Top.Mail.Ru
Vazirlik Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirovaning ish faoliyati ijobiy baholandi

Vazirlik Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirovaning ish faoliyati ijobiy baholandi

12:00 / 06.04.2024 688
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Respublika bo‘yicha barcha matbuot kotiblarining reytingini e’lon qildi.

Respublika darajasidagi 131 nafar matbuot kotibidan 29 nafarining ish natijalari yuqori baholangan, vazirliklar orasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova reytingda 88,5 ball bilan 2-o‘rinni egallagan.

Ilgari sobiq Prezident ta’lim muassasalari agentligi matbuot kotibi lavozimida ishlagan Sobirova Dilfuza Azimjonovna 2023-yil mart oyida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, sobiq Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati faoliyatida 2021-yilda 3-o‘rinni, 2022-yilda esa 1-o‘rinni egallagandi. Bu davrda vazirlik Axborot xizmati rahbari lavozimida Laylo Rustamova faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Axborot xizmati
  • vazirlik

Ulashish