Endilikda bog‘cha direktorlariga ham menejerlik sertifikati uchun 30 foizlik ustama joriy qilinadi
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi yo‘lga qo‘yilgandi.
Bunda 2024-yil sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab direktorlariga – 50 foiz, direktor o‘rinbosarlariga – 30 foiz ustama to‘lanishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori bilan endilikda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlariga ham mana shunday tartib joriy qilinmoqda.
Bunda 2024-yil sentyabrga qadar maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamda direktor lavozimiga nomzodlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda baholash natijasi bo‘yicha ularga menejerlik sertifikatini berish tartibini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
Ushbu sertifikatga ega bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlariga ham har oylik 30 foiz miqdorida ustama haq to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgani aytildi
Endilikda bog'cha xodimlariga ham vazir jamg'armasidan ustamalar beriladi
"O'qituvchilardan ushlab qolingan pullar qaytarib beriladi" — kasaba uyushmasi
Maktab o'quvchisi ustiga futbol darvozasi tushib ketishi oqibatida vafot etdi
Mavzuga doir yangiliklar
Endilikda bog'cha xodimlariga ham vazir jamg'armasidan ustamalar beriladi
Bu haqda Prezident farmoni imzolandi
Maktablarning bo‘sh yerlarida xususiy bog‘cha qurishga ruxsat berildi
Prezident Farmoni imzolandi
Bog'chalarda direktor o'rinbosari lavozimi joriy qilinadi
Bu haqda Prezident Farmoni imzolandi
Qiymati 11 mln AQSh dollari bo‘lgan pedagoglar malaka oshirish markazi quriladi
Malaka oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish loyihasiga start berildi
Izohingizni tahrirlang