Attestatsiya ishi bo‘yicha uchinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, ma’naviy ziyon va vakil xarajatlarini undirish yuzasidan sudga kiritgan da’vo arizasi bo‘yicha sud ishi davom etmoqda.
Kecha, 4-sentyabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Shayxontohur tumanlararo sudida uchinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Sudda foto, video va audio qayd etish imkoni bo‘lmadi. Chunki, o‘tgan galgi sud majlisida bu iltimosnoma vazirlik taklifiga ko‘ra rad etilgandi.
Sudya Shukurlayeva Guli Yusupovna raisligida ko‘rib chiqilgan uchinchi sud majlisida vazirlikdan vakil sifatida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi xodimi, vazirlik yuristi hamda bevosita attestatsiya jarayonlarini tashkil etishga mas’ul bo‘lgan xodimlar qatnashdi. Shuningdek, mustaqil ekspert sifatida Komil Jalilov, Shokir Tursun, bloger, jamoatchilik faoli Isroil Tillaboyev, jumladan xalqtaliminfo.uz nashridan vakil sifatida Ulug‘bek Po‘latov tinglovchi sifatida ishtirok etdi.
Sudda o‘qituvchilar huquqini himoya qilayotgan advokat Muhammadamin Karimjonov sud majlisi boshida testologiya bo‘yicha mutaxassis sifatida Komil Jalilov va filolog Shokir Tursunni ekspert sifatida sudda ishtirok etishi bo‘yicha iltimosnoma kiritdi, ammo vazirlik tomon suddan bu iltimosnomani rad qilishni so‘radi, sudya vazirlik tomonining rad etish talabini qanoatlantirdi.
Dastlab, sud majlisida javobgar – Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomoni eshitildi.
Vazirlik vakili o‘tgan sud majlisida da’vo arizasida keltirib o‘tilgan, ya’ni imtihon davomida kompyuter qurilmalarida texnik nosozliklar kuzatilgani bois, qurilma qayta faoliyatga tushgandan so‘ng avval belgilagan javoblar o‘rni o‘zgarib qolish holatlari bo‘yicha e’tirozlarni rad etib, uni asoslash maqsadida da’vogar o‘qituvchilarning attestatsiyada ishtirok etgan jarayonlar aks etgan videoyozuvlarni sudga taqdim etdi.
Mazkur videoyozuvlardan ma’lum bo‘lishicha, da’vogar pedagoglarning hech biri test sinovlari vaqtida kompyuter qurilmalarida texnik nosozliklar kuzatilgani hamda ularga tinchlik ta’minlab berilmaganligi haqida nazoratchilarga hech qanday e’tiroz bildirmagan, shuningdek testlarni ishlashda vaqt masalasida ham muammolar kuzatilmagan.
Shuningdek, sudda UZINFOCOM tomonidan 2025-yil 22-24-aprel kunlari “Toifa sinovlarini o‘tkazish” axborot tizimida da’vogar o‘qituvchilar malaka (test) sinovlarini topshirgan vaqtda dasturiy ta’minotda hech qanday texnik ishlar olib borilmaganligi, tizimda texnik uzilishlar kuzatilmaganligi bo‘yicha xulosalar ham taqdim etildi.
UZINFOCOM tomonidan berilgan xulosada ta’kidlanishicha, “Toifa sinovlarini o‘tkazish” axborot tizimi tashqaridan kirish hamda har xil ta’sir etuvchi omillardan to‘liq himoyalangan. Tizimdan internet tarmog‘isiz faqat ichki tarmoqda foydalanish mumkin.
Shuningdek, pedagoglar shikoyatiga apellyatsiya komissiyasi tomonidan javob berilgani aytilib, bu masalada da’vogar pedagoglarga telefon orqali ham to‘liq tushuntirishlar berilgani alohida ta’kidlandi.
Sud majlisi davomida test savollarining yaroqli ekanligini asoslovchi dalillar sifatida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi Ilmiy kengashi xulosalari, taqriz hamda tegishli buyruqlardan ko‘chirmalar ham sudga taqdim qilindi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiya sinovlari xolis va adolatli o‘tkazilgani, tashkiliy masalalarda ham muammolar kuzatilmagani, oshkoralik, kengashib ish ko‘rish, xolislik talablari mutlaqo buzilmaganligi hamda test savollarida ham muammolar yo‘qligini ta’kidlab, da’vo shikoyatini rad etishini so‘radi.
Da’vogar tomonning e’tirozlari nimalardan iborat?
Advokat Muhammadamin Karimjonov mustaqil ekspert tayinlash bo‘yicha sudga qayta iltimosnoma kiritdi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faqatgina o‘qituvchi tomonidan xato ishlangan 12 ta test savolliklarini emas, balki barcha 50 ta testini sudga taqdim qilishini so‘radi.
Advokat barcha test savolliklari taqdim etilmagan taqdirda, test savolliklarining validligi bo‘yicha umumiy xulosalar chiqarish imkonsiz ekanligini alohida ta’kidladi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun test topshiriqlarini tuzishga mas’ul tashkilot tomonidan sinov materiallarining validligi va ishonchligiga oid, shuningdek, attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarga taqdim etilgan test topshiriqlari fan bo‘limlari (subdomenlar) va kognitiv darajalar (bilish, qo‘llash, mulohaza) bo‘yicha taqsimotining spetsifikatsiyaga mos emasligi alohida ta’kidlanib, bunga asos sifatida mustaqil ekspertlar – Komil Jalilov va Shokir Tursunning xulosalarini sudga taqdim qilinib, buni da’vogar tomonining umumiy e’tirozlari sifatida qabul qilishni suddan so‘radi.
Sud davomida da’vogar o‘qituvchi Kamolov Abror Abdixalim o‘g‘liga attestatsiya test sinovida tushgan va xato deb topilgan 12 ta test savollarining ayrimlari tahlil qilinib, ularning ichida bir nechta test savollarida aslida xato bo‘lgan variantlar “Toifa sinovlarini o‘tkazish” axborot tizimida to‘g‘ri javob sifatida ko‘rsatilgani qayd etildi.
Jumladan, Abror Kamolovga tushgan 32-test quyidagicha keltirilgan:
Quyidagi parchada qatnashgan yordamchi so‘z turkumiga oid birliklar haqida qaysi fikr to‘g‘ri?
Nahot jannatning ham o‘z o‘ti bordir
Ne bu yuragimda adashgan javzo
Nega buncha og‘ir, oh, buncha og‘ir
Gunohsizlik uchun berilgan jazo.
A) Yordam so‘z turkumlarining barcha turi qatnashgan
B) Bitta ko‘makchi, ikkita bog‘lovchi qatnashgan
C) Ikkita yuklama, bitta ko‘makchi qatnashgan
D) Uchta yuklama, bitta ko‘makchi qatnashgan
Advokat Muhammadamin Karimjonovning ta’kidlashicha, markaz tomonidan belgilangan to‘g‘ri javob D, asli to‘g‘ri javob esa C. Parchada ikkita yuklama – nahot va ham; bitta ko‘makchi – uchun qatnashgan. Tahlilda aytilgan -dir bu parchada yuklama emas, bog‘lama sifatida kelgan. -dir qo‘shimchasi gumon yuklamasi sifatida kelishi uchun “balki”, “ehtimol” so‘zlari bilan almasha olishi kerak. Parchada esa bunday qilib bo‘lmaydi.
Ushbu savolni vazirlik eksperti, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi xodimi xato emasligini asoslab berish maqsadida tahlil qildi va test mutlaqo to‘g‘ri tuzilganligini ta’kidladi. Ammo, da’vogar tomon huquqlarini himoya qilish maqsadida sudda qatnashayotgan shaxslar sud tomonidan ekspert sifatida ishtirok etishi rad etilgani bois, Komil Jalilov va Shokir Tursunga so‘z berilmadi.
Sud qarori
Sud unga taqdim etilgan barcha materiallarni mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda batafsil o‘rganib chiqilishini ta’kidladi.
Advokat Muhammadamin Karimjonov mustaqil ekspert tayinlash bo‘yicha iltimosnomasi qanoatlantirishini bildirdi. Ammo, uning Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan attestatsiyada o‘qituvchiga berilgan 50 ta test savollarini taqdim etish to‘g‘risidagi iltimosnomasi rad etildi.
Sudya buni o‘qituvchi qolgan savollarga to‘g‘ri javob berganligini, shu sababli, bu savollarni tahlil qilish, validligini tekshirishga hech qanday asos yo‘qligi bilan izohladi.
Shundan so‘ng, navbatdagi sud majlisi 8-sentyabrga qoldirilganligini ma’lum qilindi.
Комментарии 6
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi
Аттестационная плата для учителей снижена на 50 процентов
Тематические новости
Новости
Attestatsiya bazasi yana “ish ko‘rsatdi”
2026-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan matematika fanidan bo‘lib o‘tgan malaka toifa sinovlari paytida texnik nosozlik tufayli pedagoglar imtihon o‘tkaziladigan binoda uzoq vaqt qolib ketganligi aytildi.
Аттестация
Nega milliy sertifikatda A+ olgan o‘qituvchi malaka toifa imtihonidan yiqilmoqda?
Bugungi ta’lim tizimida ko‘plab o‘qituvchilar orasida bir savol keng tarqalgan: nega milliy sertifikatda yuqori — A+ darajaga erishgan pedagoglar ham malaka toifa imtihonlarida kerakli ballni to‘play olmayapti?
Аттестация
Vazir E’zoza Karimova attestatsiyaga bordi, endi tizim o‘zgaradimi?
So‘nggi yillarda vazir sifatida faoliyat yuritgan Ulug‘bek Inoyatov, Sherzod Shermatov ham, Baxtiyor Saidov ham va Hilola Umarova ham shaxsan test jarayonlari o‘tkazilayotgan manzilga borib, norozi o‘qituvchilar bilan suhbatlashmagandi.
Новости
Prezident topshirig‘i bilan o‘qituvchilar attestatsiyasi bekor qilindi — Qozog‘iston
Qozog‘iston bo‘ylab pedagoglar uchun attestatsiya testi rasman bekor qilindi.Bu haqda Qozog‘istom ta’lim vaziri Juldiz Suleymenova ma’lum qildi.
Русский
Редактировать комментарий