Endi zo‘ravon pedagoglarning ta’lim tizimida ishlashi taqiqlanishi mumkin
O‘zbekistonda ta’lim tizimi xodimlarini ham bolaning ta’lim-tarbiyasiga mas’ul shaxs etib belgilash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Gazeta.uz nashri xabar berdi.
Ular bir yil ichida bolaga nisbatan takroran salbiy xatti-harakat qilsa maxsus reyestrga kiritiladi va bola faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga ishga kirishi taqiqlanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Laylo Fayzimurodova Gazeta.uz muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishga nafaqat ota-ona, balki ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlari, ya’ni pedagoglar, tarbiyachilar, shifokor va hamshiralar ham mas’ul shaxs sifatida belgilanmoqda.
“Chunki ular bevosita voyaga yetmaganlar bilan ishlaydi va bolalar ularning ayrim vaqtda qaramog‘ida bo‘ladi. Agar ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari xodimlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi bilan javobgarlikka tortilsa, bir yil ichida takroran bolaga nisbatan salbiy xatti-harakatni davom ettirsa, “Pedagoglar maqomi to‘g‘risida”gi qonunga taklif etilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, muassasadagi faoliyati to‘xtatiladi”, — deydi Laylo Fayzimurodova.
Shuningdek, ushbu shaxs bolaning sog‘lig‘iga ziyon yetkazgani sababli reyestrga kiritiladi va bola faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hamda idoralar (bog‘cha, maktab, shifoxona va hokazo)ga ishga kirishi taqiqlanadi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi idoraviy kelishuvdan o‘tib, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani)ning bu boradagi taklifi ma’qullangani haqida xabar bergandik.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi” — Davlat mehnat inspeksiyasi
Endi maktabdagi rahbar xodimlar oylik maoshini yana oshirishi mumkin
Ayrim maktablar elektromobil bilan, o‘qituvchilar esa xorijga sayohat hamda 1000 AQSh dollar bilan taqdirlanadi
Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endi zo‘ravonlik haqida xabar bermagan pedagoglar ham jazolanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Yangiliklar
O‘quvchilarga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar endi jarimaga tortilishi mumkin
Tarbiya va ta’lim berish jarayonida bolaga nisbatan zo‘ravonlik holatlari sodir etilganligi uchun o‘qituvchilarga ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Janubiy Koreya
Maktab davrida zo‘ravonlik qilgan abituriyentlar oliygohga qabul qilinmadi
Janubiy Koreyadagi olti yirik milliy universitet maktab davrida zo‘ravonlik qilgan 45 nafar abituriyentni ularning akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishiga qaramay o‘qishga qabul qilishdan bosh tortdi.
Yangiliklar
O‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi
O‘rta Chirchiq tumani 11-sonli maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, o‘zi sinf rahbarlik qilayotgan 9-sinf o‘quvchilarini kitob bilan kaltaklagan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang