Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga C darajadagi milliy sertifikat uchun ustama beriladimi?

Savol
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman, 2024-yil bahordagi milliy sertifikat imtihonida C darajadagi sertifikat olganman. Lekin “zavuchimiz”ni aytishiga qaraganda menga ustama to‘lanmas ekan, shu to‘g‘rimi?
Javob
Prezidentning 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–134-sonli farmoni 9-bandiga ko‘ra Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida ustamalar to‘lab berish nazarda tutilgan.
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qarori bilan xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan.
Mazkur qo‘shma qarorning 4-bobida umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi C darajadagi milliy sertifikat ustama to‘lash uchun asos bo‘lishi keltirib o‘tilgan.
Shuningdek, ushbu qo‘shma qaror kuchga kirgunga qadar olingan sertifikatlarga ustama olish uchun sertifikatlarning eng kam darajasi 60 ball etib belgilangan.
Demak, C darajadagi (mazkur qaror kuchga kirgunga qadar olingan sertifikatlar uchun 60 ball) milliy sertifikatga ega bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga ustama to‘lab berilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar boshlang‘ich sinflardagi mutaxassislarning aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qiladi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Endilikda har yili o‘qituvchi va o‘quvchilarga sanatoriyaga 12 kunlik yo‘llanma beriladi

4 198 nafar o‘qituvchiga 70 foizlik ustama beriladigan bo‘ldi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi

Ikki nafar maktab o‘quvchisi Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi
Mavzuga doir yangiliklar

4 198 nafar o‘qituvchiga 70 foizlik ustama beriladigan bo‘ldi
Oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball to‘plagan pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.

O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar ularning oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblash boshlanadi.

8 yoshli o‘quvchi xorijiy til o‘qituvchilaridan talab qilinayotgan sertifikatni qo‘lga kiritdi
Bilimlarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan ingliz tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonining yosh bo‘yicha mutlaq rekord Kozim Baxtiyraovga tegishli.

Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
Izohingizni tahrirlang