"Birinchi qo‘ng‘iroq" va "Mustaqillik dars"larini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Salom bog‘cha”, umumta’lim maktablarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari va “Mustaqillik dars” larini tashkil etish yuzasidan hududiy boshqarmalarga ko‘rsatma berdi.
Ko‘rsatmada aytilishicha, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy yilning 4-sentabr kuni “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari hamda “Mustaqillik darslari” tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa joriy yilning 4-sentabr kuni “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Salom bog‘cha” bayram tadbirlarini hamda “O‘zbekiston – mening Vatanim” mavzusida ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatni tashkil etiladi.
Shuningdek, vazirlik ko‘rsatmasida quyidagilar qayd etilgan:
- o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini 1- va 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazish (o‘quvchilar soni va tadbir o‘tish joyini hisobga olib, qolgan sinf o‘quvchilarini ham tadbirga jalb etish mumkin);
- tadbirni maktab hovlisi, bog‘i, soya-salqin ochiq maydonlarda o‘tkazish, o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash hamda maktab hududiga avtotransport vositalarini kiritmaslik choralarini ko‘rish;
- tadbirni chiroyli, ko‘tarinki ruhda, bayramona o‘tkazilishida joylardagi mahalliy hokimliklar, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlik qilish; tadbirga faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar vakillarini taklif etish;
- tadbir davomiyligini 45 daqiqadan ko‘p o‘tkazmaslik;
- 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi”ni mahalliy hokimliklar, o‘zinio‘zi boshqarish organlari vakillari va ota-onalar ishtirokida topshirish;
- “Mustaqillik darslari”ni mehnat faxriylari, faxriy o‘qituvchilar, davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan shaxslar va taniqli sportchilar ishtirokida tashkil etish.
Tadbirlarni tashkil etish bo'yicha kerakli materiallarni quyidagi manzillardan yuklab olishingiz mumkin:
“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ssenariysi
Maktablar uchun “Mustaqillik dars” ishlanmasi
“Mustaqillik dars”i uchun taqdimot
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi
Endi maktabga ishga kirmoqchi bo‘lgan pedagoglar test orqali ishga qabul qilinadi
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi eng korrupsiyalashgan tizim sifatida tilga olindi
29-avgustga qadar barcha hududlarda “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomda o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanishi nazarda tutilgan.
Yangiliklar
“Birinchi qo‘ng‘iroq” va “Mustaqillik dars”larini tashkil etish bo‘yicha vazirlik ko‘rsatma berdi
Ta’lim tashkilotlarida joriy yilning 2-sentyabr kuni bayram tadbirlarini tashkil etilib, mazkur tadbir davomiyligi 45 daqiqa davom etadi.
Yangiliklar
Respublikamizdagi barcha maktablarda "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o'tkazildi
700 mingga yaqin bolalar 1-sinfga qabul qilindi
Yangiliklar
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi...mi?
Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining 2-sentyabrda boshlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hech qanday sabab mavjud emas.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang