Top.Mail.Ru
Hilola Umarova o‘qituvchilarga va’da qilingan imtiyozlar haqida nima deydi?

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

Hilola Umarova o‘qituvchilarga va’da qilingan imtiyozlar haqida nima deydi?

13:50 / 26.01.2026 45.71k

Iqtisodchi Otabek Bakirov davlat rahbari tomonidan o‘qituvchilar bayrami kuni oldidan e’lon qilingan imtiyozlar nega haligacha joriy qilinmaganligiga e’tibor qaratdi.


Xabaringiz bor, 2025-yil 15-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimi xodimlari bilan uchrashuv chog‘ida pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surib, o‘qituvchilarga quyidagi 8 ta imtiyoz joriy etilishi haqida aytgandi:


  • 2026-yildan boshlab kamida 15 yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizini qoplab berish; 


  • kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma berish;


  • o‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llashi uchun kompyuter xaridiga 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratish;


  • 2026-yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovini 2 karra kamaytirish;


  • boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilib, sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama to‘lash;


  • bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi berish;


  • dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga o‘qishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratish;


  • reytingda 100 talikka kirgan maktab va bog‘cha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma berish.


Iqtisodchining ta’kidlashicha, davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularning moddiy manfaatdorligini oshirish, samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadlarida bir martalik mukofotlar, farzandlar uchun yillik kontrakt summasining bir qismini qoplab berish, ipoteka uchun badallar singari qator imtiyozlar e’lon qilingan, ammo o‘qituvchilarga oid imtiyozlar haqida esa normativ-me’yoriy hujjat haligacha imzolanmagan.


“O‘qituvchilar kunidan oldin e’lon qilingan va Davlat rahbarining tabrigida sanalgan imtiyozlar bo‘yicha qaror rasman e’lon qilinmaganiga 2,5 oy avval ham e’tibor qaratgan edik. Afsuski, yangi yilning birinchi oyi ham tugamoqdaki, imtiyozlarning kuchga kirgani borasida biron-bir ishora yo‘q.”, - deydi Otabek Bakirov.

Bu borada iqtisodchi o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan izoh so‘rash befoyda ekanligini alohida ta’kidlab, shu sababli bu savolga Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova javob berishi kerakligini aytgan.

“Bu bo‘yicha Ta’lim kuratori Hilola Umarova nima deydi? Adliya vazirligi nima deydi? O‘qituvchilar uchun va’da qilingan imtiyozlardan qachon foydalansa bo‘ladi? Davlat rahbarining oliy topshirig‘ini bajarmaslik mumkinmi?

Ayrim qimmatlashtirilgan davlat xizmatlari borki, ulardan foydalanish uchun o‘qituvchining bir oylik maoshi ketib qoladi.”, - degan u.

Комментарии 22

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Хилола Умарова
  • Льгота

Поделиться

line

Тематические новости

Новости

Вступила в силу еще одна льгота, обещанная учителям

Кабинет Министров подписал постановление No 88 "О мерах по финансовой поддержке обучения молодежи и педагогических работников за рубежом."

10:19 / 12.03.2026
Новости

Qaysi toifadagi o‘qituvchilarga uy-joy ipoteka krediti uchun subsidiya berilishi aniq bo‘ldi

Nihoyat, Vazirlar Mahkamasining “Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

09:00 / 21.02.2026
Статья

Maktab direktorligidan, prezident administratsiyasigacha: Hilola Umarovaning karyera yo‘li

Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Hilola Umarovaning ishdan olinishi va Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlangani ko‘pchilik uchun kutilmagan xabar bo‘ldi.

11:00 / 17.02.2026
You asked

Предоставляются ли субсидии школьным учителям для получения национальных сертификатов?

Я слышал о выделении субсидий учителям для получения национальных сертификатов. Это относится и к школьным учителям?

13:29 / 10.02.2026