“Open Budget”ni targ‘ib qilgan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi
Kun.uz nashrining xabar berishicha, Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 18-maktab direktori o‘qituvchilarni “Tashabbusli budjet”dagi loyiha uchun majburan ovoz yig‘ishga jalb qilgani tasdiqlangan. Bu haqda Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya ma’lum qildi.
Direktorga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismiga asosan 100 BHM (34 mln so‘m) miqdorida ma’muriy jarima qo‘llangan.
“Milliy komissiya barcha mas’ullarni, shuningdek, ish beruvchilarni, hudud rahbarlarini xodimlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga chaqiradi”, – deyiladi bayonotda.
Romitandagi 18-maktab o‘qituvchilari uyma-uy yurib, maktab texnik bazasini yaxshilash uchun ovoz yig‘ishga majburlanayotgani haqida 26-avgust kuni Kun.uz nashri yozgandi.
1654 ta ovoz olgan loyiha g‘oliblar qatoriga kirmagan. G‘olib bo‘lish uchun maktabga 28 ta ovoz yetmagan.
Ma’lumot uchun, “Tashabbusli budjet”da qo‘l ostidagi xodimlarni ovoz to‘plashga majburlash – majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi. Bu prezident qarorida belgilab qo‘yilgan.
Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan, majburiy mehnat taqiqlangan.
MJtKning 51-moddasiga muvofiq, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar 50–100 BHM jarimaga tortiladi. Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148-2-moddasiga ko‘ra jinoiy javobgarlik belgilangan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi maktablarda “Kelajak” markazlarining tarmoq to‘garaklari tashkil qilinadi
Maktablarning haqiqiy ahvoli ochiqlandi
2026-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi, 106,4 mln dona nusxa darslik va mashq daftarlari chop etiladi
Ta’lim muassasalari yong‘in xavfsizligi uchun budjetdan qachon pul ajratiladi?
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Olimpiadadagi past natija uchun o‘qituvchini jazolash to‘g‘rimi?
Fan olimpiadasida o‘quvchining yetarli ball to‘play olmaganligi uchun pedagog xodimga intizomiy jazo qo‘llab bo‘lmaydi.
Yangiliklar
O‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi
O‘rta Chirchiq tumani 11-sonli maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, o‘zi sinf rahbarlik qilayotgan 9-sinf o‘quvchilarini kitob bilan kaltaklagan.
Yangiliklar
Endi o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar sudlanmagan hisoblanadi
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirish, o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni sudlanmagan deb hisoblashning alohida tartibi belgilandi.
Yangiliklar
Bog‘cha mudirasi lavozimini 1000 dollarga pullamoqchi bo‘lgan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroni boshqa tumandagi davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan biriga mudira lavozimiga tayinlash evaziga 2500 AQSH dollari talab qilingan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang