Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi
Respublikamizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 2026-yil 2-sentyabrdan boshlanadi.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomda o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan boshlab 1-sentabrgacha davom etishi belgilangan.
Demak, joriy yilda umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining 2-sentyabrda boshlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hech qanday sabab mavjud emas. Hozircha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu borada rasmiy axborot bermadi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda “1-sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik kuni” yakshanba — dam olish kunlariga to‘g‘ri kelib qolganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq 2-sentyabrga ko‘chirilgandi.
Shuningdek, 3-sentyabr ham qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilanganligi bois, yangi o‘quv yilini 4-sentyabrdan boshlashga to‘g‘ri kelgandi. Bu yil esa yangi o‘quv yili belgilangan muddatda boshlanadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi
Endi maktabga ishga kirmoqchi bo‘lgan pedagoglar test orqali ishga qabul qilinadi
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi eng korrupsiyalashgan tizim sifatida tilga olindi
29-avgustga qadar barcha hududlarda “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
“Birinchi qo‘ng‘iroq” va “Mustaqillik dars”larini tashkil etish bo‘yicha vazirlik ko‘rsatma berdi
Ta’lim tashkilotlarida joriy yilning 2-sentyabr kuni bayram tadbirlarini tashkil etilib, mazkur tadbir davomiyligi 45 daqiqa davom etadi.
Yangiliklar
"Birinchi qo‘ng‘iroq" va "Mustaqillik dars"larini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi
"Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini 1- va 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkaziladi
Yangiliklar
Respublikamizdagi barcha maktablarda "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o'tkazildi
700 mingga yaqin bolalar 1-sinfga qabul qilindi
Yangiliklar
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi...mi?
Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining 2-sentyabrda boshlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hech qanday sabab mavjud emas.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang