Vazir Xilola Umarovani yaqindan taniysizmi?
2023-yilning 30-dekabrida (sobiq) Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Xilola Umarova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangandi. Bugun biz Xilola Umarova haqida ochiq manbalardagi materiallardan foydalangan holda, ayrim ma’lumotlarni bir joyga jamlab, kuzatuvchilarimizga ulashishni lozim topdik.
“Katta sinflarga chiqqanimizda ham dugonalarimiz bilan qayergadir bormoqchi bo‘lsak, onamdan umid qilib ruxsat so‘rardik. Otamga esa erkalik qila olmaganmiz. Turmushga chiqib, farzandli bo‘lganimdan keyin otam bilan bemalol suhbatlashadigan, nimalar haqida qayg‘urayotganimni, o‘ylayotganimni ayta oladigan bo‘ldim”, - deydi “Uzbekistans.club” loyihasiga bergan intervyusida.
U 8-sinf
paytida diplomat bo‘lishni xohlagan. Lekin uning akusher-ginekolog onasi
shifokor bo‘lishini istagan. U o‘ziga ishonardi, atrofdagilarni ham
ishontirgisi kelardi. Shunda o‘sha paytlar kirish nihoyatda qiyin bo‘lgan Jahon
iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga hujjat topshirishini, agar kira
olmasa, uydagilarining aytganini qilishini oila a’zolariga tushuntiradi.
2010-yil
16-avgust kuni “mandat” natijalari chiqadigan kunda abituriyent Umarova
o‘zining maxsus kodini o‘qishga kirganlar ro‘yxatidan topadi! Ammo “Xalqaro
iqtisodiy munosabatlar” fakultetining o‘sha yilgi kursida 60 nafar yigitlar
ichida, yagona nozik jins vakili o‘laroq tahsil oladi va hatto guruhga “starosta”lik ham qiladi.
“Bolajonlarning ko‘zi chaqnab, sizga bilim olish uchun qarab turishi… Ularning qiziqishi menga shu qadar yoqimli tuyg‘ular berganki, qanday lavozimda ishlasam ham, o‘sha lahzalarni sog‘inaman va dildan ardoqlayman. O‘shanda yuragimga eng yaqin yo‘nalish ta’lim, ma’rifat, pedagogika ekanligini tushunib yetdim”, deydi Umarova.
- Masofadan
yoki “bir darcha” tamoyili asosida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab maktab
bitiruvchilarining shahodatnomalari elektron shaklda beriladigan bo‘ldi;
- 2023-yil
fevral oyidan boshlab o‘qituvchilar murojaatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ishlaydigan (vazir.uzedu.uz) vazir platformasi ishga tushdi;
- 1-sinf
o‘quvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fani joriy etildi;
- Maktab
direktorlarini lavozimiga tayinlash vazirlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobdor
bo‘lgan “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan ochiq tanlov asosida amalga
oshirilishi belgilandi;
- Maktab
direktoriga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish huquqi
berildi;
- Maktab
direktori lavozimida ishlamoqchi bo‘lgan talabgorlarga menejerlik o‘quv
kurslarida o‘qish hamda menejerlik sertifikatini olish talabi qo‘yildi;
- Menejerlik
sertifikatini olgan rahbar xodimlarga qo‘shimcha ustama to‘lab beriladigan
bo‘ldi;
- Maktablarning
ma’naviyat va ma’rifat markaziga hisobot topshirish tartibi bekor qilindi;
- Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlashda tuman (shahar)
ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tavsiya berish amaliyoti bekor
qilindi;
- Jismoniy
tarbiya fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilishda sport sohasidagi vakolatli
davlat organining hududiy bo‘limlari hamda sport maktablari metodistlari
tomonidan yo‘llanma berish tartibi ham bekor bo‘ldi;
- Hududiy
maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining maktablar faoliyatini tekshirish
va ta’lim sifatini baholash vakolatlari tugatildi;
- Pedagogik
kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar
stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi belgilandi;
- Maktabga
birinchi marta ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash
joriy etildi;
- Xalqaro
standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif
stavkasining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorda qo‘shimcha haq
to‘lanishi belgilandi;
- Summativ
baholash tizimi bosqichma-bosqich barcha maktablarda amalga oshirilishi
belgilandi;
- O‘quvchilarni
2 ta xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi;
- Xorijiy
tillarni o‘qitishni yanada takomillashtirish maqsadida maktablarga chet eldan
“Til egalari” bo‘lgan mutaxassislar jalb qilindi;
- Pedagoglarga
malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilindi;
- O‘qituvchilar
malakasini tabaqalashtirilgan holda oshirish tizimi joriy etildi;
- PISA 2022
natijalari asosida “Yo‘l xaritalari” tayyorlanishi belgilandi;
- Maktab bitiruvchilarning OTMga kirishdagi o‘rtacha bali 77,1
ballga yetkazildi (2022-y. — 76,3), shundan 77 foiz (2022-y. — 70) davlat
granti o‘rinlarini joriy yil bitiruvchilari egalladi;
- 500 ta
maktabda Prezident maktablarining baholash tizimi, 135 ta maktabda tanlov
fanlari joriy etildi. “Qizil” toifaga kiritilgan maktablar soni 1 526
tadan 404 ta kamaydi;
- O‘zbekiston 2026-yilda eng nufuzli Xalqaro kimyo va Xalqaro
informatika olimpiadalariga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi;
- Buyuk
Britaniyaning Portsmut universitetida 30 nafar maktab direktori malakasi
oshirildi;
- Respublika miqyosida vazirlik tizimidagi 83 ta ta’lim
muassasalarida PISA, 210 ta ta’lim muassasalarida esa TALIS tadqiqotlari
o‘tkazilishi belgilandi.
Xilola Umarova haqidagi ma’lumotlar hozircha mana shulardan iborat. Kelgusida xalqtaliminfo.uz sayti jamoasi vazirlar faoliyatini to‘liq yoritib beruvchi “Vazirning bir kuni” loyihasini ham amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilgan. O‘ylaymizki, vazir Xilola Umarova ham bizning bu loyihamizda ishtirok etishga rozilik bildiradi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
Maktab va bog‘chalarda Yangi yil bayramini o‘tkazishga oid rasmiy ko‘rsatma berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Nima uchun Hilola Umarova vazir lavozimiga qaytadan tayinlandi?
Ko‘pchilikda nima uchun Hilola Umarova yana qaytadan lavozimiga tayinlandi degan savol tug‘ilishi tabiiy hol
Vazir Hilola Umarova o‘z ish faoliyatini davom ettiradimi?
U parlament saylovlarida o‘z nomzodini ilgari surgandi
O'qituvchining oyligidan tortib, maktab formasi va maktab darsliklarigacha
Matbuot anjumanini Hilola Umarova ochib berdi
“O‘qituvchilarning barcha takliflarni shaxsan o‘zim o‘qib boryapman” – Hilola Umarova
Avvalroq vazir pedagoglarga murojaat qilgandi
Izohingizni tahrirlang