Pedagog xodimlar uchun har besh yilda ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslari joriy qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-231-sonli qarori bilan pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinishi belgilandi.
Qaror bilan maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda o‘tkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinadi.
Bunda rahbar kadrlar uchun malaka oshirish kurslari menejerlik o‘quv kurslari uchun joriy etilgan tartib asosida, pedagog va mutaxassis kadrlar uchun - variativ (ixtiyoriy tanlov) va invariant (majburiy) modullardan iborat bo‘lgan hamda ularda zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha tashkil etiladi.
Malaka oshirish kurslarida ta’lim olayotgan tinglovchilar bilimini baholash jarayonlarining pedagog kadrlarga malaka toifasini berish va ularni kasbiy sertifikatlash tizimlari bilan uzviyligi ta’minlanadi.
Malaka oshirish kurslari oralig‘ida xodimlarning o‘zaro tajriba almashish va o‘zini-o‘zi mustaqil rivojlantirishga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish shakllari tashkil etiladi.
Malaka oshirish tizimi natijalarini baholashning yangi tartibi joriy etiladi va uning doirasida maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarining faoliyat samaradorligini oshirishga alohida etibor qaratiladi.
Yangi tartibdagi malaka oshirish tizimi, har yilgi offlayn hamda onlayn malaka oshirish yo‘nalishida o‘zgarishlar bo‘lishi yoki bo‘lmasligi haqida keyingi xabarlarimizda batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
19-noyabrdan “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichi boshlanadi
“Ta’lim tizimida tartib o‘rnataman” — Erkinjon Turdimov
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihonida nega 90 ta test topshiradi?
Buxoroda maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish rejalashtirilmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bir oylik malaka oshirish tizimidan voz kechiladi, yangi tartib qanday ishlaydi?
Endilikda pedagoglarning poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik kursda majburiy tartibda o‘qishi talabi bekor qilinadi. Uning o‘rniga kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi.
Yangiliklar
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Har bir tumandan 5 nafardan, jami 110 nafar maktab o‘qituvchilari ro‘yxati shakllantirilgan. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar 30 nafar pedagoglar Turkiya davlatida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirib kelgan.
Yangiliklar
Prezident bunday topshiriq bermagandi: o‘qituvchilarni xorijga yuborish xarajatlari ularning bo‘yniga ilindi
Prezident topshirig‘i noto‘g‘ri talqin qilinib, pedagoglarni xorijiy davlatlarga yuborish xarajatlari o‘qituvchilarning o‘ziga yuklab qo‘yilmoqda.
Yangiliklar
Pedagoglar malakasini oshirish tizimidagi kamchiliklar muhokama qilindi
Senatorlar mazkur sohada uchrayotgan ayrim kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tib, vazirlik mas’ullarini so‘roqqa tutdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang