Top.Mail.Ru
Yana 4 nafar o‘qituvchi vazirlikni sudga berdi, lekin ular ham bosim tufayli da’vo arizasini qaytarib olgani aytilmoqda

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

Yana 4 nafar o‘qituvchi vazirlikni sudga berdi, lekin ular ham bosim tufayli da’vo arizasini qaytarib olgani aytilmoqda

13:40 / 17.08.2025 2.61k

To‘rt nafar tarix fani o‘qituvchisi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ustidan sudga da’vo arizasi kiritdi. Ular malaka toifasi uchun o‘tkazilgan attestatsiya natijalarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, ma’naviy zararni qoplashni talab qilinmoqda. Xalqtaliminfo.uz sud hujjatlari bilan tanishib chiqdi.


Joriy yilning 14-avgust kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Shayxontohur tumanlararo sudida ish ko‘rib chiqilgan. Javobgar, ya’ni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakili da’vo arizasini qo‘lga olmagani va tanishib chiqmagani sababli sud 19-avgustga qoldirilgan.


O‘qituvchilar bosimga uchragani aytilmoqda


Mazkur sud ishi bo‘yicha da’vo arizasi kiritgan pedagoglardan ularga nisbatan jiddiy bosim bo‘lgani haqida xalqtaliminfo.uz'ga murojaat kelib tushdi. [Tahririyatda audio xabarlar mavjud]


Murojaatda aytilishicha, Surondaryo, Qashqadaryo, Xorazm hamda Andijon viloyatidagi maktablarda tarix fanidan dars beruvchi to‘rt nafar: ikki erkak, ikki ayol o‘qituvchi 2025-yilning may oyida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pedagoglarning malaka toifasi uchun o‘tkazilgan attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lib, sudga shikoyat arizasi kiritgan.


Joriy yilning 14-avgust kuni birinchi sud majlisi o‘tkazilganidan so‘ng, pedagoglarga qo‘ng‘iroqlar bo‘la boshlagan. Ularning har biri hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga chaqirtirilgan, ayrim o‘qituvchilarga hatto oila a’zolari orqali bosim otkazilib, da’vo arizani qaytarib olish so‘ralgan. 


Natijada 3 nafar o‘qituvchi da’vo arizasini qaytarib olishga majbur bo‘lgan, 1 nafar o‘qituvchi ham hududiy boshqarmaga olib borilib, da’vo arizasini qaytarib olish haqida xat yozdirib olingan. Bu haqda bosimga uchragan pedagoglardan biri xalqtaliminfo.uz'ga bo‘lgan voqealar haqida so‘zlab berdi.

“Sud 14-avgustda o‘tkazildi. 15-avgust kuni menga birdan maktabdan telefon qilishdi. Avval “zavuch” telefon qildilar, viloyat boshqarmasiga, xalq ta’limi boshqarmasiga borishimni so‘rashdi. Uydan chiqa olmasligimni aytganimdan keyin, direktor qaytib telefon qildilar-da, borishingiz kerak, dedi, ya’ni men ham boraman hozir, siz ham borishingiz kerak, dedi.

Men uydan chiqa olmasligimni aytdim, yosh bolam borligi uchun. Keyin, bo‘ldi unda, o‘zim borib, olib ketaman uyingizdan, dedi. Keling mayli, dedim. Keyin kelishdi, yosh bolam bilan birga olib ketishdi.

Yo‘lda ham direktormiz qayta-qayta menga ta’kidlab, u kishiga ham bosim bo‘layotganligini, uning qo‘l ostida ishlab turib bu ishni qiladigan bo‘lsam, unga ham qiyin bo‘lishini, shu taraflarni menga ko‘p bora ta’kidlab bordilar. Keyin esa Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga borib, boshqarma boshlig‘i bilan uchrashdik.

Boshqarma boshlig‘i bilan uchrashganimizdan keyin, arizamni qaytarib olaman, degan mazmunda qo‘limga shablon berishdi, shablonni oldindan yozib tayyorlab qo‘yishgan ekan. Ya’ni, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga berilgan da’vo arizamni ko‘rib chiqmasligingizni so‘rayman, degan mazmundagi shablon tayyorlab qo‘yilgan ekan va o‘sha shablonni qayta qo‘limda yozib berdim.

Shundan keyin yurist bu da’vo arizasini o‘zingiz shaxsan kiritgansizmi, dedi. Yo‘q dedim, men vakolatni o‘sha advokatimga berganman, dedim. Advokatim ish ko‘rdi, mening nomimdan ish ko‘rdi dedim. Sudga bordingizmi dedi. Yo‘q dedim, sudga bormadim dedim. Sudyani bilasizmi deb, savollar berdilar. 

Yo‘q, sudyani ham bilmayman, kimligini dedim, chunki sudda bizning nomimizdan advokat qatnashdi dedim. Va yurist aytdi-ki, bunda agar sizning nomingizdan sudda advokat qatnashgan bo‘lsa, bu arizangiz hech narsani hal qila olmaydi, chunki sizning nomingizdan yurist ish ko‘radi. Agar siz to o‘sha yuristdan o‘sha ishonchnomani olib qo‘ymaguningizcha va bekor qilmaguningizcha, yurist sizning nomingizdan baribir ish ko‘raveradi, dedi.

Da’vogar pedagoglar nimadan norozi?


Da’vo arizasida qayd etilishicha, imtihonda “Yustinian I vafotidan so‘ng qaysi qabila butun Ispaniyani egallagan?” degan savol ham tushgan va to‘g‘ri javob sifatida “Langobardlar” olingan. Mazkur savol va javob 2022-yilda nashr qilingan 7-sinf jahon tarixi darsligi asosida tuzilgan. Da’vogar o‘qituvchilar esa mazkur savolga “Vestgotlar” javobini belgilagan.


Da’vogarlarga ko‘ra, Ispaniyani vestgotlar egallagani haqidagi ma’lumotlar qator manbalar, xususan, britannica.com sayti, Wikipedia’ning inglizcha varianti, 7-sinf jahon tarixi darsligining 2017-yilgi nashri, Fozila Sulaymonovaning “G‘arb va Sharq” asarida qayd qilingan. Ular universitet davrida ham Ispaniyani vestgotlar egallagan deb o‘qitilganini ta’kidlagan.


Shikoyat xatida yozilishicha, da’vogarlar tomonidan test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa-da, apellyatsiya komissiyasi ushbu javoblarni adolatli baholamagan. Shuningdek, komissiya pedagoglar murojaatlariga asossiz va sababsiz bir xil rad javobini berilgan.


Da’vogar pedagoglarning da’vo arizasida keltirishicha, vazirlik test savollarini tuzishda testologiya nuqtayi nazaridan savollarni aynan to‘g‘ri va ishonchli manbalardan olingan ma’lumotlarga asoslanib shakllantirishi lozim edi.


Shu sababli, ular javobgar tomonidan test savolining to‘g‘ri javobi sifatida faqat darslikda keltirilgan ma’lumotga tayangan holda savollarni shakllantirishi yoki uni to‘g‘riligini asoslovchi yagona manba sifatida qaralmasligi lozimligini aytmoqda. Chunki, darsliklarni yozilishida inson omili bor va unda xatoliklar bo‘lishi ehtimol mavjud. Masalan, umumta’lim maktablarining 7-sinf Jahon tarixi darsligining 2017-yilgi nashrida Imperator Yustinina I vafotidan so‘ng Ispaniyada vestgotlar hukmronlik qilgan deb yozilgan. Ammo 2022-yilgi darslikda esa bu o‘rinda langobardlar tilga olingan.


Shunga qaramay, javobgar turli yillarda chop etilgan darsliklardagi qarama-qarshi ma’lumotdan foydalanib test savolini tayyorlagan.


Yuqoridagilardan kelib chiqib, pedagoglar Yustinian I vafotidan so‘ng qaysi qabila butun Ispaniyani egallagan? savoliga “vesgotlar” javobini to‘g‘ri deb e’tirof etish orqali o‘qituvchilarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi noto‘g‘ri baholanganligi, o‘quv fani bo‘yicha test yoki malaka sinovi materiallarida xato va kamchiliklar mavjudligi sababli attestatsiya natijalarini o‘zgartirish majburiyatini Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuklashni so‘ragan.


Sudga qadar murosa yo‘lini izladik — pedagoglar


Pedagoglar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berishdan avval murosa yo‘lini izlab, pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali appelyatsiya murojaatini ham yuborgan, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ayrim mutasaddilariga onlayn murojaat ham yo‘llagan.


Ammo appelyatsiya murojaatiga barcha pedagoglarga yuboriladigan bir xil mazmundagi javob kelgan, tegishli mutasaddilardan ham tayinli javob olinmagan.


Keyinroq pedagoglar oxirgi chora sifatida vazirlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markaziga Telegramdagi “Test lider” kanali orqali ommaviy murojaat yo‘llagan. Ularning bu urinishlari samarasiz yakunlangach, sudga da’vo arizasi kiritishga qaror qilishgan.

“Birinchi o‘rinda eng avval apellyatsiyaga berdim. Bitta savol yuzasidan. pedagog.uzedu.uz  sayti orqali shaxsiy kabinetimdan apellyatsiya berdim. Apellyatsiyaga bir xil mazmundagi javob keldi. 

Keyinroq Rozigul opaga ham (murojaatchining aytishicha, u ijtimoiy fanlar koordinatori hisoblanadi) bu masalada gaplashib olaylik deb yozdim. Rozigul opa esa yo‘q, bu savolni germaniyalik professorlar tasdiqladi, savolda hech qanday xatolik yo‘q, sudga bersangizlar beraveringlar, degan bir mazmunda javob qaytardi.

Biz murosa yo‘lini 21-iyulgacha izladik va 21-iyul kuni sudga da’vo arizasi kiritildi va 14-avgustga sud belgilandi”, - deydi da’vogarlardan biri. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga bergan ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining sud ishi 12-avgust kuni ko‘rib chiqilib, ayrim hujjatlar yetarli emasligi sabab sud 26-avgustga qoldirilgandi.


Keyinroq sudda pedagoglar huquqini himoya qilayotgan advokatlardan biri pedagoglar turli xil bosimlarga uchragani sababli, sudga kiritgan da’vo arizalarini qaytarib olish istagida ekanligini aytgandi.

Комментарии 2

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Аттестация
  • Судебное дело

Поделиться

line

Тематические новости

Новости

Vazirlikni sudga bergan o‘qituvchilarga bosim bo‘lgani aytilmoqda, ular da’vo arizasini qaytarib olmoqchi

5 nafar o‘qituvchilarning 2 nafari bosim tufayli da’vo arizasini qaytarib olgan, qolgan 3 nafari ham turli xil bosimlarga uchragani sababli, sudga kiritgan da’vo arizalarini qaytarib olish istagida ekanligi aytilmoqda.

08:10 / 13.08.2025
Аттестация

Педагоги, не согласные с результатами аттестации, могут обратиться в суд.

Выяснилось, что апелляционная комиссия направляет практически одинаковые ответы на жалобы учителей, недовольных результатами аттестации.

14:24 / 01.05.2025
Новости

Bir guruh o‘qituvchilar vazirlikni sudga berdi

Bir guruh o‘qituvchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, ma’naviy ziyon va vakil xarajatlarini undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritildi.

11:44 / 03.07.2025
Новости

Выяснилось, что учителя 6 раз подавали в суд на министерство.

По итогам аттестационного экзамена в апреле-мае 2025 года министерство в общей сложности 6 раз подавало в суд, в 1 судебном деле министерство проиграло, а в 4 выиграло.

12:35 / 11.07.2025