“Dolzarb 90 kun” tadbirini deb, boshim baloga qoldi — maktab direktori

“Men ko‘zbo‘yamachilik uchun emas, namunaviy tarzda “Dolzarb 90 kun” tadbirini tashkil qildim. Tadbirni hisobot uchun emas, balki yoshlar vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida o‘tkazdim. Ammo, shundan beri halovatim yo‘q, ichki ishlar xodimlari tinch qo‘ymayapti, har kuni IIBga chaqirishadi”, - deydi tahririyatimizga murojaat yo‘llagan maktab direktorlaridan biri.
Joriy yilning 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan sohaga oid videoselektor yig‘ilishida yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgandi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 1-iyundan 30-avgustgacha bir qancha ishlar olib borilgan, ta’lim muassasalari rahbarlariga alohida ko‘rsatmalar berilgan.
Xususan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2025-yil 3-sentyabr kuni bergan rasmiy bayonotida mazkur tadbirlarga jami 200 mingdan ortiq tadbirlar tashkil etilib, unga 7 million nafardan ortiq o‘quvchilar jalb etilganini ma’lum qilgandi.
Shunday tadbir Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani 9-maktabda ham namunali tarzda tashkil etiladi. Tadbirlarga taniqli olimlar, yozuvchilar ham taklif qilinadi. Shuningdek, maktab direktori Rustam Abduvohidovning tashabbusi bilan “Yoshlar festivali” ham tashkil etiladi.
Ammo, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘tkazilgan katta tadbirlardan so‘ng, mazkur tadbirni tashkil etishdan avval ichki ishlar idoralariga xabar berilmagani, bu kabi ommaviy tadbirlarni IIB xodimlari ishtirokida o‘tkazmaganlik vaji bilan dalolatnoma tuziladi va maktab direktori IIBga chaqirtiriladi.
“Mana shunday bir qishloq joylarida ham o‘zgarish bo‘lsin, qishloqning bolalari ham mana shunaqangi bir tengdoshlarini ko‘rsin degandik. Imkoniyati cheklangan bo‘lsa ham, mana bugungi kunda dunyoda, mana shu O‘zbekistonda o‘zining imkoniyatini ko‘rsatyapti. Mana shu san’at sohasida, ta’lim sohasida.
Yoshlarga o‘rnak bo‘ladi, qishloq ahli dam oladi deb, mana shunday bir “Dolzarb 90 kunlik” bo‘yicha tadbirni tashkil qilgandik. Lekin ichki ishlar xodimlari “bizga xat bilan chiqishingiz kerak edi”, deb mana shunaqa dalolatnoma qilib, har kuni telefon qiladi, “tushuntirish xati yozib bering”, deyapti”, - degan mazmunda murojaat yo‘llagan maktab direktori.
Maktab direktori, Rustam Abduvohidov avval shu maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktori lavozimida faoliyat olib borgan. 2024-yil yanvar oyida maktab direktori o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgach, Rustam Abduvohidov maktab direktori lavozimiga tayinlangan. U A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan menejerlik kursida o‘qib, sertifikatni ham qo‘lga kiritgan.
Shu bilan birga 9-maktabning yutuqlari ham talaygina, jumladan maktab Samarqandning eng olis hududida joylashgan bo‘lishiga qaramay, maktab direktorining tashabbusi bilan homiylik mablag‘lari hisobidan yoshlar bog‘i tashkil etilib, fontanlar ham tashkil qilingan.
Shuningdek, tadbirkorlardan jalb qilingan mablag‘lar hamda boshqa manbalar hisobidan ta’lim muassasasi ta’mirtalab holatdan mutlaqo yangi qiyofaga keltirilgan va hozirda ham ta’lim muassasasida tahsil olayotgan o‘quvchilarga yanada qulay muhit va sifatli ta’lim berish maqsadida ishlar olib borilmoqda.
Lekin afsuski, “Dolzarb 90 kun” loyihasini namunaviy tarzda tashkil etib, ko‘pchilik yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirlar ortidan maktab direktori javobgarlikka tortilish arafasida turibdi.
“Men, hurmatli prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan ilgari surilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashga harakat qilgandim, xolos. Lekin shunday bo‘lsa-da, ichki ishlar xodimlari meni tinch qo‘yishmay, har kuni telefon qilishib, tushuntirish xati yozasiz deyishyapti. Shu bo‘yicha menga amaliy yordam berishlarini kutib qolaman”, - deydi tahririyatimizga murojaat qilgan maktab direktori.
Albatta, bu kabi vaziyatlarda biz ham bir tomonlama yondashmoqchi emasmiz. Ammo, tashabbuskor rahbarlarning mehnati ham qadrlanishi kerak. Muhimi, yoshlar uchun tashkil etilayotgan tadbirlar qonuniy tartibda va hech bir tomon bosimga uchramaydigan sharoitda o‘tkazilishi lozim.
Bu kabi tadbirlar respublika miqyosida tashkil etilar ekan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Ichki ishlar vazirligi o‘zaro kelishgan holda tadbirlarni o‘tkazishda xavfsizlik masalasini hal etib qo‘yishlari lozim edi.
O‘ylaymizki, bu masalani Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda batafsil o‘rganib chiqib, bosimga uchrayotgani aytilgan maktab direktoriga yordam berish choralarini ko‘radi va muammoni bartaraf qiladi.
Комментарии 2
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости

Поручено наградить учителей в связи с 1 октября

Prezident 100 nafarga yaqin pedagog va murabbiylarni mukofotladi

Vazirlikning Moliya departamenti direktori Prezident Administratsiyasidagi mas’ul lavozimga tayinlandi

E’zoza Karimovaga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Тематические новости

Министерство предоставило официальную информацию по итогам мероприятий "Актуальные 90 дней."
Однако министерство не затронуло вопрос о поощрении педагогов, добровольно участвовавших в мероприятиях "Ударных 90 дней," единовременными денежными премиями.

Актуальные 90 дней завершены
31 мая текущего года Министерство дошкольного и школьного образования официально объявило о начале мероприятий "Актуальные 90 дней" во всех регионах республики с целью содержательной организации времени учащихся во время летних каникул.

"Актуальные 90 дней": Выполнило ли министерство свое "обещание"?
Министерство сообщило, что планируется поощрять педагогов, добровольно участвующих в этих мероприятиях, единовременными денежными премиями.

Endi o‘qituvchilar yozgi ta’tilda ham ishlaydimi?
Ayni vaqtda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan bu yil pedagog va rahbar xodimlar mehnat ta’tiliga chiqmasligi, hatto ular haftaning yakshanba kunlari ham “Dolzarb 90 kun” tadbiri bo‘yicha ishlashlari kerakligi haqida topshiriqlar berilmoqda.
Редактировать комментарий