Nihoyat, pedagog xodim atamasidagi chalkashliklarga chek qo‘yilishi mumkin
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi katta tizim bo‘lishiga qaramay, pedagog xodim atamasiga to‘liq ta’rif berilmagandi. Normativ-huquqiy hujjatlarda uchraydigan izohlar esa ko‘plab chalkashliklarni keltirib chiqargan. Natijada, bu noaniqlik aksariyat hollarda pedagoglarning zarariga ishlab kelayotgandi.
Garchi, 2024-yilda qabul qilingan Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi Qonunda pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanishi nazarda tutilgan bo‘lsa-da, ammo deyarli ikki yildan buyon ushbu ro‘yxat tasdiqlanmay kelayotgandi.
Nihoyat, “Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi normativ-hujjatlar muhokamalar portaliga joylandi.
Qaror loyihasida oliy ta’lim, kasbiy va o‘rta maxsus ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, maktabgacha ta’lim, ta’lim uslubiyati bo‘yicha professional-mutaxassislar, maxsus ta’lim, ta’limning boshqa boshlang‘ich guruhiga kiritilmagan professional-mutaxassislar, ta’lim sohasi tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha jami 451 ta pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxati keltirib o‘tilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida fan o‘qituvchilari, undan tashqari direktor va o‘rinbosarlari, maktab maslahatchisi, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari, psixolog pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar sifatida qayd etilganini ko‘rish mumkin.
Umuman olganda, pedagog xodim atamasiga umumiy ta’rif bilan bir qatorda, pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatining alohida tasdiqlashi huquqiy chalkashliklarning oldini oladi. Chunki ta’rif umumiy tushunchani ifodalasa, lavozimlar ro‘yxati aynan kimlar pedagog hisoblanishini amaliy jihatdan aniq belgilab beradi.
Ya’ni qaysi lavozim egalari pedagog maqomiga ega bo‘lishi, kimlarga pedagoglarga oid imtiyoz va kafolatlar tatbiq etilishi, kimning ish staji pedagogik staj sifatida tan olinishi kabi masalalar aynan shu ro‘yxat orqali hal etiladi. Aks holda, turli tashkilot va idoralar “pedagog xodim” tushunchasini turlicha talqin qilishi, bu esa amaliyotda chalkashlik va pedagoglar huquqlariga oid muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
MMTV tizimida 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Тематические новости
Вы знаете?
Привлечение педагога к избирательным мероприятиям должно осуществляться за дополнительную плату
Ответственность несут те, кто привлекает педагога к работам, не связанным с его деятельностью
Статья
Когда дается точное определение термину педагогический работник?
Определения, данные в нормативных документах, многих путают
Подкаст
Беседа с Расулом Кушербаевым
Русский
Редактировать комментарий