Mashina haydagan maktab o‘quvchisi inspektor o‘limiga sababchi bo‘ldi
Haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, yo‘l harakati qoidalarini bilmaydigan Navoiy shahridagi 8-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi otasiga tegishli bo‘lgan Kia Sonet mashinasini tungi vaqtda Navoiy shahri hududida davlat raqamisiz, yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan boshqarib yurgan.
Hududda xizmat olib borayotgan inspektor uni to‘xtatmoqchi bo‘lganida, bola xodimni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.
Navoiy shahrida yo‘l-patrul xizmati inspektori xizmat olib borayotgan vaqtida mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi.
IIV JXD YHXX axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, YTH 19 yanvar kuni soat 1:45 da sodir bo‘lgan. Navoiy shahrining Islom Karimov ko‘chasida xizmat olib borayotgan Navoiy viloyati IIB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektori Jasurjon Muhammadov davlat raqamisiz, yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlangan Kia Sonet mashinasi haydovchisiga to‘xtash ishorasini qilgan.
Ammo haydovchi to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan yo‘l harakati qoidasini buzgan holda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan hamda inspektorni urib yuborgan. So‘ngra voqea joyidan qochib ketgan. Inspektor esa hodisa joyida vafot etgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida Kia Sonet’ni 2008-yilda tug‘ilgan S.M. boshqargani, mashina uning otasiga tegishli bo‘lganligi aniqlangan. Mashina yashirib qo‘yilgan joyidan topilib, jarima maydoniga joylashtirilgan.
Hozirda holat bo‘yicha Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, yo‘l harakati qoidalarini bilmaydigan Navoiy shahridagi 8-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi yo‘lda boshqa fuqaroni urib yuborishi ham mumkin edi. Afsuski, vatan oldidagi burchiga sadoqat ko‘rsatib xizmat qilayotgan YPX inspektori to‘xtash ishorasini bergan vaqtida qoidabuzarlik qurboni bo‘ldi.
Keyingi vaqtlarda kattalar tomonidan voyaga yetmagan bolalarga mashina boshqaruvini berish holatlari ko‘p uchramoqda. Bu esa ayanchli oqibatlarga olib kelishi muqarrar. Shuning uchun, ota-onalar farzandlarining, qolaversa, boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligi uchun bunday xatoni qilmasliklarini so‘rab qolamiz”, deydi IIV JXD YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshov.
Inspektor Jasurjon Muhammadov 1993-yilda tug‘ilgan, 2 farzandning otasi bo‘lgan. U ichki ishlar organlari tizimida 2017-yildan buyon ishlab kelgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Xususiy fan olimpiadalarini o‘tkazishga cheklov qo‘yiladimi?
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
Yangiliklar
O‘quvchi boshqargan avtomobil halokatga uchrab, ikki nafar o‘quvchi vafot etdi
Sirdaryoda uch nafar o‘smir bo‘lgan “Lacetti” zovurga tushib, yonib ketdi. Ularning ikki nafari halok bo‘ldi, yana biri shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Avtomobilni 15 yoshli bola otasidan beruxsat haydab ketgan.
Yangiliklar
Yana ikki nafar maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib, avtohalokatga uchradi
Maktabining ikki nafar 8-sinf o‘quvchisi 1 million so‘m evaziga Spark rusumli transport vositasini ijaraga olib, uni boshqarib ketayotgan vaqtida beton to‘siqqa borib urildi.
Yangiliklar
Mashina haydagan maktab o‘quvchisi o‘z onasi va singlisining o‘limiga sababchi bo‘ldi
16 yoshli maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi avtomashina suvga ag‘darilishi natijasida avtomashinada bo‘lgan ona va bola vafot etdi. Yana bir maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi avtomashina esa 4-sinf o‘quvchisining o‘limiga sabab bo‘ldi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang