Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi...mi?

Respublikamizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 2025-yil 2-sentyabrdan boshlanishi mumkin.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomda o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan boshlab 1-sentabrgacha davom etishi belgilangan.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi joriy yilda Mustaqillik bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmaganligi hamda dam olish kunlari boshqa kunga ko‘chirilmaganligini ma’lum qildi.
Bunda “1-sentyabr — Mustaqillik kuni” bayrami munosabati bilan:
- 5 ish kuni ishlovchilar 3 kun – 30-avgust (shanba), 31-avgust (yakshanba) va 1-sentyabr (bayram) kunlari;
- 6 ish kunida ishlovchilar 2 kun – 31-avgust (yakshanba) va 1-sentyabr (bayram) kunlari dam oladi.
Demak, joriy yilda umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining 2-sentyabrda boshlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hech qanday sabab mavjud emas. Ammo, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hozircha rasmiy axborot bermadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “1-sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik kuni” yakshanba — dam olish kunlariga to‘g‘ri kelib qolganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq 2-sentyabrga ko‘chirilgandi.
Shuningdek, 3-sentyabr ham qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilanganligi bois, yangi o‘quv yilini 4-sentyabrdan boshlashga to‘g‘ri kelgandi. Demak, joriy yilda yangi o‘quv yili belgilangan muddatda boshlanadi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Vazir E’zoza Karimovaga deputatlik so‘rovi yuborildi

Fan olimpiadasi testlari tarqalishiga sababchi bo‘lganlar javobgarlikka tortiladi

Fan olimpiadasi testlari sotilgani aytilmoqda

O‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish jarayoni boshlandi
Mavzuga doir yangiliklar

“Birinchi qo‘ng‘iroq” va “Mustaqillik dars”larini tashkil etish bo‘yicha vazirlik ko‘rsatma berdi
Ta’lim tashkilotlarida joriy yilning 2-sentyabr kuni bayram tadbirlarini tashkil etilib, mazkur tadbir davomiyligi 45 daqiqa davom etadi.

"Birinchi qo‘ng‘iroq" va "Mustaqillik dars"larini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi
"Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini 1- va 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkaziladi

Respublikamizdagi barcha maktablarda "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o'tkazildi
700 mingga yaqin bolalar 1-sinfga qabul qilindi

Yangi o‘quv yili 4-sentyabrdan boshlanadi
Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam olinadi.
Izohingizni tahrirlang