“Open Budget”ni targ‘ib qilgan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi
Kun.uz nashrining xabar berishicha, Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 18-maktab direktori o‘qituvchilarni “Tashabbusli budjet”dagi loyiha uchun majburan ovoz yig‘ishga jalb qilgani tasdiqlangan. Bu haqda Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya ma’lum qildi.
Direktorga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismiga asosan 100 BHM (34 mln so‘m) miqdorida ma’muriy jarima qo‘llangan.
“Milliy komissiya barcha mas’ullarni, shuningdek, ish beruvchilarni, hudud rahbarlarini xodimlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga chaqiradi”, – deyiladi bayonotda.
Romitandagi 18-maktab o‘qituvchilari uyma-uy yurib, maktab texnik bazasini yaxshilash uchun ovoz yig‘ishga majburlanayotgani haqida 26-avgust kuni Kun.uz nashri yozgandi.
1654 ta ovoz olgan loyiha g‘oliblar qatoriga kirmagan. G‘olib bo‘lish uchun maktabga 28 ta ovoz yetmagan.
Ma’lumot uchun, “Tashabbusli budjet”da qo‘l ostidagi xodimlarni ovoz to‘plashga majburlash – majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi. Bu prezident qarorida belgilab qo‘yilgan.
Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan, majburiy mehnat taqiqlangan.
MJtKning 51-moddasiga muvofiq, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar 50–100 BHM jarimaga tortiladi. Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148-2-moddasiga ko‘ra jinoiy javobgarlik belgilangan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Toshkent Prezident maktabi nufuzli mukofot va 150 ming dollarlik grantni qo‘lga kiritdi
Baho ortidan o‘qituvchiga bosim o‘tkazgan ota-ona jarimaga tortildi
Pedagoglarga mo‘ljallangan imtiyozli avtokreditlar qay tartibda beriladi?
Hilola Umarova nima uchun xorijdan “til egalari” olib kelinganini izohladi
Mavzuga doir yangiliklar
Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
Loyihaning joriy yilgi mavsumi dekabr oyida o‘tkazilishi belgilangan
Baho ortidan o‘qituvchiga bosim o‘tkazgan ota-ona jarimaga tortildi
Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi
Maktab hududi va binosida o‘quvchilarga aloqasi bo‘lmagan bayram tadbirlarini o‘tkazish mumkin emas
Bu bo‘yicha bir qancha taqiqlar mavjud
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
Holat reyd tadbiri davomida aniqlangan
Izohingizni tahrirlang