Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Bolalarda ilk matematik bo‘yicha ko‘nikmalarini baholash natijalari o‘rtacha 94 foiz, katta va tayyorlov guruhlardagi bolalarda erta yoshdagi savodxonlik ko‘nikmalari 77 foizdan yuqori ekanligi qayd etildi.
2023-yil 9-oktyabrdan O‘zbekistonning barcha hududlarida MELQO xalqaro vositasi asosida maktabgacha ta’lim sifatini baholashning birinchi bosqichi boshlangandi.
Bu vaqtga qadar O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimi sifatini o‘lchash uchun hech qanday vosita mavjud emasdi. Milliy tizim esa sertifikatlashtirish va akkreditatsiya shaklida bo‘lib, bu butun vaziyatni to‘liq ochib bermasdi. Shu sababli, Jahon banki loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim sifatini MELQO baholash tizimi asosida baholashga qaror qilingandi.
MELQO xalqaro vositasi butun dunyoda erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim sifatini o‘lchash uchun ishlatiladi. Ushbu tadqiqot bolalarning qanchalik yaxshi rivojlanganligi va bolalarning ta’lim muhitining sifati haqida ma’lumot beradi.
2023-yilda tasodifiy tanlash usuli yordamida respublika bo‘yicha 100 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olinib, baholash va ma’lumotlarni to‘plash sertifikatlangan mutaxassislar tomonidan amalga oshirildi. Ikkinchi bosqich 2024-yilda boshlangandi, unda 250 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olingandi.
Kuni-kecha, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida O‘zbekistonda bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish va davlat ta’limini yaxshilashga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Jahon bankining katta iqtisodchisi va MELQO baholash hisobotining hammuallifi Hiroshi Saeki tomonidan O‘zbekistonda Xalqaro Melko instrumentlari orqali 250 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi.
Baholash natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya jarayoni umumiy holati va sifati yuqori darajada ekanligi aniqlandi, jumladan, bolalarda ilk matematik bo‘yicha ko‘nikmalarini baholash natijalari o‘rtacha 94%, katta va tayyorlov guruhlardagi bolalarda erta yoshdagi savodxonlik ko‘nikmalari 77% dan baland bo‘lganligi ma’lum qilindi.
E’tiborli jihati, baholashda ishtirok etgan 90% maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlanganligiga alohida urg‘u berildi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilda baholash dasturi doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- MELQO xalqaro baholash vositasi O‘zbekistonda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiga muvofiqlashtirildi;
- barcha materiallar raqamlashtirilib, o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillariga tarjima qilindi;
- 250 Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tanlab olish mezonlari ishlab chiqildi (shahar, tuman (qishloq) hududlari, 5-6 va 6-7 yoshli guruhlarning mavjudligi, genderlik/o‘g‘il bola va qiz bola);
- Jahon bankining xalqaro ekspertlari ishtirokida tasodifiy tanlovda (rondom usulida) har bir hududdan 250 davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olindi;
- 250 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tanlov natijalari quyidagicha amalga oshirildi: shahar hududi – 68 (24%) tuman (qishloq) hududi – 182 (76%);
- 250 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining har bir hududdan manzilli ro‘yxati shakllantirildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
Maktab va bog‘chalarda Yangi yil bayramini o‘tkazishga oid rasmiy ko‘rsatma berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Vazir Hilola Umarovaga kambag‘allik yuqori 1 mingta mahallada bog‘cha ochish vazifasi yuklatildi
Kambag‘al oila farzandlariga bog‘cha to‘lovi qisman qoplab beriladi
"Mening bog'cham" loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi
15-oktyabr soat 10:00 dan ovoz berish berish jarayoni boshlandi
Bog'chalarda fransuz tili o'qitiladi
Vazirlik bog‘chalarda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi
Endilikda bog'cha xodimlariga ham vazir jamg'armasidan ustamalar beriladi
Bu haqda Prezident farmoni imzolandi
Izohingizni tahrirlang