Tarix fanidan milliy sertifikat uchun “X-variant” sotildimi?
Joriy yilning 4, 5, 7-aprel kunlari tarix fanidan navbatdagi “Milliy sertifikat” imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur imtihon oldidan tarqalgan turli xil gap-so‘zlar, ayniqsa, “X-variant” test savollari tarqatilgani yoki sotilgani haqidagi iddaolar jiddiy savollarni tug‘dirmoqda.
Shu kabi gap-so‘zlar har safar test sinovi arafasida paydo bo‘lishi odatiy holga aylanib borayotgan bo‘lsa-da, bu galgi vaziyat avvalgilariga qaraganda ancha keskin tus oldi. Sababi, bu safar “X-variant” sotilganiga asos bo‘ladigan audioyozuvlar ham mavjud.
Tahririyatdagi ma’lumotlarga ko‘ra, imtihondan oldin Telegram’da yopiq guruh tashkil etilgan. Unga kirish narxi – 1000 AQSH dollari etib belgilangan. Mavjud audioyozuvlarga ko‘ra, tonggi soat 4:00 dan boshlab audiochat orqali test savollari va ularning javoblari o‘qib eshittirilgan.
Tahririyat ixtiyoridagi audioyozuvlarda jami 50 ta savol va ularning javobi aytib o‘tilgan. Eng e’tiborli jihati shundaki, ushbu 50 ta savoldan 31 tasi aynan 4, 5, 7-aprel kunlari o‘tkazilgan imtihonlarda tushganligi aytilmoqda.
Bu holatni “tasodif” deb izohlash mumkinmi?
Agar ikki nafar mutlaqo mustaqil shaxslar tarix faniga oid yuz minglab faktlar ichidan bir-biridan bexabar holda 50 tadan savol tuzsa, ularning 31 tasi aynan bir xil chiqishi ehtimoli deyarli yo‘q. Bunday darajadagi moslikni “tasodif” deb qabul qilish esa mantiqqa zid.
Shu yerda haqli savol tug‘ilishi tabiiy: imtihon savollari haqiqatan ham yopiq tizimdan tashqariga chiqib ketyaptimi?
Tahririyat ixtiyorida yuqoridagi barcha ma’lumotlarni tasdiqlovchi audiofayllar mavjud va ularni tegishli tashkilotlarga taqdim etishga tayyormiz.
Asosiy savol shuki, Bilim va malakalarni baholash agentligi bunga qanday izoh bera oladi?
Audiochatda 4-aprel 4:00 dan boshlab o‘qila boshlangan savollar (jami 50 ta)
1. Livan va Suriya qaysi davlat mandati ostida? – Fransiya
2. Evian kelishuvi qaysi davlatda imzolangan? – Fransiya
3. Ushbu kelishuv imzolanganda Fransiya rahbari? – De Goll
4. 1989-yilda Favqulodda holat e’lon qilingan shahar? – Pekin
5. Ushbu namoyish qaysi maydonda bostirildi? – Tyananmen
6. 1948-yilda kommunistlar tomonidan egallangan hudud? Manjuriya
7. 1930-yillarda tashkil etilgan davlat? – Manchjou-Go
8. 1952-yil yaponiya bilan imzolangan shartnoma? – San Fransisko
9. Mazkur shartnomaga ko‘ra Yaponiya qaysi davlat mustaqilligini tan oldi? – Koreya
10. Ushbu shartnomani imzolashdan bosh tortgan davlatlar? SSSR va Xitoy
11. 1971-yilda tashkil etilgan davlatni yozing. – BAA
12. Ushbu davlat Eron-Iroq urushida kimga qarshi kurashgan? – Eron
13. Vyetnam urushini boshlagan AQSH prezidenti? – Lindon Jonson
14. Ushbu prezidentning ichki va tashqi siyosati nomi? Buyuk Jamiyat
15. Vilnyus shahrida bo‘lib o‘tgan sammit? – sharqiy hamkorlik sammiti
16. Ushbu shartnomani imzolashdan bosh tortgan ukraina prezidenti? – Viktor Yanukovich
17. Samarqandga birinchi temiryo‘l qurib kelinganida general-gubernator? – Rozenbax
18. Ushbu shaxsni general-gubernator qilib tayinlagan shaxs? – Aleksandr III
19. Toshkent-Orenburg temiryo‘li qurilishi boshlanganda gubernator? – Vrevskiy
20. Ushbu temiryo‘l qurilishi qaysi imperator davrida tugallangan? – Nikolay II
21. Cho‘ponota va Zirabuloq janglaridan so‘ng tashkil etilgan okrug? – Zarafshon
22. Ushbu hududga boshliq etib tayinlangan shaxs? – Abramov
23. Kuropatkin qaysi qo‘zg‘olon davrida jazoni yengillashtirish uchun telegramma jo‘natgan? – Dukchi eshon
24. Ushu qo‘zg‘olon ishtirokchilari qatl etilgan joy? – Podjuan-Pokrul
25. Oloy vodiysida qo‘zg‘olon qo‘zg‘olon ko‘targan shaxs? – Qurbonjon Dodhoh
26. Ushbu qo‘zg‘olonni bostirish uchun yuborilgan shaxs? – Skobelev
27. Buxoroda yangi usul maktablari qurdirishga ruxsat bergan maktab? – Abdulahad
28. Ushbu maktab nomi? – Muzaffariya
29. Shvetsiyada bo‘lib o‘tgan konferensiyani yozib bering (1932) – Jeneva
30. Ushbu konferensiyada qatnashmagan uchta davlat? – AQSH, SSSR, Turkiya
31. 1926-yil ish tashlash vaqtida Buyuk Britaniya bosh vaziri? – Bolduin
32. Ushbu shaxs partiyasi? – Konservatorlar
33. SSSRni tan olgan Britaniya vaziri? – Mak-Donald
34. Ushbu shaxs partiyasi? – Leyboristlar
35. Ikkinchi jahon urushi davrida Rossiyada o‘tkazilgan konferensiya? – Yalta
36. O‘sha payt SSSR rahbari? – Stalin
37. 1752-1753-yil Qo‘qon xoni? – Bobobek
38. Erdonabiy qaysi afg‘on shohiga ittifoq tuzish taklifini bildirgan? – Ahmadshoh Durroniy
39. Shayboniylar va safaviylar yakuniy jang nomi? – G‘ijduvon
40. Mazkur jangda shayboniylar qo‘shiniga boshchilik qilgan shaxslar? Muhammad Temur va Abu Said
41. Bobur va savaiy o‘rtasida harbiy ittifoq tuzilib, Ismoil Boburga yordm berish uchun qaysi lashkarboshini yubordi? – Najmi Soniy
42. Ular ketma-ketlikda egallagan shaharlar? – G‘uzor va Qarshi
43. XVIII asr birinchi yarmida orolbo‘yi o‘zbeklari va qoraqalpoqlar hudud Xiva va Rossiya o‘rtasida manfaatlar to‘qnashgan hududga aylandi. Ularni bo‘ysundirgan Xiva xoni? – Elbarsxon
44. 1743-yil Mamanbiyga Rossiya fuqaroligiga qabul qilinganligi haqida maxsus yorliq taqdim etgan hukmdorni aniqlang. – Yelizaveta Petrovna
45. 1607-yil Vali Muhammadxon qaysi Eron shohi bilan shartnoma imzolagan? – Shoh Abbos I
46. 1509-yil Shayboniyxon qozoq sultonlariga zarba berishi natijasida qaysi hududlarni davlat tarkibiga qo‘shib oladi? – Sig‘noq, yassi, Savron
47. Shayboniyxon qaysi hududlar egallanishi safaviylarga xavf tug‘dirgan? – Mashhad va Tus
48. Toshkentni bosib olishga bevosita boshchilik qilgan shaxs? – Chernyayev
49. YESA tashkil etilganda Britaniya vaziri? – Harold Makmilan
50. Ushbu tashkilot qaysi davlatda asos solinadi? – Shvetsiya
Yuqoridagi savollar orasidan 4, 5, 7-aprel kuni bo‘lib o‘tgan imtihonlarda tushgan 33 ta savol
1. 1932-yil Jeneva konferensiyasi bo‘lib o‘tgan davlatni yozib bering. – Shvetsariya
2. Ushbu konferensiyada qatnashmagan uch davlat nomini yozib bering. – AQSH, Turkiya, Xitoy
3. 1945-yilda Yalta konferensiyasi bo‘lib o‘tgan davlatni yozib bering. – SSSR
4. O‘sha davrdagi ushbu davlat rahbarini yozib bering. – Stalin
5. Kuropatkin qaysi qo‘zg‘olondan keyin o‘lim hukmini kamaytirish va qamoq jazosini ko‘paytirish to‘g‘risida maktub yozgan? – Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni
6. Ushbu qo‘zg‘olon qatnashchilari qayerda namoyishkorona o‘ldirilganini yozib bering. –Podjuan-Pokrul
7. Chor Rossiya bosqini davrida Oloy hududida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonga rahbarlik qilgan shaxsni yozib bering. – Qurbonjon dodxoh
8. Ushbu qo‘zg‘olonni bostirish uchun Rossiya imperiyasi tomonidan ma’sul etib tayinlangan shaxsni yozib bering. – Skobelev
9. Birinchi jahon urushidan keyin Yaqin Sharqda Suriya va Livan hududlari boshqarish qaysi davlat mandati ostiga o‘tgan? – Fransiya
10. 1971-yilda Shayx Zoid ibn Sulton an-Nahayon tashabbusi bilan tashkil etilgan davlat nomini aniqlang. – BBA
11. Eron–Iroq urushi (1980–1988) yillarida ushbu davlat qaysi mamlakatni qo‘llab-quvvatlagan? – Iroq
12. Xitoyda 1948-yilda kommunistlar tomonidan egallangan hududni yozib bering. – Manjuriya
13. Ushbu hududda 1930-yillarda tuzilgan davlat nomini yozib bering. – Manchjou-Go
14. 2013-yil Yevropa Ittifoqi va uning oltita sharqiy qo‘shnisi o‘rtasida Sharqiy sheriklik sammiti bo‘lib o‘tgan shaharni yozib bering. – Vilnyus
15. Ushbu sammitda Yevropa Ittifoqi bilan Assotsiatsiya shartnomasini imzolashdan bosh tortgan Ukraina prezidentini yozib bering. – Viktor Yanukovich
16. O‘zbekiston hududida birinchi temir yo‘l o‘tkazilganda vaqtdagi Turkiston general-gubernatorini yozib bering. – Rozenbax
17. Ushbu shaxsni lavozimiga tayinlagan Rossiya imperatorini yozib bering. – Aleksandr III
18. Buyuk Britaniyaning 1926-yilgi ish tashlash vaqtidagi bosh vazirini yozib bering. – Stenli Bolduin
19. Ushbu shaxs qaysi partiya vakili ekanligini yozib bering. – Konservatorlar
20. Cho‘ponota va Zirabuloq janglaridan so‘ng Turkiston general-gubernatorligi tarkibida tashkil etilgan okrug nomini yozib bering. – Zarafshon
21. Ushbu hududga boshliq etib tayinlangan shaxsni yozib bering. – Abramov
22. Xitoyda 1989-yilda talabalar namoyishi bo‘lib o‘tgan shaharni yozib bering. – Pekin
23. Ushbu namoyish bostirilgan maydon nomini yozib bering. – Tyananmen
24. Fransiya va Jazoir o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi Evain kelishuvi qaysi davlatda imzolangan? – Fransiya
25. Bu davrdagi Fransiya prezidentini yozib bering. – De Goll
26. Buxoro amirligida jadid maktabi oochilishiga ruxsat bergan amir ismini yozib bering. – Abdulahadxon
27. Ushbu jadid maktabi qanday nom bilan atalgan? – Muzaffariya
28. Vyetnam urushini boshlagan AQSH prezidentini yozib bering. – Lindon Jonson
29. Ushbu prezidentning mamlakatdagi ichki va tashqi islohotlari qanday nom olgan? – Buyuk Jamiyat
30. Toshkent-Orenburg temir yo‘li qurilishi boshlangan davrda Turkiston general-gubernatori kim edi? – Duxovskoy
31. Ushbu temiryo‘l qurib bitkazilgan vaqtdagi Rossiya imperatorini yozib bering. – Nikolay II
32. Buyuk Britaniya SSSRni tan olgan paytdagi bosh vazirini yozib bering. – Makdonald
33. Ushbu shaxs qaysi partiya vakili ekanligini yozib bering. – Leyboristlar
Comments 21
Please register to comment!
News
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi
The certification fee for teachers has been reduced by 50 percent.
News on the topic
News
Corruption behind educational equipment exposed
Individuals who attempted to transfer interactive whiteboards worth 15.2 million soums for 25 million soums to the Jizzakh City Department of Preschool and School Education were apprehended.
Attestation
Vazirlik attestatsiya testlarini pullayaptimi?
Tahririyatga murojaat yo‘llagan pedagoglardan birining aytishicha, o‘tgan yildan buyon alohida sinov.uz platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, har bir fandan test ishlash uchun alohida narxlar belgilab qo‘yilgan.
News
The head of the Department of Preschool Education was detained for asking for a bribe in exchange for not conducting an investigation.
The head of the Department of Preschool and School Education, abusing his official powers, demanded a bribe of 4.8 million soums from the head of one of the state preschool educational organizations in exchange for not conducting an inspection.
News
The preschool and school education system is on the list of corrupt organizations.
The Ministry of Preschool and School Education was also mentioned in the list of the most corrupt organizations of 2025. In particular, a number of violations were identified in the system.
English
Edit your comment