Top.Mail.Ru
2023-yilda ta’lim sohasi xodimlari qancha maosh olmoqda?

2023-yilda ta’lim sohasi xodimlari qancha maosh olmoqda?

17:00 / 11.03.2024 16.74k
Joriy yil 29-yanvar kuni Statistika agentligi 2023-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p va kam maosh olayotgan soha vakillari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etgandi.

Statistika agentligi bergan malumotlardan kelib chiqib aytadigan bolsak, har doimgidek eng quyi pog‘onalarni ta’lim sohasi vakillari egallagan bo‘lib, ularning o‘rtacha ish haqi 3 mln 123 ming so‘mni tashkil etgan. Bu yo‘nalishda ta’lim tizimi vakillari ancha vaqtdan buyon o‘z o‘rnini “hech kimga bermay” kelmoqda. Ya’ni, ularning maoshlarida deyarli o‘sish kuzatilmagan. Bu haqida iqtisodchilar ham fikr bildirgan.
5 yil avval o‘qituvchilarning maoshi Respublika bo‘yicha o‘rtacha maoshning 79 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 69 foizgacha tushgan. Ya’ni qolganlarga nisbatan olganda, o‘qituvchilarning iqtisodiy holati faqat yomonlashgan, — deya yozgandi iqtisodchi Otabek Bakirov.
2023-yil yakunlariga ko‘ra eng yuqori maoshlar moliya va sug‘urta faoliyatiga to‘g‘ri kelib, ularning o‘rtacha oylik ish haqi 13 mln 323,2 ming so‘mni tashkil etgan. 2023-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra oylik maoshi 6 mln so‘mdan oshgan o‘qituvchilar soni 25 ming 697 nafarni tashkil etib, bu umumiy o‘qituvchilar soninining 5 foizini tashkil qiladi. Ya’ni, qolgan 95 foiz o‘qituvchilar kontingenti Davlat statistika agentligi nazarda tutayotgan eng kam oylikni olayotgan bo‘lishi mumkin. 

Prezidentning 2023-yil 17-noyabrdagi 196-sonli farmoni bilan 2023-yil 1-dekabrdan boshlab ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshirilishi belgilangan.

Oshirilgan maoshlar bo‘yicha hisoblanganda, hozirgi kunda pedagog va boshqa xodimlar quyidagicha maosh olmoqda:

Maktab direktori:
4 mln 084 ming 179 so‘m (400 o‘quvchigacha);
4 mln 360 ming 917 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
4 mln 624 ming 262 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha);
4 mln 891 ming 647 so‘m (1600dan ortiq);

Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘)      
3 mln 814 ming 502 so‘m (400 o‘quvchigacha);
4 mln 084 ming 179 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
4 mln 360 ming 917 so‘m  (881-1600 o‘quvchigacha);
4 mln 624 ming 262 so‘m (1600dan ortiq);

Direktorning ho‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
1 mln 618 ming 065 so‘m (400 o‘quvchigacha);
1 mln 765 ming 457 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
1 mln 919 ming 114 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha);
2 mln 078 ming 589 so‘m (1600dan ortiq);

*CHQBT rahbari:
2 mln 948 ming 543 so‘m;

2024-yil 15-yanvardan boshlab malaka toifasiga ega bo‘lgan CHQBT rahbari:
Mutaxassis – 2 mln 948 ming 543 so‘m;
Ikkinchi toifali – 3 mln 301 ming 055 so‘m;
Birinchi toifali – 3 mln 678 ming 381 so‘m;
Oliy toifali – 4 mln 064 ming 865 so‘m;

**Psixologlar
Oliy ma’lumotli psixolog – 2 mln 653 ming 689 so‘m;
Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 841 ming 780 so‘m;
Birinchi toifali psixolog – 3 mln 034 ming 666 so‘m;
Oliy toifali psixolog – 3 mln 219 ming 374 so‘m;

O‘qituvchilar
O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 756 ming 194 so‘m;
Oliy ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 948 ming 543 so‘m;
Ikkinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 301 ming 055 so‘m;
Birinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 678 ming 381 so‘m;
Oliy toifali o‘qituvchi – 4 mln 064 ming 865 so‘m;

Maktab laboranti (1 st)– 1 mln 458 ming 770 so‘m;

Kutubxona mudiri:
O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 941 ming 691 so‘m;
Oliy ma’lumotli – 2 mln 118 ming 548 so‘m;

Kutubxonachi:
O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 683 ming 734 so‘m;
Oliy ma’lumotli – 1 mln 772 ming 354 so‘m.

Izoh: *2024-yil 15-yanvardan boshlab CHQBT rahbarlariga ham boshqa fan o‘qituvchilari singari malaka toifasi berish tartibi yo‘lga qo‘yildi. Shundan so‘ng ularning oylik maoshi ham malaka toifasiga ko‘ra farqlanadi.

**Psixologlar oylik maoshi ham malaka toifasiga ko‘ra farqlanadi. Ayni damda psixologlarning kasb standarti ishlab chiqilgan. “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qayta ishlab chiqilib, tasdiqlangandan so‘ng esa psixologlar ham attestatsiyadan o‘tib toifa olishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Ish haqi

Ulashish