Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 5000 taga yetkazilmoqda
2023/2024-o‘quv yilidan boshlab 500 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etildi, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab esa mazkur maktablarning har biriga 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi 1 500 taga oshirildi.
Yangi baholash tizimi 1 500 ta maktabda joriy etilgach, ushbu tizim kamchiliklari haqida ayrim o‘qituvchi va ota-onalar turli e’tirozlar bildira boshladi. Tizimdagi kamchiliklar to‘liq bartaraf etilmay turib, 2025-yilda yangi baholash tizimi joriy etilgan umumta’lim maktablar sonini 1 500 tadan 3 000 taga yetkazilishi aytildi.
Yangi baholash tizimidan norozi bo‘layotgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, ota-onalar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga murojaat ham yo‘lladi. https://xalqtaliminfo.uz/post/947 Shuningdek, “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga “Родители против 100 бальной системы обучения!” (Ota-onalar 100 ballik o‘qitish tizimiga qarshi) sarlavhasi ostida petitsiya e’lon qilinib, u qisqa vaqt ichida 10 mingdan ortiq ovoz yig‘ishga ulgurgandi.
Hali hamon internetning o‘zbek segmentida maktablardagi yangi joriy qilinayotgan baholash tizimi (BSB, ChSB) muhokamalar markazida turibdi, aniqrog‘i qattiq tanqid qilib kelinmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabar berishicha, 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab qo‘shimcha 1 568 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida mezonlarga asoslangan baholash tizimi joriy etiladi. Natijada mazkur tizim respublika bo‘yicha 5 000 dan ortiq maktabni qamrab oladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturi rejasiga ko‘ra, 2026-yil iyul-sentyabr oylarida Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy qilingan umumiy joriy o‘rta muassasalari ulushi oshirilishi nazarda tutilgandi.
Bunda 2025/2026-o‘quv yili yakunida 3 434 ta umumta’lim maktabida joriy etilgan o‘quvchilar bilimni baholashning yangi tartibi samaradorligi tahlil qilinib, tahlillar natijasiga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab yangi baholash tizimi joriy etiladigan maktablar soni 4 500 taga yetkazilishi nazarda tutilgandi.
Комментарии 1
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Ta’lim tizimida takrorlanuvchi vazifalar qisqartiriladi, hududiy bo‘g‘inlar mas’uliyati kuchaytiriladi
Yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligining vazifalari va tashkiliy tuzilmasi bir hafta ichida belgilanadi
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
Тематические новости
Новости
Yangi baholashga o'tgan 601 ta maktabga joriy o'quv yili uchun ustamalar belgilandi
2026-yil 23-sentabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirrining 359-sonli buyrug‘i bilan rahbar va pedagog kadrlarga ustama toʻlanadigan 601 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari ro‘yxati tasdiqlandi.
Политика образования
Xorijlik o‘qituvchi O‘zbekiston ta’lim tizimini tanqid qildi: doskadan ko‘chirilgan javoblar o‘quvchi bilimini to‘g‘ri baholaydimi?
O‘zbekistonlik o‘qituvchilar test topshiriqlarining javoblarini doskaga yozib berib, o‘quvchilardan ularni javoblar varag‘iga ko‘chirishni so‘ragani tanqid qilindi.
Более 10 тысяч голосов было подано на петицию об отмене новой системы оценивания в школах.
Несмотря на то, что до голосования по коллективному обращению оставалось всего 63 дня, он успел набрать более 10 тысяч голосов. Но есть и те, кто проголосовал против этой петиции.
Политика образования
Новая система оценки не должна быть отменена...
В этой статье речь идет о новой системе оценки
Русский
Редактировать комментарий