Top.Mail.Ru
Vazir Xilola Umarova “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Vazir Xilola Umarova “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

20:00 / 07.03.2024 1.53k
8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 3-darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
 
Bu haqida Xilola Umarova o‘zining rasmiy telegram sahifasida ma’lum qildi.
O‘zim harbiy oilada tug‘ilganman. Bu sohaning naqadar mashaqqatli ekanini, Vatan uchun jonini tikib yashash nimaligini juda yaxshi bilaman. Men dadam bilan, uning sharafli kasbi bilan hamisha faxrlanganman. Bolaligimdan dadam kabi Vatanimga sadoqat bilan xizmat qilishni orzu qilganman. 

Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda maktablarimizda ko‘plab loyihalarni amalga oshiryapmiz. Kelgusida ham rejalarimiz aniq.
 
Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amaliy ko‘mak berib kelayotgan Mudofaa vazirligi rahbariyatiga bugungi e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman”, - deya yozib qoldirgan X.Umarova.
Ma’lumot uchun, Xilola Umarova ilgari “Oʻzbekiston belgisi” nishoni bilan ham taqdirlangan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • vazirlik
  • Xilola Umarova

Ulashish