Top.Mail.Ru
O‘qituvchilar attestatsiyasini o‘tkazuvchi markaz boshqa tashkilotga qo‘shib yuborildi

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

O‘qituvchilar attestatsiyasini o‘tkazuvchi markaz boshqa tashkilotga qo‘shib yuborildi

14:57 / 21.10.2026 441

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-oktabrdagi “Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-380-sonli qarori bilan Ta’lim va ilm-fan tizimini boshqarishning yangi tartibi belgilangani haqida xabar bergandik.


Qarorga bilan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi faoliyati tugatilib, uning vakolat va funksiyalari Bilim va malakalarni baholash agentligiga o‘tkazilmoqda.


Bunda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining amaldagi shtatlari moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Bilim va malakalarni baholash agentligiga o‘tkaziladi.


Markaz Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tuzilmasi tarkibiga kirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5188-son qarori bilan tashkil qilingandi.


Markaz maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi pedagoglarga malaka toifalarini berish, ushbu jarayon uchun test savollarini ishlab chiqish hamda stajyor o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash jarayonlarini tashkil etib kelayotgan edi.


Shuningdek, markaz maktab o‘quvchilari o‘rtasida summativ baholashni tashkil etish hamda ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish bilan ham shug‘ullanib kelgan.

Комментарии 0

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Сокращение
  • Суммативная оценка

Поделиться