Top.Mail.Ru
“Open Budjet” mashmashasi: O‘zlari majburlab, o‘zlari jazolashmoqda

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

“Open Budjet” mashmashasi: O‘zlari majburlab, o‘zlari jazolashmoqda

00:54 / 16.03.2025 1.66k

So‘nggi kunlarda pedagog xodimlar va o‘quvchilarning “Open Budjet” uchun ovoz yig‘ish ishlariga majburiy jalb qilinishi yana kun tartibiga chiqdi. Ovoz berish jarayonlari 20-mart soat 23:59 ga qadar davom etadi, bunga qadar esa o‘qituvchilarda halovat bo‘lmasligi aniq. Masalan, “Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi 2-mavsumida umumta’lim maktablari majburiy ovoz berishda yetakchilik qilgandi.

Xalqtaliminfo.uz
'ning 
“Muallimdan maktub loyihasiga bir qancha pedagoglardan aynan shu mavzuda bir qancha murojaatlar kelib tushdi.

O‘zlari topshiriq berib, o‘zlari jazolashmoqda


Pedagoglarning xalqtaliminfo.uz'ga xabar berishicha, respublikamizdagi barcha maktablar “Open Budjet” uchun ovoz yig‘ishga jalb qilingan bo‘lib, ular orasida juda ko‘p maktablar “Tashabbusli budjet” portalida loyihaga qo‘yilmagan bo‘lsa-da, boshqalar uchun ovoz yig‘ishga majbur bo‘lmoqda.


Pedagoglarni ovoz berishga majburiy jalb qilish topshiriqlari esa bevosita Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan berilmoqda, ularga esa mahalliy hokimliklar tomonidan shunday topshiriq berilayotgan bo‘lishi mumkin.

“O‘zimizning maktabimiz uchun ovoz yig‘sak ham rozi edik, lekin mutlaqo boshqa loyihalar uchun ovoz yig‘ib yuribmiz. Ovoz berish mavsumi boshlanishi bilan maktabdagi dars jarayoni ikkinchi darajaga tushib qoladi. Achinarli tomoni bunga o‘quvchilar ham jalb qilinmoqda”, deydi pedagoglardan biri.
“Men ovoz berdim va ota-onalar guruhiga havola ham yubordim, ko‘pchilik ovoz berdi, direktor esa meni tanqid qilib, sinfimdan eng kam ovoz olinganini aytdi. Menda esa akasi va opasi ham shu maktabda o‘qiydigan va ular allaqachon ovoz berib bo‘lgan va qayta ovoz bera olmaydigan bolalar o‘qiydi. Nima qilish kerak? Ovozlarni sotib olishim kerak emish”, deydi yana bir o‘qituvchi.
“Masalaning qiziq tomoni shundaki, o‘qituvchilarni majburiy ovoz berishga jalb qilayotgan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari holat ijtimoiy tarmoqda tarqalishi bilan aynan ularning o‘zi pedagoglarni jazolamoqda”, demoqda pedagoglar.

Hududlarda holat qanday?


Farg‘ona viloyati


“Open Budjet” loyihasi tanlovida ishtirok etayotgan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi bir qator maktablarda rahbarlar tomonidan tartiblar qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangani haqida viloyat boshqarmasi xabar berdi.


Jumladan, mazkur holatda qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun Quva tumanidagi 56- va 37-umumta’lim maktabi direktorlari hamda Farg‘ona tumanidagi 13-maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Shuningdek, Farg‘ona tumanidagi 38-maktab direktoriga intizomiy “hayfsan” jazo chorasi ko‘rilgan.


Quva tumanidagi maktablarning birida esa o‘qituvchilarning oylik maoshidan “Open Budjet”da ovoz yig‘ish uchun 700 ming so‘mdan ushlab qolishni talab qilgan direktor bilan mehnat shartnomasini bekor qilgan.


Shuningdek, joriy yil 14-mart kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘qituvchilarni majburiy ovoz to‘plashga jalb qilgan uch nafar maktab direktori bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan va ikki nafariga “hayfsan” intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan hamda yana uch nafar muassasa rahbar va mas’ullariga navbatdagi intizomiy chora ko‘rish uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan.


Jizzax viloyati


Jizzax viloyati, Zomin tumanidagi 34-maktab o‘quvchilarining “Tashabbusli budjet” loyihasi uchun ovoz yig‘ish jarayoniga jalb etilganligi holati aniqlanib, ushbu ta’lim muassasasi direktori va sinf rahbariga intizomiy chora ko‘rilgan.


Samarqand viloyati


Samarqand tumani 34-umumta’lim maktab o‘quvchilari “Tashabbusli budjet” uchun ovoz to‘plashga darsdan chiqarib yuborilayotganligi haqida xabar tarqalgan. Ammo bu maktab rahbariyati tomonidan rad etilgan.


Ma’lum bo‘lishicha, ushbu maktabni jihozlash bo‘yicha loyiha “Tashabbusli budjet” tanloviga qo‘yilgan bo‘lib, maktab ma’muriyati tomonidan o‘quvchilarga ushbu tashabbusda faol bo‘lishlari (bugungi kunda barchada telefon borligi sababli), ota-onalariga ham targ‘ibot qilishlari aytilgan. O‘quvchilar darsdan chiqarib yuborilmaganligi ma’lum qilingan.


Toshkent viloyati


Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisiga tegishli deya aytilayotgan, “Tashabbusli budjet” uchun ovoz berishga o‘quvchilarning ota-onalaridan talab qilingan audio xabar tarqaldi.


Viloyat boshqarmasining xabar berishicha, barcha pedagog xodimlar va o‘quvchilar bittadan ovoz berishga jalb etilgan, lekin ovoz berishga hech kim majbur qilinmagan. Ma’lum bo‘lishicha, maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z tashabbusi bilan ota-onalarni ham ovoz berishga jalb qilishga harakat qilgan.

Bu ba’zi ota-onalar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilingan. Maktab ma’muriyati tomonidan ovoz yig‘ish masalasida hech kimga qat’iy talab qo‘yilmagan. Jami to‘plangan ovozlarning barchasi shu kunga qadar ixtiyoriy va shaffof tarzda yig‘ilgan.


Yuqoridagi holat bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi M.L bilan tushuntirish ishlari olib borilgan va intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.


Jizzax viloyati


Jizzax shahar 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosining 1 va 2 qavatlarini ta’mirlash maqsadida ovoz yig‘ish bosqichi boshlangandan so‘ng, maktab direktori o‘qituvchilarga tashabbus ko‘rsatishni so‘rab Telegram orqali xabar yuborgan.

“Bu xabar majburlash emas, balki faoliyatga undash maqsadida yozilgan”, degan maktab direktori.

Viloyat boshqarmasining xabar berishicha, maktab direktori J. N va o‘qituvchilarga 2025-yil 4-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 02-13-528-sonli ko‘rsatma xati qayta taqdim etilgan va qo‘shimcha tushuntirish ishlari olib borilgan.


Shuningdek, 2025-yil 11-mart kuni “Tashabbusli budjet” loyihasi uchun ovoz berish bosqichi boshlanganida Zomin tumanidagi 34-umumta’lim maktabida ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun ovoz berish ishlarida bir qator xatoliklarga yo‘l qo‘yilib, bu xatoliklar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.


Maktab direktori N.U va 8-B sinf rahbari Z.X tomonidan o‘quvchilar ovoz yig‘ish ishlari uchun jalb qilingan va dars vaqtida o‘quvchilar ovoz yig‘ish ishlarida ishtirok etgan. Holat yuzasidan har ikki xodim - maktab direktori va sinf rahbariga intizomiy chora ko‘rilgan.


Toshkent shahri


Toshkent sharidagi talim tashkilotlarida ham shunday holatlar qayd etilgan. Jumladan, Sergeli tumanidagi 589-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti, Mirobod tumanidagi 218-, Yashnobod tumanidagi 342-, Olmazor tumanidagi 165-sonli umumta’lim maktablari pedagoglar jamoasi “Tashabbusli budjet” loyihasida ota-onalarning faol bo‘lishlari va amaliy qo‘llab-quvvatlashlarini iltimos qilishgani aniqlangan.


Yuqoridagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida xodimlarni ovoz to‘plash jarayonlariga majburiy tarzda jalb etish qat’iyan man qilinishi va bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ogohlantirilgan.


Yuqoridagi holatlar faqat biz bilganlarimiz, biz xabar topmagan holatlar esa talaygina. Maqolani o‘qiyotgan pedagoglar buni tasdiqlasalar kerak, albatta.


“Open Budget”ga pedagoglarni majburiy tarzda jalb qilganlarga qanday jazo bor?


“Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning 6-bandiga binoan, budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi.


Bunda majburiy ovoz yig‘ishga majburlash tegishli tashkilot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi. Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan.


Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi 2-qismiga ko‘ra mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash ta’lim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan sodir etilsa, ish beruvchiga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Ya’ni bu — agar maktab direktori yoki boshqa mansabdor shaxs har qanday shaklda pedagog xodimlarni  “Open Budget” uchun ovoz yig‘ishga majburlasa va bu holat tasdig‘ini topadigan bo‘lsa, uni 34 million so‘mdan 51 million so‘mgacha bo‘lgan jarima kutib turibdi degani.


Agar xuddi shu holat voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.


Majburiy ovoz berishga jalb qilingan pedagoglar kimga murojaat qilishi mumkin?


Agar pedagog xodimlar kasbiy faoliyati davomida turli pul yig‘ish va majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga duch kelsalar, @mmtv_anticorbot@uzedu_vazirbot yoki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 71-202-09-09 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.


Murojaatlar esa ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha zudlik bilan o‘rganiladi va aniqlangan holat bo‘yicha mas’ullarga nisbatan tegishli ta’sir choralari ko‘rilishi ta’minlanadi. Bunda murojaatchilarning ismi, familiyasi sir saqlanadi.

Xo
sh, siz faoliyat yurtitayotgan talim muassasasida holat qanday? Bu borada fikrlaringiz bolsa, ularni albatta izohlarda yozib qoldiring.

Комментарии 1

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Открытый бюджет
  • Письмо от учителя

Поделиться