Top.Mail.Ru
Tarix fanidan milliy sertifikat uchun “X-variant” sotildimi?

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

Tarix fanidan milliy sertifikat uchun “X-variant” sotildimi?

13:50 / 30.04.2026 19.72k

Joriy yilning 4, 5, 7-aprel kunlari tarix fanidan navbatdagi “Milliy sertifikat” imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur imtihon oldidan tarqalgan turli xil gap-so‘zlar, ayniqsa, “X-variant” test savollari tarqatilgani yoki sotilgani haqidagi iddaolar jiddiy savollarni tug‘dirmoqda.


Shu kabi gap-so‘zlar har safar test sinovi arafasida paydo bo‘lishi odatiy holga aylanib borayotgan bo‘lsa-da, bu galgi vaziyat avvalgilariga qaraganda ancha keskin tus oldi. Sababi, bu safar “X-variant” sotilganiga asos bo‘ladigan audioyozuvlar ham mavjud.


Tahririyatdagi ma’lumotlarga ko‘ra, imtihondan oldin Telegram’da yopiq guruh tashkil etilgan. Unga kirish narxi – 1000 AQSH dollari etib belgilangan. Mavjud audioyozuvlarga ko‘ra, tonggi soat 4:00 dan boshlab audiochat orqali test savollari va ularning javoblari o‘qib eshittirilgan.


Tahririyat ixtiyoridagi audioyozuvlarda jami 50 ta savol va ularning javobi aytib o‘tilgan. Eng e’tiborli jihati shundaki, ushbu 50 ta savoldan 31 tasi aynan 4, 5, 7-aprel kunlari o‘tkazilgan imtihonlarda tushganligi aytilmoqda.


Bu holatni “tasodif” deb izohlash mumkinmi?


Agar ikki nafar mutlaqo mustaqil shaxslar tarix faniga oid yuz minglab faktlar ichidan bir-biridan bexabar holda 50 tadan savol tuzsa, ularning 31 tasi aynan bir xil chiqishi ehtimoli deyarli yo‘q. Bunday darajadagi moslikni “tasodif” deb qabul qilish esa mantiqqa zid.


Shu yerda haqli savol tugilishi tabiiy: imtihon savollari haqiqatan ham yopiq tizimdan tashqariga chiqib ketyaptimi?


Tahririyat ixtiyorida yuqoridagi barcha ma’lumotlarni tasdiqlovchi audiofayllar mavjud va ularni tegishli tashkilotlarga taqdim etishga tayyormiz.


Asosiy savol shuki, Bilim va malakalarni baholash agentligi bunga qanday izoh bera oladi?


Audiochatda 4-aprel 4:00 dan boshlab o‘qila boshlangan savollar (jami 50 ta)


1.  Livan va Suriya qaysi davlat mandati ostida? – Fransiya


2.  Evian kelishuvi qaysi davlatda imzolangan? – Fransiya


3.  Ushbu kelishuv imzolanganda Fransiya rahbari? – De Goll


4.  1989-yilda Favqulodda holat e’lon qilingan shahar? – Pekin


5.  Ushbu namoyish qaysi maydonda bostirildi? – Tyananmen


6.  1948-yilda kommunistlar tomonidan egallangan hudud? Manjuriya


7.  1930-yillarda tashkil etilgan davlat? – Manchjou-Go


8.  1952-yil yaponiya bilan imzolangan shartnoma? – San Fransisko


9.  Mazkur shartnomaga ko‘ra Yaponiya qaysi davlat mustaqilligini tan oldi? – Koreya


10.  Ushbu shartnomani imzolashdan bosh tortgan davlatlar? SSSR va Xitoy


11.  1971-yilda tashkil etilgan davlatni yozing. – BAA


12.  Ushbu davlat Eron-Iroq urushida kimga qarshi kurashgan? – Eron


13.  Vyetnam urushini boshlagan AQSH prezidenti? – Lindon Jonson


14.  Ushbu prezidentning ichki va tashqi siyosati nomi? Buyuk Jamiyat


15.  Vilnyus shahrida bo‘lib o‘tgan sammit? – sharqiy hamkorlik sammiti


16.  Ushbu shartnomani imzolashdan bosh tortgan ukraina prezidenti? – Viktor Yanukovich


17.  Samarqandga birinchi temiryo‘l qurib kelinganida general-gubernator? – Rozenbax


18.  Ushbu shaxsni general-gubernator qilib tayinlagan shaxs? – Aleksandr III


19.  Toshkent-Orenburg temiryo‘li qurilishi boshlanganda gubernator? – Vrevskiy


20.  Ushbu temiryo‘l qurilishi qaysi imperator davrida tugallangan? – Nikolay II


21.  Cho‘ponota va Zirabuloq janglaridan so‘ng tashkil etilgan okrug? – Zarafshon


22.  Ushbu hududga boshliq etib tayinlangan shaxs? – Abramov


23.  Kuropatkin qaysi qo‘zg‘olon davrida jazoni yengillashtirish uchun telegramma jo‘natgan? – Dukchi eshon


24.  Ushu qo‘zg‘olon ishtirokchilari qatl etilgan joy? – Podjuan-Pokrul


25.  Oloy vodiysida qo‘zg‘olon qo‘zg‘olon ko‘targan shaxs? – Qurbonjon Dodhoh


26.  Ushbu qo‘zg‘olonni bostirish uchun yuborilgan shaxs? – Skobelev


27.  Buxoroda yangi usul maktablari qurdirishga ruxsat bergan maktab? – Abdulahad


28.  Ushbu maktab nomi? – Muzaffariya


29.  Shvetsiyada bo‘lib o‘tgan konferensiyani yozib bering (1932) – Jeneva


30.  Ushbu konferensiyada qatnashmagan uchta davlat? – AQSH, SSSR, Turkiya


31.  1926-yil ish tashlash vaqtida Buyuk Britaniya bosh vaziri? – Bolduin


32.  Ushbu shaxs partiyasi? – Konservatorlar


33.  SSSRni tan olgan Britaniya vaziri? – Mak-Donald


34.  Ushbu shaxs partiyasi? – Leyboristlar


35.  Ikkinchi jahon urushi davrida Rossiyada o‘tkazilgan konferensiya? – Yalta


36.  O‘sha payt SSSR rahbari? – Stalin


37.  1752-1753-yil Qo‘qon xoni? – Bobobek


38.  Erdonabiy qaysi afg‘on shohiga ittifoq tuzish taklifini bildirgan? – Ahmadshoh Durroniy


39.  Shayboniylar va safaviylar yakuniy jang nomi? – G‘ijduvon


40.  Mazkur jangda shayboniylar qo‘shiniga boshchilik qilgan shaxslar? Muhammad Temur va Abu Said


41.  Bobur va savaiy o‘rtasida harbiy ittifoq tuzilib, Ismoil Boburga yordm berish uchun qaysi lashkarboshini yubordi? – Najmi Soniy


42.  Ular ketma-ketlikda egallagan shaharlar? – G‘uzor va Qarshi


43.  XVIII asr birinchi yarmida orolbo‘yi o‘zbeklari va qoraqalpoqlar hudud Xiva va Rossiya o‘rtasida manfaatlar to‘qnashgan hududga aylandi. Ularni bo‘ysundirgan Xiva xoni? – Elbarsxon 


44.  1743-yil Mamanbiyga Rossiya fuqaroligiga qabul qilinganligi haqida maxsus yorliq taqdim etgan hukmdorni aniqlang. – Yelizaveta Petrovna


45.  1607-yil Vali Muhammadxon qaysi Eron shohi bilan shartnoma imzolagan? – Shoh Abbos I


46.  1509-yil Shayboniyxon qozoq sultonlariga zarba berishi natijasida qaysi hududlarni davlat tarkibiga qo‘shib oladi? – Sig‘noq, yassi, Savron


47.  Shayboniyxon qaysi hududlar egallanishi safaviylarga xavf tug‘dirgan? – Mashhad va Tus


48.  Toshkentni bosib olishga bevosita boshchilik qilgan shaxs? – Chernyayev


49.  YESA tashkil etilganda Britaniya vaziri? – Harold Makmilan


50.  Ushbu tashkilot qaysi davlatda asos solinadi? – Shvetsiya


Yuqoridagi savollar orasidan 4, 5, 7-aprel kuni bo‘lib o‘tgan imtihonlarda tushgan 33 ta savol


1.  1932-yil Jeneva konferensiyasi bo‘lib o‘tgan davlatni yozib bering. – Shvetsariya


2.  Ushbu konferensiyada qatnashmagan uch davlat nomini yozib bering. – AQSH, Turkiya, Xitoy


3.  1945-yilda Yalta konferensiyasi bo‘lib o‘tgan davlatni yozib bering. – SSSR


4.  O‘sha davrdagi ushbu davlat rahbarini yozib bering. – Stalin


5.  Kuropatkin qaysi qo‘zg‘olondan keyin o‘lim hukmini kamaytirish va qamoq jazosini ko‘paytirish to‘g‘risida maktub yozgan? – Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni


6.  Ushbu qo‘zg‘olon qatnashchilari qayerda namoyishkorona o‘ldirilganini yozib bering. –Podjuan-Pokrul


7.  Chor Rossiya bosqini davrida Oloy hududida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonga rahbarlik qilgan shaxsni yozib bering. – Qurbonjon dodxoh


8.  Ushbu qo‘zg‘olonni bostirish uchun Rossiya imperiyasi tomonidan ma’sul etib tayinlangan shaxsni yozib bering. – Skobelev


9.  Birinchi jahon urushidan keyin Yaqin Sharqda Suriya va Livan hududlari boshqarish qaysi davlat mandati ostiga o‘tgan? – Fransiya


10.  1971-yilda Shayx Zoid ibn Sulton an-Nahayon tashabbusi bilan tashkil etilgan davlat nomini aniqlang. – BBA


11.  Eron–Iroq urushi (1980–1988) yillarida ushbu davlat qaysi mamlakatni qo‘llab-quvvatlagan? – Iroq


12.  Xitoyda 1948-yilda kommunistlar tomonidan egallangan hududni yozib bering. – Manjuriya


13.  Ushbu hududda 1930-yillarda tuzilgan davlat nomini yozib bering. – Manchjou-Go


14.  2013-yil Yevropa Ittifoqi va uning oltita sharqiy qo‘shnisi o‘rtasida Sharqiy sheriklik sammiti bo‘lib o‘tgan shaharni yozib bering. – Vilnyus


15.  Ushbu sammitda Yevropa Ittifoqi bilan Assotsiatsiya shartnomasini imzolashdan bosh tortgan Ukraina prezidentini yozib bering. – Viktor Yanukovich


16.  O‘zbekiston hududida birinchi temir yo‘l o‘tkazilganda vaqtdagi Turkiston general-gubernatorini yozib bering. – Rozenbax


17.  Ushbu shaxsni lavozimiga tayinlagan Rossiya imperatorini yozib bering. – Aleksandr III


18.  Buyuk Britaniyaning 1926-yilgi ish tashlash vaqtidagi bosh vazirini yozib bering. – Stenli Bolduin


19.  Ushbu shaxs qaysi partiya vakili ekanligini yozib bering. – Konservatorlar


20.  Cho‘ponota va Zirabuloq janglaridan so‘ng Turkiston general-gubernatorligi tarkibida tashkil etilgan okrug nomini yozib bering. – Zarafshon


21.  Ushbu hududga boshliq etib tayinlangan shaxsni yozib bering. – Abramov


22.  Xitoyda 1989-yilda talabalar namoyishi bo‘lib o‘tgan shaharni yozib bering. – Pekin


23.  Ushbu namoyish bostirilgan maydon nomini yozib bering. – Tyananmen


24.  Fransiya va Jazoir o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi Evain kelishuvi qaysi davlatda imzolangan? – Fransiya


25.  Bu davrdagi Fransiya prezidentini yozib bering. – De Goll


26.  Buxoro amirligida jadid maktabi oochilishiga ruxsat bergan amir ismini yozib bering. – Abdulahadxon


27.  Ushbu jadid maktabi qanday nom bilan atalgan? – Muzaffariya


28.  Vyetnam urushini boshlagan AQSH prezidentini yozib bering. – Lindon Jonson


29.  Ushbu prezidentning mamlakatdagi ichki va tashqi islohotlari qanday nom olgan? – Buyuk Jamiyat


30.  Toshkent-Orenburg temir yo‘li qurilishi boshlangan davrda Turkiston general-gubernatori kim edi? – Duxovskoy


31.  Ushbu temiryo‘l qurib bitkazilgan vaqtdagi Rossiya imperatorini yozib bering. – Nikolay II


32.  Buyuk Britaniya SSSRni tan olgan paytdagi bosh vazirini yozib bering. – Makdonald


33.  Ushbu shaxs qaysi partiya vakili ekanligini yozib bering. – Leyboristlar

Комментарии 21

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Коррупция

Поделиться

line

Тематические новости

Новости

Коррупция, стоящая за учебным оборудованием, раскрыта

В Джизакском городском отделе дошкольного и школьного образования задержаны лица, пытавшиеся передать интерактивные доски по 25 млн сумов, первоначальная стоимость которых составляла 15,2 млн сумов.

16:30 / 16.03.2026
Аттестация

Vazirlik attestatsiya testlarini pullayaptimi?

Tahririyatga murojaat yo‘llagan pedagoglardan birining aytishicha, o‘tgan yildan buyon alohida sinov.uz platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, har bir fandan test ishlash uchun alohida narxlar belgilab qo‘yilgan.

11:34 / 06.03.2026
Новости

Задержан начальник ДОО за вымогательство взятки в обмен на непроведение расследования

Начальник отдела дошкольного и школьного образования, злоупотребляя своими должностными полномочиями, потребовал взятку в размере 4,8 млн сумов от руководителя одной из государственных дошкольных образовательных организаций в обмен на непроведение проверки.

09:00 / 26.02.2026
Новости

Система дошкольного и школьного образования в списке коррумпированных организаций

В списке самых коррумпированных организаций прошлого 2025 года также упоминалось Министерство дошкольного и школьного образования. В частности, в системе выявлено несколько нарушений.

13:00 / 20.02.2026