Top.Mail.Ru
Vafot etgan oʻquvchilar soni 2 taga yetdi

Vafot etgan oʻquvchilar soni 2 taga yetdi

15:15 / 19.03.2024 2.43k
Joriy yilning 18-mart kuni Kogon tumani 5-IDUMning 9-10-11-sinf  oʻquvchilaridan iborat 54 nafar oʻquvchilar avtobusda Buxoro davlat drama teatriga olib ketilayotganida YTH sodir boʻlgandi.

YHXXning dastlabki maʼlumot berishicha, yoʻlovchilardan 1 nafari O.J. ismli 9-sinf oʻquvchisi vafot etgan, bir nafari esa jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Bugun.uz nashri bogʻlangan “Suxor” MFY rasi B.Toyirovning aytishicha, jarohat olgan oʻsha oʻquvchi ham bugun, 19-mart kuni vafot etgan.

Bugun.uz nashriga taqdim etilgan video tasvirlarga koʻra, hodisa sodir boʻlgan kuni chorrahada svetofor ishlamagan (Kogon tumani hududidan oʻtuvchi A-380 avtomobil yoʻlining 32-kilometri).

Asosiy yoʻl belgisi yuk avtomobili harakatlanayotgan tomonda boʻlishiga qaramay, avtobus haydovchisi chorrahani kesib chiqqan. Videodagi tasvirlardan ham koʻrish mumkinki, avtobus haydovchisining diqqati joyida boʻlmagan, hatto hodisa vaqtida “tormoz” bosishga ham ulgurmagan.

“Oʻzbekiston Respublikasida avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablar”da maktab oʻquvchilarini sayohatga olib chiqishda, ularning xavfsizligini taʼminlash uchun tuman YHX boʻlimiga murojaat qilish kerakligi belgilangan. 

Avtobus haydovchisi (1991 y.t fuqaro O.Sh) “Buxoro express trans” MJCH ga aʼzo boʻlgan holatda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanib kelgan.

Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligidan Bugun.uz nashriga maʼlum qilishlaricha, hozirda mazkur voqeadan jabrlangan oʻquvchilarning ruhiy-psixologik holatini yaxshilash va ularga har tomonlama koʻmak berish maqsadida Kogon tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining ikki nafar psixolog xodimlari biriktirilgan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Avtohalokat

Ulashish