalashtirilgan ish platformaga joylanmasa ustama uchun ball beriladimi?
Metodik ishni platformaga joylashtirish sharti faqatgina keyingi bosqichlar uchun belgilangan qoida hisoblanadi.
22:00 / 08.06.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang