Top.Mail.Ru
O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qachon va qay tartibda berilishi aniq bo‘ldi

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qachon va qay tartibda berilishi aniq bo‘ldi

19:03 / 14.05.2026 430

Xabaringiz bor, 2025-yil 15-sentyabrda Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchi va murabbiylar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida kelgusi o‘quv yilidan boshlab davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma berilishi aytilgandi. Ammo bu haqda hukumat qarori qabul qilinmagandi.


2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma joriy etilishi mumkin.


Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasida nazarda tutilmoqda.


Qaror loyihasiga ko‘ra, davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga chegirma joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar 2026-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi, 2027-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi. 


30 foizlik chegirma asosiy faoliyati pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ota yoki onaning farzandi bo‘lgan, davlat oliy ta’lim tashkilotiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talabalarga beriladi.


Ushbu chegirma uchun davlat oliy ta’lim tashkilotida (xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida ta’lim olayotgan talabalardan tashqari) bazaviy to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talaba ariza berishi mumkin.


Talabgorlar mustaqil ravishda o‘zlari ta’lim oladigan oliy ta’lim tashkilotining rektori (filial direktori) nomiga o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qo‘llanilishi yuzasidan “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi” (kontrakt.edu.uz) orqali ariza yuboradi. 


Chegirma tegishli o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Mazkur chegirmalar talabaning bir yillik to‘lov-kontrakt summasiga nisbatan  qo‘llaniladi.


Talabgorning otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi. Talabgorlarga chegirmalar to‘g‘ri belgilanishini doimiy nazorat qilish davlat oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori), mas’ul bo‘linma boshlig‘i, bosh buxgalteri va bosh auditori zimmasiga yuklanadi.


Talabgorga chegirma noto‘g‘ri qo‘llanganda davlat oliy ta’lim tashkilotining mas’ul bo‘linmasi hamda buxgalteriyasi tomonidan mazkur mablag‘larni qaytarish choralari ko‘riladi.

Комментарии 1

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Льгота

Поделиться

line

Тематические новости

Новости

Аттестационная плата для учителей снижена на 50 процентов

Постановлением Кабинета Министров No 175 от 17 апреля текущего года внесены изменения и дополнения в некоторые решения правительства.

09:20 / 18.04.2026
Новости

Вступила в силу еще одна льгота, обещанная учителям

Кабинет Министров подписал постановление No 88 "О мерах по финансовой поддержке обучения молодежи и педагогических работников за рубежом."

10:19 / 12.03.2026
Новости

Qaysi toifadagi o‘qituvchilarga uy-joy ipoteka krediti uchun subsidiya berilishi aniq bo‘ldi

Nihoyat, Vazirlar Mahkamasining “Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

09:00 / 21.02.2026
You asked

Предоставляются ли субсидии школьным учителям для получения национальных сертификатов?

Я слышал о выделении субсидий учителям для получения национальных сертификатов. Это относится и к школьным учителям?

13:29 / 10.02.2026