O‘zbekistonning ayrim oliygohlarida bir nafar professor-o‘qituvchiga 200 nafardan ortiq talaba to‘g‘ri kelmoqda
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi o’rganildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, ularda bir nafar professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni belgilangan me’yorlardan bir necha barobar yuqori ekanligi aniqlandi.
2026-yil iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim tashkilotlarida 1 605 028 nafar talaba tahsil olmoqda hamda 61 088 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Respublika bo‘yicha bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 30,3 nafar talaba to‘g‘ri keladi.
Talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi eng qulay nisbat davlat oliygohlarida kuzatilgan. Bunda bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 19,1 nafar talaba to‘g‘ri kelmoqda. Davlat oliygohlari esa jami talabalarning 59,2 foizini qamrab olgan. Xorijiy oliygohlar filiallarida ushbu ko‘rsatkich bir nafar professor-o‘qituvchiga 32,9 nafar talabani tashkil etmoqda.
Eng yuqori ko‘rsatkich oliy ta’limning nodavlat sektorida qayd etilgan. 615,1 ming nafar talaba, ya’ni mamlakat umumiy talabalar kontingentining 38,3 foizi tahsil olayotgan ushbu sektorda 10,6 ming nafar professor-o‘qituvchi mavjud. Bu esa har bir professor-o‘qituvchiga 55,3 nafar talaba to‘g‘ri kelayotgani anglatadi.
Xususan ba’zi oliygohlarda bir nafar professor-o‘qituvchiga 100 nafardan, ba’zi hollarda 200 dan ortiq talaba to‘g‘ri kelmoqda. Jumladan, bir nafar professor-o‘qituvchiga Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida — 236,6 nafar, IT Park universitetida — 244 nafar, Singapur menejmentni rivojlantirish institutida — 140,1 nafar, International School of Finance and Technology'da — 133,8 nafar, “Millat umidi” universitetida — 127,3 nafar talaba to‘g‘ri kelgan.
E’tiborli jihati, ayrim oliy ta’lim tashkilotlarida asosiy ish joyi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tarkibi mutlaqo mavjud emas yoki juda kam sonda qayd etilgan.
Xususan, Webster University, Riga Nordic University va Turkiy davlatlar xalqaro universitetida YaMMT maʼlumotlariga ko‘ra asosiy ish joyida o‘qituvchilar mavjud emas. Mazkur oliy ta‘lim tashkilotlarida shtatdagi professor-o‘qituvchilar sonining pastligi fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etilgan pedagog xodimlar ulushining yuqoriligi bilan izohlanishi mumkinligi aytilgan.
Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilar kadrlarini mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan taʼlim faoliyatiga jalb etish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga zid kelishi alohida qayd etilgan.
Hududiy tahlillar professor-o‘qituvchilar bilan ta‘minlanganlik ko‘rsatkichlarida sezilarli tafovutlar mavjudligini ko‘rsatgan. Bunda eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda bir nafar professor-o‘qituvchiga 50,4 nafar talaba to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, Toshkent viloyatida mazkur ko‘rsatkich 42,9 nafarni, Buxoro viloyatida 39,6 nafarni va Toshkent shahrida 37,7 nafarni tashkil etadi.
Eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilib, bir nafar professor o‘qituvchiga 17,3 nafar talaba to‘g‘ri keladi. Samarqand viloyatida ushbu ko‘rsatkich 20,4 nafarni, Jizzax viloyatida esa 20,8 nafarni tashkil etadi.
Ko‘rsatkichning eng yuqori va eng past qiymatlari o‘rtasidagi farq 33,1 nafar talabani tashkil etib, bu mamlakat hududlari kesimida oliy taʼlim tizimining professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan taʼminlanganlik darajasida sezilarli nomutanosibliklar mavjudligini ko‘rsatadi.
Umiy hisobda oliy taʼlim tizimida bitta o‘qituvchiga o‘rtacha 30,3 talaba to‘g‘ri keladi, kontingentning umumiy soni 1,6 mln talaba va 61,1 ming professor-o‘qituvchini tashkil etadi.
Bunda o‘qituvchilarga eng yuqori yuklama nodavlat sektorida kuzatilib, unda bir nafar professor-o‘qituvchiga 55,3 nafar talaba to‘g‘ri keladi, bu davlat oliy taʼlim tashkilotlari ko‘rsatkichidan deyarli uch barobar yuqori (19,1). Shu bilan birga, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari mamlakat talabalarining 38,3% ni jamlab, professor-o‘qituvchilar tarkibi umumiy sonining 17,3% ga ega.
Endilikda mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha anomal qiymatlarni namoyon etayotgan oliy taʼlim tashkilotlari Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan qo‘shimcha ravishda o‘rganiladi. Bunda amaldagi qonunchilik va litsenziya talablariga rioya etilishi holati tahlil qilinadi hamda zarur asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda navbatdan tashqari kompleks akkreditatsiyani o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Комментарии 1
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
O‘zbekiston TIMSS 2027 va PISA 2029 tadqiqotida ham ishtirok etadi
O‘quvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi va ishdan bo‘shatilishi ham mumkin
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
Установлено хищение ответственными лицами ОТД 1 млрд сумов бюджетных средств
Тематические новости
Высшее образование
O‘zbekiston hindistonlik talabalarni qabul qilishga taqiq qo‘ydimi?
Ayni vaqtda hindistonlik talabalarning O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinishiga cheklovlar qo‘yilgan. Mazkur cheklov nima sababdan, qanday maqsadda qo‘yilgani hozircha noma’lum.
Высшее образование
Oliygoh bitiruvchilarining bandlik darajasi haqidagi tahlillar e’lon qilindi
249 432 nafar bitiruvchining natijalari respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim tashkiloti boʻyicha bo‘yicha tahlil qilingan. Tahlil doirasida bitiruvchilarning mehnat bozoriga chiqishi uchun qancha vaqt talab etilishi, ularning qaysi qismi barqaror bandligini saqlab qolishi va oʻrtacha rasmiy daromadlari qanday ekani oʻrganilgan.
Новости
Bugundan xususiy universitetlarga qabul jarayonlari boshlandi
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish har bir universitetning qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
Высшее образование
Talabalar tibbiyotni haqiqiy murdalar orqali o‘rganmoqdami?
Bilamizki, tibbiyotda ta’lim uzoq davom etadi — diplom olish bilan hammasi tugamaydi. Undan keyin amaliyotdan o‘tish va mustaqil ishlash uchun ruxsat olish talab etiladi. Ko‘plab talabalar hali o‘qishni tugatmasdan turib ham ishga joylashmoqda.
Русский
Редактировать комментарий