Attestatsiya test sinovini boshqa kunga ko‘chirsa bo‘ladimi?
Savol
Akam maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Toifa uchun to‘lov qilib qo‘ygandi. Lekin 6-7-noyabr kunlari to‘yi bo‘lishi kerak edi. Test bo‘ladigan kunga to‘y marosimi to‘g‘ri kelib qolsa, to‘lovni qaytarib olsa bo‘ladimi yoki imtihon kunini ko‘chirsa bo‘ladimi?
Javob
Pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi.
Mazkur nizomning 45-bandiga ko‘ra, pedagog kadrlar attestatsiyaga uzrli sababga ko‘ra kelmagan bo‘lsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chiriladi.
Quyidagi holatlar uzrli sabablar deb baholanadi:
- xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi;
- davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi;
- respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi;
- vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda bo‘lganligi;
- yaqin qarindoshining vafoti;
- vakolatli davlat organi yoki ta’lim tashkilotlari rahbarlarining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan boshqa asoslar.
Demak, pedagog xodimning to‘y marosimi bo‘layotganligi sababli test sinovlarida ishtirok etolmaydigan bo‘lsa, bu haqda maktab direktorining tegishli ma’lumotnomasi asosida attestatsiya test sinovi boshqa muddatga ko‘chiriladi.
Bunda uzrli sabablarga ko‘ra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 22-bandiga ko‘ra, pedagog kadrlar uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chirilgan taqdirda, yig‘im takroran undirilmaydi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
“Navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashgan pedagoglar ishdan olinadi” — pedagoglarga bosim o‘tkazilmoqda
Navbatdan tashqari attestatsiyaga ariza topshirgan pedagoglarga (asosan bog‘cha tarbiyachilariga) arizasini qaytarib olish, arizasini qaytarib olmaganlar yoki malaka toifa test sinovlarida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmaganlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularga turli xil bosim o‘tkazish holati aks etgan xabarlar tarqalmoqda.
Attestatsiya
Vazirlik attestatsiya testlarini pullayaptimi?
Tahririyatga murojaat yo‘llagan pedagoglardan birining aytishicha, o‘tgan yildan buyon alohida sinov.uz platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, har bir fandan test ishlash uchun alohida narxlar belgilab qo‘yilgan.
Maqola
“Tanaffus” podkastidagi bahs qanday oʻtdi
Tarixchilar oʻrtasidagi bahsni koʻrgach, bu haqdagi tahlillarini tanqidiy fikrlash boʻyicha mutaxassis, "Ta'lim tahlili" loyihasi eksperti Otabek Rahmonberganov ayni shu mavzuda maqola tayyorladi.
Attestatsiya
Attestasiyada “xom ballar” asosida o‘qituvchilar haqida qaror chiqarish – shunchaki “lotereya”
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova hamda Baholash markazi direktori Dilrabo Davidovaga ochiq murojaat.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang