2026-yilda o‘qituvchilar maoshi ikki baravar oshiriladimi?
Savol
Ijtimoiy tarmoqlarda pedagog xodimlar oylik maoshi 2026-yilda ikki baravar oshirilishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu xabarlar qanchalik asosli?
Javob
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 26-dekabr kungi Murojaatnomasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish vazifasi belgilangan edi. Mazkur topshiriqqa muvofiq, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Strategiya loyihasida ta’lim sohasini rivojlantirish, xususan, pedagog xodimlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Hujjatda 2030-yilga qadar o‘qituvchilar oylik maoshini bosqichma-bosqich oshirib borish maqsadi belgilangan.
Loyihaga ko‘ra, pedagoglar ish haqi bir vaqtning o‘zida emas, balki yillar davomida oshirib boriladi. Jumladan, 2026-yilda ish haqi oshirilish darajasi 0,4 baravarni, 2027-yilda 0,8 baravarni, 2028-yilda 1,2 baravarni, 2029-yilda 1,6 baravarni tashkil etadi. 2030-yilga kelib esa o‘qituvchilar maoshi umumiy hisobda 2 baravarga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Xulosa shuki, pedagoglar maoshi 2026-yilda emas, 2030-yilga borib 2 baravarga yetkazilishi reja qilinmoqda.
Izohlar 10
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Oliygohlarda “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi
O‘qituvchilarga ustama tayinlashga qanday tadbir va olimpiadalar uchun ball berilishi aniq bo‘ldi
Yangi o‘quv yilidan boshlab maktablarda “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi
Ertadan boshlab maktab maslahatchisi lavozimi uchun suhbat jarayonlari boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Ta’lim sohasi oylik ish haqi bo‘yicha boshqa sohalardan ortda qolishda davom etmoqda
Ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 372,0 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning tarkibi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi oliy ta’lim sohasida 10 159,5 ming so‘mni tashkil etgan.
So'ragan edingiz
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga 70% ustama to‘liq to‘lanmaydimi?
70 foizlik ustama ularning tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan qo‘shimcha ravishda to‘lab berilishi kerak bo‘ladi.
Yangiliklar
Endi maktabdagi rahbar xodimlar oylik maoshini yana oshirishi mumkin
Maktab direktori va uning o‘rinbosarlari faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarining (KPI) baholash metodikasi va tartibi belgilandi.
So'ragan edingiz
Pedagoglarga bayram kunlari uchun oylik to‘lanmaydimi?
Yangi yil bayrami munosabati bilan pedagog xodimlar ketma-ket 5 kun dam olar ekan. Endi shu dam olish kunlari hisobiga dekabr va yanvar oyidagi maoshimiz kamayadimi?
O'zbek
Izohingizni tahrirlang