Toshkent Prezident maktabi nufuzli mukofot va 150 ming dollarlik grantni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Abu-Dabi shahrida bo‘lib turibdi.
Bugun, 14-yanvar kuni davlat rahbari “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” xalqaro sammitining ochilish marosimida hamda barqaror rivojlanish sohasida Shayx Zoid nomidagi mukofotni topshirish marosimida ishtirok etdi.
Forum doirasida Amirliklar asoschisi – marhum Shayx Zoid Ol Nahayon nomi bilan ataluvchi barqaror rivojlanish sohasidagi yutuqlar uchun mukofot bilan taqdirlash marosimi ham o‘tkaziladi. Bu galgi mukofotning “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi g‘olib deb topildi.
Ma’lum bo‘lishicha, unda 156 davlat ishtirok etib, jami 5 980 ta ariza kelib tushgan. Toshkent Prezident maktabi o‘quvchilari esa Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan ishtirokchilar ichida faxrli 1-o‘rinni hamda 150 ming AQSh dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritgan.
Unda Toshkentdagi prezident maktabi yomg‘ir suvini yig‘ish va filtrlash orqali ichimlik suvi sifatida foydalanish tizimi loyihasi bilan mukofotga sazovor bo‘ldi.
Maktabning ikki nafar o‘quvchisi tomonidan taqdim etilgan loyihada ichimlik suvi tanqisligi mavjud bo‘lgan tumanlar va qishloqlarda foydalanilmay turgan yer uchastkalarida katta hajmdagi yomg‘ir suvlarini yig‘ish taklif etilgan. Buning uchun yopiq rezervuarlar (sisternalar) va filtrlash uskunalaridan foydalanish rejalashtirilgan bo‘lib, ular orqali suv ichimlik va turmush ehtiyojlari uchun qayta ishlanadi.
G‘olib maktab jamoasini Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsan o‘zi ham tabrikladi.
Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi mukofot (Zayed Sustainability Prize) barqaror rivojlanish sohasidagi global miqyosdagi nufuzli mukofotlardan biridir.
U Birlashgan Arab Amirliklarining asoschisi Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayonning merosini davom ettirish maqsadida ta’sis etilgan. Mukofot barqarorlikka innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash va global miqyosda ijobiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Zayed Sustainability Prize mukofoti “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasi 2012-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, har yili dunyoning turli mintaqalaridan oltita o‘rta maktabga topshiriladi. Ushbu mukofot barqaror rivojlanish sohasida sezilarli ta’sir ko‘rsata oladigan loyihalarni taqdim etgan maktablarni rag‘batlantirishni maqsad qilgan.
Mukofotning maqsadi o‘quvchilarni innovatsion va barqaror loyihalarni amalga oshirishga rag‘batlantirish hamda qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Ushbu loyihalar sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat xavfsizligi, energetika va suv ta’minotini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, maktablar va mahalliy jamoalarda amalga oshiriladi.
Mukofot 5 ta yo‘nalish bo‘yicha beriladi:
- Sog‘liqni saqlash
- Ta’lim
- Energetika
- Suv ta’minoti
- Global o‘rta maktablar
“Global o‘rta maktablar” nominatsiyasi dunyo bo‘ylab o‘rta maktablarni barqarorlik bo‘yicha innovatsion loyihalari uchun rag‘batlantirishni maqsad qiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Pedagog xodimlar 1-avgustdan boshlab oshirilgan miqdorda maosh oladilar

“Qizil” maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi

Harbiylashgan maktabga aylantirilgan “Jasorat maktab”lariga iyun oyidan qabul boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar

Oddiy maktablarda taqiqlangan “Bitiruv oqshomi” Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi maktablarda o‘tkazilgani aytilmoqda
Oddiy maktablarga “Bitiruv oqshomlari”ni o‘tkazmaslik bo‘yicha qat’iy ko‘rsatma bergan bir vaqtda ayrim Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda kunning kechki vaqtida “Bitiruv oqshomlari” o‘tkazilgani haqida xabar tarqaldi.

8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da qatnashib, mashina yutib oldi
8-sinf o‘quvchisi Dilbarxon Haydarova 356,7 ball bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, “Chazor” elektromobilini qo‘lga kiritdi.

Prezident "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan 96 nafar taʼlim xodimlarini mukofotladi
Bu haqda tegishli Prezidentning farmoni imzolandi

Sirdaryolik o‘quvchi shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
U blits yo‘nalishidagi bahslarda ham ishtirok etadi.
Izohingizni tahrirlang