Top.Mail.Ru
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi

22:02 / 19.10.2024 7.00k
Bolalarda ilk matematik bo‘yicha ko‘nikmalarini baholash natijalari o‘rtacha 94 foiz, katta va tayyorlov guruhlardagi bolalarda  erta yoshdagi savodxonlik ko‘nikmalari 77 foizdan yuqori ekanligi qayd etildi.

2023-yil 9-oktyabrdan O‘zbekistonning barcha hududlarida MELQO xalqaro vositasi asosida maktabgacha ta’lim sifatini baholashning birinchi bosqichi boshlangandi. 


Bu vaqtga qadar O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimi sifatini o‘lchash uchun hech qanday vosita mavjud emasdi. Milliy tizim esa sertifikatlashtirish va akkreditatsiya shaklida bo‘lib, bu butun vaziyatni to‘liq ochib bermasdi. Shu sababli, Jahon banki loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim sifatini MELQO baholash tizimi asosida baholashga qaror qilingandi.


MELQO xalqaro vositasi butun dunyoda erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim sifatini o‘lchash uchun ishlatiladi. Ushbu tadqiqot bolalarning qanchalik yaxshi rivojlanganligi va bolalarning ta’lim muhitining sifati haqida ma’lumot beradi.


2023-yilda tasodifiy tanlash usuli yordamida respublika bo‘yicha 100 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olinib, baholash va ma’lumotlarni to‘plash sertifikatlangan mutaxassislar tomonidan amalga oshirildi. Ikkinchi bosqich 2024-yilda boshlangandi, unda 250 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olingandi.


Kuni-kecha, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida O‘zbekistonda bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish va davlat ta’limini yaxshilashga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.


Seminarda Jahon bankining katta iqtisodchisi va MELQO baholash hisobotining hammuallifi Hiroshi Saeki tomonidan O‘zbekistonda Xalqaro Melko instrumentlari orqali 250 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi.


Baholash natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya jarayoni umumiy holati va sifati yuqori darajada ekanligi aniqlandi, jumladan, bolalarda ilk matematik bo‘yicha ko‘nikmalarini baholash natijalari o‘rtacha 94%, katta va tayyorlov guruhlardagi bolalarda erta yoshdagi savodxonlik ko‘nikmalari 77% dan baland bo‘lganligi ma’lum qilindi.


E’tiborli jihati, baholashda ishtirok etgan 90% maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlanganligiga alohida urg‘u berildi.


Ma’lumot uchun, 2024-yilda baholash dasturi doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:


  • MELQO xalqaro  baholash vositasi O‘zbekistonda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiga muvofiqlashtirildi;


  • barcha materiallar raqamlashtirilib, o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillariga tarjima qilindi;


  • 250 Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tanlab olish mezonlari ishlab chiqildi (shahar, tuman (qishloq) hududlari, 5-6 va 6-7 yoshli guruhlarning mavjudligi, genderlik/o‘g‘il bola va qiz bola);


  • Jahon bankining xalqaro ekspertlari ishtirokida tasodifiy tanlovda (rondom usulida) har bir hududdan 250 davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olindi;


  • 250 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tanlov natijalari quyidagicha amalga oshirildi: shahar hududi –  68 (24%) tuman (qishloq) hududi –  182 (76%);


  • 250 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining har bir hududdan manzilli ro‘yxati shakllantirildi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Maktabgacha ta'lim

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Maktabgacha ta'lim

Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda

Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga qo‘shilmoqda.

09:00 / 30.08.2026
Yangiliklar

Bog‘cha xodimlari uchun oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qish tartibi belgilanmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim yo‘nalishida o‘rta maxsus ma’lumotga ega pedagog kadrlar uchun o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi.

12:50 / 03.08.2026
video Yangiliklar

Surxondaryoda bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holat fosh etildi

Surxondaryo viloyatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish jarayonida pora talab qilgan bog‘cha direktori qo‘lga olindi.

16:34 / 26.07.2026
Yangiliklar

Anomal issiq sabab vaqtincha yopilgan bog‘chalardagi xodimlarga ish haqi qanday to‘lanadi?

Mazkur masalaga advokat Saydali Muxtoraliyev huquqiy izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, avvalo bekor turib qolishning sababi qanday baholanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki Mehnat kodeksining 266-moddasida bunday holatlar uchun turli tartiblar belgilangan.

12:20 / 18.07.2026