Endilikda 2-sinfda ham “Informatika”, 5-sinfda esa “Tabiiy fan (Science)” fani o‘qitiladi
12:30 / 23.04.2024
12.85k
Yangi o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfida ham haftasiga 1 soatdan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qitiladi. O‘tgan yili mazkur fan 1-sinf o‘quvchilari uchun joriy qilingandi.
1-2-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻquvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga asoslanganligi sababli mazkur fan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari tomonidan oʻqitiladi.
Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 3-martdagi 94-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2024-2025-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejada nazarda tutilgan.
Shuningdek, vazirning mazkur buyrug‘i bilan 5-sinfda “Tabiiy fan (Science)” fani o‘qitilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda ushbu fan 1-2-sinflarda 1 soatdan, 3-5-sinflarda 2 soatdan, 6-sinfda esa 3 soatdan oʻqitiladi.
“Tabiiy fan (Science)” fani boshlangʻich sinflarda boshlangʻich sinfoʻqituvchilari va 5-6-sinflarda esa “Fizika”, “Biologiya”, “Geografiya” fanlari oʻqituvchilari tomonidan oʻqitiladi.
Bunda, ushbu fan dars soatlari Umumta’lim muassasalarida sinflarnikomplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidaginizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyundaroʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 3271) 15-bandida belgilangan koʻrsatkichlarketma-ketligi asosida taqsimlanadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
12:00 / 21.05.2026
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
12:00 / 19.05.2026
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
13:00 / 18.05.2026
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
16:50 / 15.05.2026
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Oradan 4 yil o‘tib, ta’lim vaziri parlamentga hisob berdi
2022-yildan buyon vazirning shaxsan o‘zi Qonunchilik palatasida o‘tkaziladigan “hukumat soati”da ishtirok etmay kelayotgandi.
12:00 / 22.05.2026
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
E’zoza Karimova Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi 48-maktabda tashkil qilingan “Kelajak soati” doirasida “Muqaddas ayol” mavzusida dars o‘tdi.
13:36 / 02.03.2026
Yangiliklar
Ilxom Siradjev yangi lavozimga tayinlangandan so‘ng ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganiga 10 kun bo‘lgan Ilxom Siradjev ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi.
23:40 / 26.02.2026
Ta'lim siyosati
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qanday vazifalar belgilab berildi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
16:00 / 18.02.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang