Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari endi toifa olish uchun ham test, ham amaliy imtihon topshiradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Endilikda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga toifa berishning (2 bosqichli) yangi tartibi ishlab chiqiladi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) Sport vazirligi tomonidan tashkil etiladi.
Shuningdek, qarorga ko‘ra:
2025-yil 1-martga qadar:
- boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari yosh toifasi bo‘yicha harakatli o‘yinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari ro‘yxati shakllantiriladi;
2025/2026-o‘quv yilidan boshlab:
- davlat ta’lim standartlari asosida 5-11-sinflar uchun jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqiladi;
- o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida har bir maktabda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
- har yili an’anaviy tarzda maktab o‘quvchilari o‘rtasida sportning (quvnoq startlar) mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkout turlari bo‘yicha uch bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi;
2025-yil 1-iyunga qadar:
- maktab o‘quvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o‘quvchilarning sportga qamrab olinganlik darajasi yuzasidan reyting tizimi ishlab chiqiladi;
- reyting natijalari asosida eng yaxshi natijaga erishgan maktablarning jismoniy tarbiya o‘qituvchilari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sport vazirligining tarmoq mukofotlari bilan taqdirlanadi;
2025-yil 1-mayga qadar:
- maktab sport klublari a’zolari uchun Zomin tumani “Lochin” dam olish maskanida o‘quvchilarni sport musobaqalariga tayyorlash bazasi tashkil etiladi;
2025-yil 1-iyulga qadar:
- jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi;
Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq:
- har o‘quv yili yakunida o‘quvchilarning sinflar bo‘yicha jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
- yuqori natijaga erishgan maktab sport klublari a’zolari uchun davlat sport-ta’lim muassasalarida nufuzli xalqaro sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari ishtirokida amaliy mahorat mashg‘ulotlari tashkil etiladi;
- eng yaxshi natijaga erishgan maktab sport klubi a’zolari uchun Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi, Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va yurtimizdagi mashhur sport obyektlarida mahorat mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onasiga jarima solindi
2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq o‘qituvchi o‘tolmagani ma’lum bo‘ldi
Endi zo‘ravonlik haqida xabar bermagan pedagoglar ham jazolanadi
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq o‘qituvchi o‘tolmagani ma’lum bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi joriy yilgi malaka toifasi test sinovlariga oid statistikani e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilda ikki marotaba o‘tkazilgan test sinovlarida 64,4 foiz o‘qituvchilar yetarli natija qayd etolmagan.
Yangiliklar
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishiga qarab, o‘qituvchilariga 20 million so‘mgacha oylik maosh to‘lab beriladi.
Yangiliklar
“O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi” — Qozog‘iston ta’lim vaziri
Qozog‘istonlik o‘qituvchilar ommaviy ravishda attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lganidan so‘ng, ta’lim vaziri xato va kamchiliklarni tan oldi.
Attestatsiya
Attestatsiyada o‘qituvchilar huquqi cheklanishi bu qulaylikmi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiyadagi o‘zgarishlarni aslida o‘qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilganini ma’lum qildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang