Ta’lim vazirisiz 15 kun
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etilganining 15-kuni, ammo haligacha vazir lavozimiga nomzod Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanmadi.
Hozirda vazirning lavozim vazifalarini vaqtincha bajarib turish uning o‘rinbosarlaridan biriga yuklatilgan.
Vazir lavozimi uzoq muddat bo‘sh qolishi mumkinmi?
Qonunchilikda vazir lavozimi qancha muddat davomida bo‘sh turishi mumkinligi haqida aniq norma mavjud emas, yangi nomzod ko‘rib chiqilguniga qadar ushbu lavozim bo‘sh qolishi esa tabiiy jarayondir.
Masalan, mustaqil O‘zbekiston tarixidagi uchinchi Xalq ta’limi vaziri Turopjon Jo‘rayev 2008-yil 26-mart kuni lavozimidan ozod qilinganida ham, ushbu lavozim salkam bir oydan ortiq vaqt mobaynida bo‘sh qolgan.
Shundan so‘ng, 2008-yil 28-aprel kuni yangi nomzod — G‘ayrat Shoumarov ushbu lavozimga tayinlangan.
G‘ayrat Shoumarov hamda uning o‘rnini egallagan vazir Avazjon Marahimovlar lavozimidan ozod qilinganida esa, ushbu lavozim atigi 4 kun davomida bo‘sh qolgan.
Qolgan vazirlar egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi bilanoq, shu kunning o‘zida Xalq ta’limi vazirlari tayinlangan.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga ko‘ra vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun prezident tomonidan taqdim etiladi.
Vazir lavozimiga nomzod mas’ul qo‘mita, siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi va ma’qullanadi yoki ma’qullanmaydi.
Konstitutsiyaning 109-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonunning 7-moddasiga ko‘ra vazir nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlaydi.
Mavzuga oid boshqa ma’lumotlar bilan tanishish uchun ‘‘Tanaffus’’ podkastining 21-sonini tomosha qiling.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qachon va qay tartibda berilishi aniq bo‘ldi
Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Mavzuga doir yangiliklar
Attestatsiya
Vazir E’zoza Karimova attestatsiyaga bordi, endi tizim o‘zgaradimi?
So‘nggi yillarda vazir sifatida faoliyat yuritgan Ulug‘bek Inoyatov, Sherzod Shermatov ham, Baxtiyor Saidov ham va Hilola Umarova ham shaxsan test jarayonlari o‘tkazilayotgan manzilga borib, norozi o‘qituvchilar bilan suhbatlashmagandi.
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Uchrashuvda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari attestatsiya uchun tuzilgan testlarning murakkabligidan shikoyat qilishdi. Ular jarayonning qay darajada qiyinligini isbotlash uchun vazirga o‘zlari bilan birga testga kirishni taklif qilishdi.
Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
Bunda o‘quvchilarning ijod namunalari 15 million so‘mga bo‘lgan narxlarda xarid qilingan.
Tayinlov
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Karimova E’zozxon Gapirjonovna O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang