Maktab o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi kamaytirildimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasini 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilarining yuklamasini esa 20 soatdan 18 soatga tushirish haqida prezident topshiriq bergani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Xo‘sh, bu xabar qanchalik haqiqatga yaqin?
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabar aslida 2023-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevning buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvi chog‘ida aytilgan ma’lumot hisoblanadi.
O‘shanda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilariniki 20 soatdan 18 soatga tushirilishi, bu orqali, to‘liq stavkada ishlamayotgan jami 150 ming nafar muallimning oyligi o‘rtacha 30 foizga oshirilishi nazarda tutilgan.
Bu borada me’yoriy hujjatlarda qayd etilganmi?
Pedagog xodimlarning haftalik ish yuklamasi "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi" (20.08.2018 ro‘yxat raqami 3058) yo‘riqnoma bilan tartibga solingan bo‘lib, hozirgi kunda ish yuklamasini kamaytirish yuzasidan ushbu hujjatga hech qanday o‘zgartirish kiritilmagan.
Unga ko‘ra, hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagog xodimlari uchun bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi 1-4-sinflarda haftasiga 18 soat, 5-11-sinflarda esa haftasiga 20 soatni tashkil etadi.
Pedagoglar ish yuklamasi qachon kamaytiriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 163-bandida maktab o‘qituvchilarining haftalik yuklamasini kamaytirish haqida so‘z borgan.
Unda sobiq Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda sobiq Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Qudbiyevga 2023-yil may oyiga qadar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagog stavkasini 16 soat etib belgilash bo‘yicha taklif ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Ammo ushbu topshiriq ijrosi noma’lum sabablarga ko‘ra bajarilmagan va hozirgi kunga qadar pedagoglarning haftalik yuklamasi o‘zgarishsiz qolmoqda. Shu sababli, maktab o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi kamaytirilishi haqidagi xabarlar hozirgi kunda aktual emas.
Izohlar 23
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama beriladi
Endi malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama uchun ball qo‘shib beriladi
Vazir buyrug‘i bilan sinf rahbari lavozimiga qo‘yilgan talablar yengillashtirildi
Kimlar yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi ekanligi aniq bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
30 soat darsni 3 kunga qo‘ydirib, qolgan uch kun dam olsa bo‘ladimi?
Bir stavkada ishlayotgan xodimga ham haftada atigi bir kunni bo‘sh qoldirish imkoniyati mavjud xolos
Maqola
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 5 kunlik ish rejimiga o‘tkazish vazirlik qo‘lida edi, ammo...
Pedagog xodimlar uchun metodik kunlar rasman bekor qilingani sababli, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga shanba kunini dam olish kuni sifatida belgilash imkoniyati paydo bo‘lgandi, ammo vazirlik bunday qilishga urinib ham ko‘rmadi, aniqrog‘i xohlamagan ko‘rinadi.
Yangiliklar
Deputatlar ham 5 kunlik o‘qish tizimi haqida gapira boshladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shaxnoza Xolmaxamatova “Ta’lim tizimini to‘liq 5 kunlik o‘qish va ish rejimiga o‘tkazish” mavzusiga e’tibor qaratdi.
Yangiliklar
Maktablarni 5 kunlik ish rejimiga o‘tkazish haqidagi taklif hukumatga yuborildi
10 mingdan ortiq ovoz to‘plagan ushbu murojaat tegishli vakolatli davlat organi – Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang