Vafot etgan oʻquvchilar soni 2 taga yetdi
![](https://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1710843590photo_2024-03-19_15-851.jpg)
15:15 / 19.03.2024
3.01k
Joriy yilning 18-mart kuni Kogon tumani 5-IDUMning 9-10-11-sinf oʻquvchilaridan iborat 54 nafar oʻquvchilar avtobusda Buxoro davlat drama teatriga olib ketilayotganida YTH sodir boʻlgandi.
YHXXning dastlabki maʼlumot berishicha, yoʻlovchilardan 1 nafari O.J. ismli 9-sinf oʻquvchisi vafot etgan, bir nafari esa jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.
YHXXning dastlabki maʼlumot berishicha, yoʻlovchilardan 1 nafari O.J. ismli 9-sinf oʻquvchisi vafot etgan, bir nafari esa jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Bugun.uz nashri bogʻlangan “Suxor” MFY rasi B.Toyirovning aytishicha, jarohat olgan oʻsha oʻquvchi ham bugun, 19-mart kuni vafot etgan.
Bugun.uz nashriga taqdim etilgan video tasvirlarga koʻra, hodisa sodir boʻlgan kuni chorrahada svetofor ishlamagan (Kogon tumani hududidan oʻtuvchi A-380 avtomobil yoʻlining 32-kilometri).
Asosiy yoʻl belgisi yuk avtomobili harakatlanayotgan tomonda boʻlishiga qaramay, avtobus haydovchisi chorrahani kesib chiqqan. Videodagi tasvirlardan ham koʻrish mumkinki, avtobus haydovchisining diqqati joyida boʻlmagan, hatto hodisa vaqtida “tormoz” bosishga ham ulgurmagan.
“Oʻzbekiston Respublikasida avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablar”da maktab oʻquvchilarini sayohatga olib chiqishda, ularning xavfsizligini taʼminlash uchun tuman YHX boʻlimiga murojaat qilish kerakligi belgilangan.
Avtobus haydovchisi (1991 y.t fuqaro O.Sh) “Buxoro express trans” MJCH ga aʼzo boʻlgan holatda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanib kelgan.
Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligidan Bugun.uz nashriga maʼlum qilishlaricha, hozirda mazkur voqeadan jabrlangan oʻquvchilarning ruhiy-psixologik holatini yaxshilash va ularga har tomonlama koʻmak berish maqsadida Kogon tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining ikki nafar psixolog xodimlari biriktirilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!![](https://xalqtaliminfo.uz/storage/advertisings/1726051623“Tanaffus”_podcast577.png)
Yangiliklar
![Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi](https://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1738735346photo_2025-02-05_10-399.jpg)
10:30 / 05.02.2025
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi
![Endilikda psixologlar ham malaka toifasi olishi mumkin](https://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1738403509photo_2025-02-01_14-215.jpg)
14:42 / 01.02.2025
Endilikda psixologlar ham malaka toifasi olishi mumkin
![Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln so‘m tovon puli undirib beriladigan bo'ldi](https://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1738229277photo_2025-01-30_14-247.jpg)
14:16 / 30.01.2025
Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln so‘m tovon puli undirib beriladigan bo'ldi
![Milliy sertifikat test javoblarini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi](https://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1738214084photo_2025-01-30_10-807.jpg)
10:00 / 30.01.2025
Milliy sertifikat test javoblarini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Mavzuga doir yangiliklar
![](https://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1737358309photo_2025-01-20_12-913.jpg)
Mashina haydagan maktab o‘quvchisi inspektor o‘limiga sababchi bo‘ldi
Bola xodimni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan
12:26 / 20.01.2025
![](https://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1733895740photo_2024-12-11_10-400.jpg)
Maktablar yaqinida 30 km/s tezlikdan oshganlar jarima to‘laydi
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori imzolangan
10:36 / 11.12.2024
![](https://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1728534430photo_2024-10-10_09-768.jpg)
O'quvchilar o'limiga sababchi bo'lgan avtobus haydovchisi 9 yilga qamaldi
Hodisa joriy yilning 18-mart kuni Buxoro viloyatining Kogon tumanida ro'y bergandi
09:20 / 10.10.2024
![](https://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1719423588photo_2024-06-26_22-896.jpg)
5 oyda YTH oqibatida 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan
294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohati olgan.
22:30 / 26.06.2024
Izohingizni tahrirlang