Bog'chalarda direktor o'rinbosari lavozimi joriy qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyachi-metodist lavozimi negizida amaldagi mehnatga haq to‘lash shartlarini saqlab qolgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotining direktori o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.
Endilikda barcha tuman (shahar)larda kamida bittadan tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlaridan malakali trenerlar guruhi shakllantirilib, trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor o‘rinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi.
Shuningdek, mazkur farmon bilan quyidagilar joriy etilmoqda:
2026-2027-o‘quv yilidan boshlab:
- maktabga tayyorlov guruhlarini bitirgan bolalarga ularning rivojlanish xaritasi asosida bir yillik maktabga tayyorlovdan o‘tganlik haqida elektron sertifikat berish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.
2025-yil 1-avgustga qadar:
- maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi hamda maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturlari o‘zaro uzviyligi va muvofiqligi ta’minlanadi.
2025-yil 1-martdan boshlab:
- tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari (4 ta auditoriya ko‘rinishidagi avtobuslar negizida) joriy etiladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab:
- tajriba-sinov tariqasida har bir tuman (shahar)dagi bittadan umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim guruhlari ochiladi.
2025-2026-o‘quv yilidan boshlab:
- davlat oliy ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dual ta’lim shakli joriy etiladi;
- davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda maktabgacha ta’lim yo‘nalishining sirtqi va kechki ta’lim shakli bo‘yicha har yili kamida 200 ta maqsadli qabul kvotalari ajratiladi va ularga maktabgacha ta’lim yo‘nalishida kamida besh yil ish stajiga ega pedagog kadrlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
2024-yil 1-oktyabrdan boshlab:
- jismoniy shaxs bir paytning o‘zida bir nechta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida mehnat faoliyatini yuritayotgan bo‘lsa, ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi bo‘yicha to‘lash amaliyoti joriy etiladi;
2025-yil 1-yanvardan boshlab:
- qamrov darajasi past bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat etiladi.
- Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari ham rag‘batlantiriladi;
- davlat oliy ta’lim muassasalariga ularning bo‘sh turgan yer uchastkalarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Pedagog xodimlar 1-avgustdan boshlab oshirilgan miqdorda maosh oladilar

“Qizil” maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi

Harbiylashgan maktabga aylantirilgan “Jasorat maktab”lariga iyun oyidan qabul boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar

Vazir Hilola Umarovaga kambag‘allik yuqori 1 mingta mahallada bog‘cha ochish vazifasi yuklatildi
Kambag‘al oila farzandlariga bog‘cha to‘lovi qisman qoplab beriladi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Bog'chalardagi ta’lim sifati ijobiy baholandi

"Mening bog'cham" loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi
15-oktyabr soat 10:00 dan ovoz berish berish jarayoni boshlandi

Bog'chalarda fransuz tili o'qitiladi
Vazirlik bog‘chalarda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi
Izohingizni tahrirlang