Yangi o‘quv yili 4-sentyabrdan boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, umumta’lim muassasalarida o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanishi belgilangan.
Ammo Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq “1-sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik kuni” 2024-yilda yakshanba — dam olish kunlariga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni mos ravishda 2024-yil 2-sentyabrga ko‘chirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-son Farmoniga ko‘ra, 3-sentyabr, seshanba ham ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
Shuningdek, 31-avgust, shanba ham olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi.
Ya’ni, Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi. Bunda:
- 31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;
- 1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;
- 2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);
- 3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
- 4-sentyabr, chorshanba — maktablarda yangi o‘quv yili boshlanadi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar sud uchun yig‘ilgan pullarni xayriya qilib yubordi
Maktablarda “Ombudsman soati” joriy etish rejalashtirilmoqda
Endi o‘quvchilarning zararli odatlari haqida xabar bergan pedagoglar mukofotlanishi mumkin
Attestatsiyada ingliz tilidan tushgan testlar to‘liq tahlil qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
“Birinchi qo‘ng‘iroq” va “Mustaqillik dars”larini tashkil etish bo‘yicha vazirlik ko‘rsatma berdi
Ta’lim tashkilotlarida joriy yilning 2-sentyabr kuni bayram tadbirlarini tashkil etilib, mazkur tadbir davomiyligi 45 daqiqa davom etadi.
Yangiliklar
"Birinchi qo‘ng‘iroq" va "Mustaqillik dars"larini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi
"Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini 1- va 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkaziladi
Yangiliklar
Respublikamizdagi barcha maktablarda "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o'tkazildi
700 mingga yaqin bolalar 1-sinfga qabul qilindi
Yangiliklar
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi...mi?
Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining 2-sentyabrda boshlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hech qanday sabab mavjud emas.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang