Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘lajak pedagog kadrlarni ham o‘zi tayyorlamoqchi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi oliy ta’limni ham qamrab olmoqda. Respublikadagi jami 13 ta pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga o‘tkazilmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra:
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimi joriy etiladi.
Universitet pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti sifatida ta’lim dasturlarini xalqaro tajriba asosida transformatsiya qilish jarayonlarini muvofiqlashtiradi.
Mazkur farmon bilan respublikadagi jami 13 ta pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga o‘tkaziladi.
2025-2026-o‘quv yilidan boshlab:
- pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakli bo‘yicha tashkil etilib, sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;
- oliy pedagogik ta’lim yo‘nalishida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
2026-2027-o‘quv yilidan boshlab:
- pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida Universitetga ravishda boshqaruv tizimi takomillashtiriladi va xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etib boriladi;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish maqsadida talabalarning bilimlarini tashqi diagnostika qilish tizimi joriy etiladi;
Bunda talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikasi natijalariga ko‘ra pedagog kadrlar tayyorlash sifati belgilangan talablarga javob bermaydigan ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash cheklanishi mumkin.
- alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Nihoyat, pedagog xodim atamasidagi chalkashliklarga chek qo‘yilishi mumkin
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Oradan 4 yil o‘tib, ta’lim vaziri parlamentga hisob berdi
2022-yildan buyon vazirning shaxsan o‘zi Qonunchilik palatasida o‘tkaziladigan “hukumat soati”da ishtirok etmay kelayotgandi.
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
E’zoza Karimova Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi 48-maktabda tashkil qilingan “Kelajak soati” doirasida “Muqaddas ayol” mavzusida dars o‘tdi.
Yangiliklar
Ilxom Siradjev yangi lavozimga tayinlangandan so‘ng ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganiga 10 kun bo‘lgan Ilxom Siradjev ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi.
Ta'lim siyosati
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qanday vazifalar belgilab berildi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang