23-mart kuni informatika fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi bo'lib o'tadi
10:00 / 15.03.2024
3.09k
Xabaringiz bor, 17-martdan 17-aprelga qadar 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika fan olimpiadasi o‘tkazilishi reja qilingan.
Mart-aprel oylarida 5-, 6-, 7- va 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan olimpiada “maktab - tuman (shahar) - viloyat - respublika” bosqichlarida tashkil qilinadi. Bunda:
Olimpiadaning maktab bosqichi 17-martga qadar;
Olimpiadaning maktab bosqichi 17-martga qadar;
Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi 23-mart, soat 11:00 da;
Olimpiadaning viloyat bosqichi 17-aprel, soat 10:00 da;
Olimpiadaning respublika bosqichi 18-aprel, soat 10:00 da o‘tkazilishi belgilangan.
Olimpiadaning maktab bosqichini tashkil etish qay tartibda bo‘ladi?
Olimpiadaning maktab bosqichi davlat va nodavlat taʼlim muassasalarida mart oyida o‘tkaziladi. Davlat va nodavlat taʼlim muassasalarida olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuziladi.
Olimpiada uchun nazorat materiallarini tayyorlash, maxfiyligini taʼminlash, jarayonning adolatli va shaffof o‘tkazilishiga maktab direktori shaxsan masʼul hisoblanadi.
Maktablarda har bir sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma- ketligida 3 nafargacha g‘olib aniqlanadi va maktab pedagogik kengashining (yoki nodavlat taʼlim tashkiloti rahbarining) qarori bilan ikkinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi olimpiadaning maktab bosqichini tashkil etilishini muvofiqlashtiradi hamda adolatli va shaffof o‘tkazilishi bo‘yicha nazoratni amalga oshiradi.
Olimpiadaning tuman (shahar) tashkil etish qay tartibda bo‘ladi?
Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi olimpiadaning maktab bosqichida g‘olib bo‘lgan davlat va nodavlat taʼlim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida mart oyida o‘tkaziladi. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlarida olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuziladi.
Olimpiada ishtirokchilarining olimpiada bo‘lib o‘tadigan manzilga xavfsiz kelib-ketishlariga tegishli maktab direktorlari, olimpiada nazorat materiallarining maxfiyligini taʼminlash, jarayonning adolatli va shaffof o‘tkazilishiga hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
Olimpiada uchun nazorat materiallari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tuziladi hamda maxfiyligi taʼminlangan holda hududlarga yetkaziladi.
Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi bitta turda tashkil qilinadi. Bunda: ishtirokchilarga matematika fanidan turli qiyinlik darajasidagi 30 ta nostandart topshiriqlar taqdim qilinib, ularni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
Topshiriqlarining dastlabki 10 tasi sodda darajadagi yopiq test (A, B, S, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi.
Keyingi 10 tasi o‘rta qiyinlik darajadagi yopiq test (A, B, S, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi.
Qolgan 10 tasi qiyin darajadagi ochiq test (javobi yoziladigan) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball (100,9+101,5+10*2,6=50).
Tuman (shahar) bosqichida har bir sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha (1, 2, 3-o‘rinlar) g‘olib aniqlanadi va hakamlar hayʼati qarori asosida tashkiliy qo‘mita tomonidan uchinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib o‘rinlar uchun bir nechta ishtirokchilarning ballari teng bo‘lgan taqdirda, topshiriqlaridagi murakkab topshiriqlar bo‘yicha ko‘p ball to‘plagan o‘quvchi ustunlikka ega bo‘ladi.
Barcha holat bo‘yicha ham ballar teng bo‘lgan taqdirda o‘quvchilarga hakamlar hayʼati tomonidan qo‘shimcha 3 ta ochiq test (javobi yoziladigan) beriladi va g‘olib aniqlanadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
10:30 / 05.02.2025
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi
14:42 / 01.02.2025
Endilikda psixologlar ham malaka toifasi olishi mumkin
14:16 / 30.01.2025
Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln so‘m tovon puli undirib beriladigan bo'ldi
10:00 / 30.01.2025
Milliy sertifikat test javoblarini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
Xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
Vazir Hilola Umarova g‘oliblarni taqdirladi
12:18 / 08.11.2024
Endi o‘quvchilar 5–8-sinfdan boshlab xalqaro olimpiadalarga tayyorladi
Bu haqda Prezident qarori imzolandi
12:03 / 12.10.2024
16-sentyabrdan fan olimpiadalari boshlanadi
16-30-sentyabr kunlari asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichi bo‘lib o‘tadi
09:53 / 13.09.2024
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab "Huquq" fanidan olimpiadalar o‘tkazildi
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi
15:07 / 10.08.2024
Izohingizni tahrirlang