2026-yilda o‘qituvchilar maoshi ikki baravar oshiriladimi?
Savol
Ijtimoiy tarmoqlarda pedagog xodimlar oylik maoshi 2026-yilda ikki baravar oshirilishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu xabarlar qanchalik asosli?
Javob
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 26-dekabr kungi Murojaatnomasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish vazifasi belgilangan edi. Mazkur topshiriqqa muvofiq, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqilgan.
Mazkur strategiyada ta’lim sohasini rivojlantirish, xususan, pedagog xodimlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Hujjatda 2030-yilga qadar o‘qituvchilar oylik maoshini bosqichma-bosqich oshirib borish maqsadi belgilangan.
Loyihaga ko‘ra, pedagoglar ish haqi bir vaqtning o‘zida emas, balki yillar davomida oshirib boriladi. Jumladan, 2026-yilda ish haqi oshirilish darajasi 1,35 baravarni, 2027-yilda 1,49 baravarni, 2028-yilda 1,64 baravarni, 2029-yilda 1,8 baravarni tashkil etadi. 2030-yilga kelib esa o‘qituvchilar maoshi umumiy hisobda 2 baravarga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Xulosa shuki, pedagoglar maoshi 2026-yilda emas, 2030-yilga borib 2 baravarga yetkazilishi reja qilingan.
Izohlar 14
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi
Maktablarda yangi to‘garaklar tashkil etiladi, ular bepul bo‘ladi
Maktab kutubxonalari rivojlantiriladi, direktor o‘rinbosarlari mahalla kutubxonalariga mas’ul bo‘ladi
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bugundan boshlab pedagog xodimlar oshirilgan maoshlar bo‘yicha oylik oladi
Ta’lim tizimi xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi qariyb 5 mln so‘mga yetdi, ammo boshqa sohlardan hamon ortda qolmoqda. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab oylik maoshlar 7 foizga oshiriladi.
So'ragan edingiz
Maktabdagi kassir vazifasini o‘qituvchi yoki “zavuch”ga biriktirish mumkinmi?
G‘aznachi (kassir) vazifasini maktab o‘qituvchisi yoki o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga shunchaki direktorning xohishiga ko‘ra biriktirish qonunchilikka zid.
Yangiliklar
Anomal issiq sababli yopilgan bog‘cha xodimlarining ish haqi toʻliq toʻlab beriladi, ota-onalardan ham to‘lov undirilmaydi
Ma’lum bo‘lishicha, bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda bog‘cha xodimlarga ish haqini toʻliq toʻlash bo‘yicha ko‘rstma berilgan.
Yangiliklar
Anomal issiq sabab vaqtincha yopilgan bog‘chalardagi xodimlarga ish haqi qanday to‘lanadi?
Mazkur masalaga advokat Saydali Muxtoraliyev huquqiy izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, avvalo bekor turib qolishning sababi qanday baholanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki Mehnat kodeksining 266-moddasida bunday holatlar uchun turli tartiblar belgilangan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang