Rossiyada o‘qituvchilarning mukofot pullari harbiy xarajatlarga yo‘naltirilmoqda

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘qituvchilar, tarbiyachilar va madaniyat muassasalari xodimlarining mukofot pullari Ukrainaga qarshi urush ehtiyojlari uchun sarflanadi. Bu haqda The Moscow Times manbasiga tayanib, Daryo.uz nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, oktyabr oyi oxirida konferensiya bo‘lib o‘tgan va unda viloyat mutasaddilari rag‘batlantiruvchi to‘lovlarning bir qismini ushlab qolishlarini ma’lum qilgan.
“Ular havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun pul yetarli emasligini, xavfsizlik yostiqchalari yo‘qligini, hammasi sarflanganini aytishdi”, dedi nashr suhbatdoshi.
Rag‘batlantirish to‘lovlari har bir xodim uchun alohida hisoblab chiqiladi va 10 dan 40 ming rublgacha bo‘lishi mumkin. Nashr suhbatdoshi aniqlik kiritishicha, to‘lovlar yil oxirida uch oyga bo‘lingan.
“Ikki oylik pullarni oldik, uchinchi oyda esa yo‘q. U armiya ehtiyojlariga yo‘naltirildi”, dedi ayol.
Viloyatning Slyudyanskiy tumanidagi bolalar bog‘chasi tarbiyachisi hamkasblari bilan “harbiylar uchun allaqachon ixtiyoriy ravishda mablag‘ va insonparvarlik yordamini yig‘ishgan”ini, biroq endilikda ularning ixtiyoridan qat’i nazar mukofot pullarining bir qismi urushdagi harbiylarga yo‘naltirilganini aytgan.
Oktyabr oyining oxirida Belgorod davlat san’at va madaniyat institutida talabalar ming rubldan topshirishga majbur qilingan. 2024-yil sentyabr oyi oxiriga kelib mamlakatning 500 dan ortiq universitetlaridan minglab talaba va o‘qituvchilar “OTMlar front uchun” aksiyasiga qo‘shilgan.
The Moscow Times hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi urushga haftasiga 210 milliard rublga yaqin mablag‘ sarflamoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari jinoyat ustida qo‘lga olindi

O‘quvchilar uchun yangi olimpiada tashkil etilib, g‘oliblar grant asosida o‘qishga qabul qilinadi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab xalqaro maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da qatnashib, mashina yutib oldi
Mavzuga doir yangiliklar

Rossiyada maktab o‘quvchilarining mobil telefondan foydalanishi taqiqlandi
Rossiya Federatsiyasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga o‘zgartirishlar kiritilib, o‘quvchilarnung dars vaqtida mobil telefondan foydalana olmasligi belgilandi.

Rus tilini bilmaydigan migrantlar farzandiga Rossiya maktablarida o‘qish taqiqlanishi mumkin
Hujjat Rossiya parlamenti quyi palatasi saytida e’lon qilindi

Rossiyadagi bog‘cha va maktablarda yangi virus tarqalmoqda
Bolalarning og‘zida dastlab yaralar paydo bo‘lgan

Rossiyada o‘quvchi bolg‘a bilan o‘qituvchisi va sinfdoshlariga hujum qildi
Hujum oqibatida uch nafar o‘quvchi va bir nafar o‘qituvchi jarohat oldi
Izohingizni tahrirlang